Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

 
1.3-§. Badiiy asar tahlili bilan bog„liq adabiy-nazariy tushunchalarni 
o„rganish 
 
Adabiy ta‟limning DTS va o„quv dasturida boshlang„ich sinf o„quvchilarida 
hikoya, she‟r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, xalq qo„shiqlari, latifa, rivoyat 
hikoyat, masal, ibora, afsona, lof kabi turlarni janriga ko„ra farqlay olish 
kompetensiyasi shakllantirilishi ko„zda tutiladi.
1
Yuqori sinflar kesimida esa quyidagi nazariy bilimlarning o„zlashtirilishi 
belgilab qo„yilgan: 
5-sinfda maqol, topishmoq, hadis, masal, rivoyat, ertaklar; 
6-sinfda badiiy asarda kulgi, qo„shiq va uning turlari, hikmatli so„zlar, 
masal, roman, hajviya, hikoya, sarguzasht asar, xalq qo„shiqlari, zarbulmasal, 
doston, hikmatli so„zlar;
7-sinfda ballada, she‟r vaznlari, roman va uning turlari, ramziy obrazlar, 
badiiy obraz va mubolag„ali tasvir, tashbih, tanosub, irsoli masal, chiston, ko„chim, 
tabiat lirikasi;
8-sinfda ishqiy qahramonlik dostonlari, didaktik adabiyot, irsoli masal,
g„azal, tragediya, roman shakllari;
9-sinfda xalq dostonlari va ularning turlari, komil inson, memuar asar,
tasavvuf, tashxis, g„azal, badiiy asarda milliy ruh ifodasi, ijtimoiy va intim lirika, 
roman janri haqida, badiiy adabiyotda ruhiyat tahlili, lirik qahramon, tragik 
obrazlar va hayot haqiqati, she‟riy roman, badiiy asar pafosi kabilar 
2

1
Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. O„qish. Matematika. Atrofimizdagi olam. 
Tabiatshunoslik. (1-4-sinflar). –T.: Yangiyo„l poligraph service, 2010. – 43-45-betlar.
2
Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.: 
Yangiyo„l poligraph service, 2010. – 46-52-betlar. 


39 
O„quvchilarni adabiy-nazariy bilimlar bilan qurollantirish usullari haqida 
professor Q.Yo„ldoshevning quyidagi fikrlari e‟tiborga molik: “Endilikda adabiyot 
nazariyasi bo„yicha beriladigan bilimlar ham o„quvchilar tafakkurini sinash va 
qiynash vositasi emas, balki badiiy asarni o„qish va tahlil etishga ko„mak 
beradigan ma‟lumotlar tarzida qaraladigan bo„ldi... Aslida, adabiyot tarixiga 
daxldor biror faktni sharillatib aytib bera oladigan, ammo ma‟naviyatida ezgu 
fazilatlar bo„lmagan o„quvchidan ko„ra, ayrim adabiy faktlarning xronologiyasini 
bilmasa ham, badiiy asarlarning qahramonlariga xos eng insoniy fazilatlarni o„z 
tabiatiga singdirib ola bilgan o„quvchilar jamiyatimiz uchun ko„proq zarurdir”
1

Adabiy-nazariy tushunchalarni shakllantirish asosida har qanday o„quv 
jarayoni uchun zarur bo„lgan ma‟lumdan noma‟lumga, tushunarlilikdan notanishga 
o„tib berishdan iborat didaktik prinsip turadi. Odatda, o„quvchilar adabiyot fanidan 
umumiy va xususiy tushunchalar bilan tanishtiriladi. Umumiy va xususiy 
tushunchalarni 
uzviy 
bog„liqlikda o„rganish bilimning mustahkamligini 
ta‟minlaydi. 
Adabiy-nazariy tushunchalarni o„zlashtirishning birinchi bosqichida ularning 
muhim tomonlarini aniq ko„rsatuvchi misollar tanlanishi lozim. Masalan, metafora 
haqidagi ma‟lumotlarni egallash va uni topish u yoki bu hayotiy hodisani 
tasvirlashdagi ahamiyatini belgilash bilan bog„liq bo„ladi. 
Metafora o„quvchidan u yaratayotgan obrazli emotsional samarani tushunish 
va his qilishni talab qiladi. Nazm va nasrda metafora nafaqat leksik ifodaviy vosita, 
balki obrazlarni tuzish usuli hisoblanadi. “Zero, metafora narsa-hodisani shunchaki 
atabgina qo„ymaydi, balki uni boshqa narsa-hodisaga qiyosan tavsiflaydi, 
ongimizda atalayotgan narsa haqida jonli tasavvur – obraz yaratadi”
2
.
Adabiyot nazariyasini o„rgatishda pedagogik texnologiyalar ta‟lim vositalari 
(texnik, yordamchi va o„quv-uslubiy materiallar) bilan uyg„unlikda qo„llanilsagina 
ko„zlangan maqsadga erishish oson kechadi. Jumladan, diaproektor, grafoproektor, 
doska-bloknot, doska-stend, filpchart, yozuv taxtasi, kompyuter, kinofilm; mulyaj, 
grafika, diagramma, chizma, sxema, plakat, xarita, rasm, tarqatmalar kabi texnik 
va yordamchi vositalar o„quv materialini ko„rgazmali taqdim etish hamda ma‟lum 
ketma-ketlikda yetkazib berishga xizmat qiladi.
Adabiyot nazariyasiga oid tushunchalarni o„zlashtirish hamda o„quvchilar 
faoliyati samaradorligini oshirishda o„quv-uslubiy qo„llanmalar muhim manbaa 
vazifasini o„taydi. Xususan, asarning janr xususiyati, badiiy tasvir vositalarini 
aniqlash, albatta, darslikka qo„shimcha tarzda “Adabiyotshunoslikka kirish”, 
“Adabiyot nazariyasi” kabi qo„shimcha adabiyotlardan foydalanish zaruriyatini 
taqozo etadi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin