Nomoddiy (savol-javob, suhbat, hikoya qilish, yod olish kabi so„z orqali
esga tushiriladigan manbalar) va moddiy (tasvirlanadigan, eshitiladigan,
audiovizual) vositalar adabiy-nazariy kompetensiyalarni shakllantirishda muhim
o„rin tutadi. Masalan, qog„ozga, doskaga chizilgan yoki kompyuterda tayyorlangan
1
Yo„ldoshev Q. Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta‟lim maktablarida adabiyot o„qitishning ilmiy-metodik
asoslari. Ped. fan. dokt... diss.. –Т.: 1997. – 77-78-betlar.
2
Karimov O. Metafora – poetik tafakkur asosi. //Jahon adabiyoti. –T.: 2014, № 8. 188-bet.
40
slaydlar, chizmalar, diagrammalar, jadvallarni taqdim etish; yozuvchi nutqi,
muayyan asardan o„qilgan parchalarni magnit tasmalari, kompakt disklardan
eshittirish; mavzuga oid filmlar, spektakllarni AKT vositasida namoyish etish
orqali o„quvchilarning ko„rish, tinglash, qabul qilish, xotirada saqlash kabi bilish
jarayonlari rivojlantiriladi.
Uzluksiz adabiy ta‟lim tizimida adabiy-nazariy tushunchalarni o„rganishga
doir metod va usullar badiiy asarning murakkablik darajasiga qarab tanlanadi.
Jumladan, “Grafik organayzerlar” yuqoridagi talablarni o„zida mujassam etishi
bilan samarali hisoblanadi.
Grafik organayzerlar – ta‟lim-tarbiya jarayonida bayon qilinayotgan
fikrlarni ko„rgazmali taqdim etish vositasidir. Adabiy-nazariy tushunchalar
kompyuterning “MS Word”, “MS Power Point”, “Paint”, “MS Excel” dasturlari
imkoniyatlari hamda grafik organayzerlardan unumli foydalanib o„quvchilarga
yetkazilsa, o„quvchilarning axborotlarni qabul qilish, xotirada tiklash, tahlil qilish
faoliyatiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Jumladan, 5-sinfda xalq og„zaki ijodi yuzasidan
tashkil etiladigan sinfdan tashqari o„qish chog„ida “Klaster” grafik organeyzerlar
o„zbek folklorining tur va janrlarini o„quvchi tasavvur va idrok etishi uchun qulay
vositadir.
Uzluksiz ta‟lim tizimida xalq og„zaki ijodi namunalari katta tarbiyaviy
ahamiyatga ega. Xususan, Tog„ay Murodning ajdodlar badiiy tafakkuri
sarchashmasi – milliy qadriyatlar, folklor durdonalari bilan ijodiy oziqlantirilgan
asarlari o„zbek adabiyotida takrorlanmas hodisa bo„lib, originalligi va xalqchilligi
bilan ajralib turadi. Uning “Yulduzlar mangu yonadi” asari bilan tanishishga 6-sinf
adabiyot o„quv dasturida uch soat vaqt ajratilgan
1
.
O„quvchilarning yosh va individual xususiyatlaridan kelib chiqib, 9-sinfda
adibning “Oydinda yurgan odamlar” qissasi yuzasidan mustaqil o„qishni tashkil
etish orqali qahramonlar xarakteri, millat ruhiyatini yoritishda azaliy udumlar, xalq
ijodiyoti
namunalaridan
unumli
foydalanganligi
diqqatga
sazovorligini
anglanishiga erishiladi.
Adib asarda ikki qalbning samimiyatga yo„g„rilgan pokiza tuyg„ularini
O„zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad munosib baholaganidek, “oydindagi oy
nuriga o„rab tasvirlaydi”
2
. Muallif farzandsizlik insoniyatning baxtsizligi
ekanligini asar qahramonlari Qoplon va Oymomo qismatlari misolida talqin etadi.
Qissada boy ma‟naviy meros buloqlaridan suv ichgan, milliy an‟ana va udumlar
bilan hamnafas ulg„aygan adib shaxsiyatiga xos xususiyatlar yaqqol sezilib turadi.
Tahlil maqsadi qahramonlar tabiati, ruhiyati va turmush tarziga singdirilgan
folklor an‟analari tagzaminidagi yashirin hayotiy haqiqatlarni topish va ularga
munosabat bildirish tarzida belgilanadi. O„qituvchining o„quvchilar e‟tiboriga
havola qilinayotgan masalalarga reja asosida puxta hozirlanishi topshiriqlar
oralig„idagi uzviylik va izchillikka xizmat qiladi.
1
Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.:
Yangiyo„l poligraph service, 2010. – 69-bet.
2
Тоg„ay Мurod. Таnlangan asarlar. I jild. –Т.: Sharq, 2008. –7-bet. Кеyingi ko„chirmalar ham shu nashrdan olingani
uchun qavs ichida sahifasi ko„rsatiladi.
41
Tahlil avvalida o„quvchilar diqqati qahramonlar ruhiy olamini tasvirlashda
unumli foydalanilgan xalq qo„shiqlarining mohiyatini ochishga qaratiladi. Qissa
syujetida mustahkam o„rin tutgan muhabbat va befarzandlik muammosi kitobning
ilk sahifalaridanoq o„quvchi qalbiga ham ko„chadi.
Bosh qahramon Oymomoning farzandsizlikdan chekkan iztiroblari folklor
asarlariga xos an‟anaviy usulda talqin etilishi qissa ta‟sirchanligini ta‟minlagan
omillardan biridir. Tirnoqqa zorligi tufayli chekkan azoblari Oymomoni es-
hushidan ayirgan. Dunyodan benasl o„tib ketish qayg„usi uning qalbini kemirib,
beadad qiynoqlarga soladi. Dard-alamlarini kimgadir ezilib-ezilib aytgisi, shu yo„l
bilan yuragini bo„shatgisi keladi. Asarda tilga olingan xalq qo„shiqlari aynan uning
ana shu ruhiyatiga yaqin va hamohangdir.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablari 6-sinfida “Xalq qo„shiqlari” mavzusini
o„rganishga bag„ishlangan mashg„ulotlar jarayonida ham aynan qissadagi
qo„shiqlarga murojaat qilish orqali bu turning xalqimiz hayotida muhim o„rin
tutganini anglashlari mumkin bo„ladi.
Ma‟lumki, sog„im qo„shiqlari turkumiga mansub “Turey-turey”lar zamirida
sovliqni iydirish uchun uni “esli molim”, “elkamdagi kokilim”, hatto, “bog„da
ochilgan gulim” kabi sifatlar bilan madh etib, erkalatish ohanglari yetakchilik
qiladi. Qimmatbaho terisi uchun qorako„lchilikda qo„zisi barraligidayoq so„yilgan
ona qo„yni sog„ish vaqtida aytiladigan qo„shiqlarda esa unga xayrixohlik,
hamdardlik bildirish, achinish tuyg„ulari ifodalanadi.
Sovdi bo„lib sovdirgin, turey-turey,
Sovsa kadi to„ldirgin, turey-turey.
Buncha kuyma, jonivor, turey-turey.
Taqdiringni ko„ndirgin, turey-turey
1
.
Qissada adibning aynan shu mazmundagi qo„shiqqa murojaati boisini (282-
bet), avvalo, chorvachilik Surxon vohasi kishilari hayotining ajralmas qismi
ekanligini ko„rsatish; ikkinchidan momo yuragini tub-tubidan yemirib borayotgan
farzandsizlik azoblarini yoritish tarzida izohlash mumkin.
Oymomoning yillar davomida qalbini o„rtab kelayotgan dardlarini
odamlarga emas, tilsiz jonzotlarga to„kib solishida ramziy ma‟no mujassam.
Parchadagi taskin ohangidagi “buncha kuyma”, “taqdiringni ko„ndirgin” iboralari
momoning qo„shiq kuylash bilan nafaqat sovliqni tinchlantirib, ko„proq sut sog„ib
olishga, balki taqdirga tan berib, o„zini ovutishga uringani o„quvchini befarq
qoldirmaydi .
So„ngra o„quvchilar faoliyati bolalar folklorining betakror javohiri –
hayotbaxsh allalar zamiridagi ma‟nolar nozikligi, qahramonning botiniy
kechinmalarini ilg„ashga yo„naltiriladi. Go„daklarni yupatib, uxlatish maqsadida
ijro etiladigan allalarda onaning farzandi kamolini ko„rish haqidagi yuksak orzu-
umidlari, tuganmas mehr-muhabbati qatori qayg„u-alamlari va armonlari ham
1
Boychechak. Bоlalar folklori. Меhnat qo„shiqlari. –Т.: G„afur G„ulom nomidagi Adabiyot va san‟at nashriyoti,
1984. –298-bet.
42
tarannum etilishi Oymomoning dard-hasratlarga to„la ichki dunyosini tasvirlashda
qo„l kelgan. Ayollarning “shaxsiy hayotdagi baxti yoki fojealarining”
1
ning
betakror ifodasi bo„lgan allalar asarda qahramonlarning ruhiy olamiga chuqur
nazar tashlash imkonini beradi. Qo„shni go„dakning jannat iforlariga qiyoslangan
tarovatidan totingan momo beixtiyor xazin va mungli qo„shiq xirgoyi qiladi:
Alla-alla, ahdi bor-a, alla-yo, alla-yo,
Uyquning ham vaqti bor-a, alla-yo, alla-yo,
Alla aytgan enangni-yo, alla-yo, alla-yo,
Qop-qoraygan baxti bor-a, alla-yo, alla-yo. (336-b)
Shu o„rinda tahlil ishtirokchilari “baxt” tushunchasining qora rangda
ifodalanishi sabablari ustida izlanishlari zarur bo„ladi. Asar mutolaasi yuzasidan
xulosalar va hayotiy kuzatishlarga tayanib beriladigan javoblardan onalik Tangri
taoloning ayol zotiga benazir inoyati, bu ne‟matdan bebahralik esa baxtiqarolik,
baxtsizlikdir degan xulosaga kelinadi.
Mazkur satlardan o„quvchilar ko„z o„ngida qahramonning kamsitishlar,
mulzam qilishlar, ta‟na-malomatlardan ozurda ko„nglida kechgan nolalar
jonlanadi. Nadomat to„la mungli misralar hatto dunyodan ko„z yumar chog„i ham
farzand ko„rish ishtiyoqi bir zumga-da so„nmagan mushtipar ayolning ruhiy
holatidan ogoh etadi.
Oymomo qo„shiqning mo„jizaviy ohanglari ta‟sirida umrining so„nggi
lahzalarida bo„lsa ham onalik saodatini tuyadi. Hamsoyasining beshikdagi yosh
bolasini erkalatib, allalagan momoning ko„ksiga sut keladi va jon beradi. Asarda
qo„shiqdan nainki qahramon hissiyotlarini yuzaga chiqarish vositasi, balki ma‟lum
ma‟noda armonlari ijobati sifatida foydalanilganligini qayd etish joiz.
Tahlilning navbatdagi bosqichida boqiy dunyoga rihlat qilgan momoning
vidolashuv marosimidagi yig„i-yo„qlovlar ma‟nolari izohlashga o„tiladi.
“Yosh-yalanglar momomlab-momomlab yig„ladi:
Osmondagi qirq yulduz
Qiyalab ketadi botgani.
Voy momom-ovv, momom-ovv!.. (338-bet)
Yoshi qaytmishlar onamlab-onamlab yig„ladi:
Hovlimizning tolini
Tobut bo„lsin debmidik?
Voy enam-ovv, enam-ovv!..” (339-bet)
Marsiyaning birinchi bandida inson umrining poyoniga yetishi majoziy
obrazlarda yulduzlarning botishiga muqoyasa qilinadi. Binobarin, “Marsiyaning
1
Jahongirov G„. O„zbek bolalar folklori. –Т.: O„qituvchi, 1975. – 18-bet.
43
asosiy vazifasi hayotdan ko„z yumgan shaxsning butun fazilatlarini esga olib, ro„y
bergan musibatga munosabat bildirishdir”
1
.
Ma‟lumki, o„zbek folklorida daraxt totemi bilan bog„liq turli mifologik
qarashlar mavjud. Jumladan, o„zbeklarning dafn marosimida marhumni so„nggi
yo„lga kuzatishga otlangan jigargo„shalari toldan tayyorlangan hassalarga
tayanishadi. Hassakashlarning novdalarni qabr atrofiga ekib qaytishlari zamirida
kishi vafot etgach, uning joni hassa orqali daraxtga ko„chadi, degan ishonch
bo„lgan. D.Gadoyevaning tadqiqotlarida mazkur odat “ruhning abadiyligi, ya‟ni
kishi ruhining daraxt sifatida yashashni davom ettirishi bilan bog„liq e‟tiqodlarni
o„zida ifoda etishi”
2
tarzida qayd etiladi
Daraxt bilan aloqador totemlar yuzasidan ma‟lumot berish barobarida
o„quvchilar e‟tiborini ikkinchi bandda tol novdalarining yaxshi kunlarga emas,
balki so„nggi manzilga eltuvchi “yog„och ot” bo„lishga yaraganidan afsuslanish
ohanglari yetakchilik qilishiga qaratmoq joiz. Zero, mevasiz daraxt bo„lgan toldan
tabiatni yashnatish, soyasida dam olib, hordiq chiqarish, ro„zg„or anjomlari yasash
kabi ezgu maqsadlar yo„lida foydalanilish, shuningdek, og„ir damlarda yaqinidan
ayrilgan kishilarga suyanchiq va hamrohlikka yaraganidan uni musulmonlar
muqaddas deb bilishlarining ramziy ma‟nosini ham izohlash mumkin bo„ladi.
Ta‟kidlash o„rinliki, garchi ayol dunyodan zurriyodsiz o„tgan bo„lsa-da,
qishloq ahlining biri “onamlab”, boshqasi “opamlab”, “xolamlab”, “ammamlab”
ko„z yosh to„kishlarida o„zbek xalqi mentalitetiga xos odamiylik xususiyatlari,
bobo musibatiga yelkadosh bo„lishga intilishlarida millat ma‟naviyati namoyon
bo„ladi.
Tog„ay Murodning san‟atkorlik mahorati har bir personajga xos
xususiyatlarni xalq maqollari, hikmatli so„zlari (paremalar) zimmasiga yuklay
bilishida ham ko„zga tashlanadi. Qissa sahifalarini bezagan “Aslini bilmay, so„z
demaslar, naslini bilmay, qiz bermaslar”, “Ko„ngling bilan eshit – quloq aldaydi,
aqling bilan ko„r – ko„z aldaydi”, “Qozon to„la osh bo„lsin, yostiq to„la bosh
bo„lsin”, “O„z uyim – o„lan to„shagim”, “Elakka bormish ayolning ellik og„iz gapi
bor”, “Etni tirnoqdan ayirib bo„lmaydi”, “Og„zingdan chiqib, yoqangga
yopishsin”, “Ichini it tirnaydi”, “Qildan qiyiq axtaradi” kabi maqol, matal va
iboralar asarning falsafiyligini kuchaytirishga, hayotiyligini oshirishga xizmat
qiluvchi vositalardandir.
Adibning paremalarni qo„llashdan maqsadi nafaqat qahramonlar fe‟l-atvorini
ko„rsatish, balki o„zgalarning ular bilan munosabatlarini yoritishga yordam
berganligini ta‟kidlash mumkin. Jumladan, “Parema, paremiya (yun. paroimia –
masal, ramzli hikoya) ma‟lum bir tildagi avloddan avlodga og„zaki shaklda ko„chib
yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida
paydo bo„lgan turg„un ibora, maqol, matal”
3
.
Tahlil davomida o„quvchilar Qimmat momo toifasidagi o„zgalar diliga ozor
berishdan huzurlanib, rohatlanadigan toshbag„ir va andishasiz kimsalar tabiatini
1
Маdayev О., Sobitova Т. Хаlq og„zaki poetik ijodi. –Т.: Sharq, 2010. – 94-bet.
2
Gadoyeva D. Daraxt bilan bog„liq totemistik qarashlar. //O„zbek tili va adabiyoti. –Т.: 2012, №2. – 39-bet.
3
O„zbek tilining izohli lug„ati. 5 jildli. 3-jild. –Т.: “O„zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti,
2007. – 222-bet.
44
baholashda “Yomondan qoch-da qutul, yo, tonda qutul”, “Balchiqqa tosh otsang,
betingga sachraydi”, “Bedana tezotar bo„lsa, o„z boshini o„zi yoradi” qabilidagi
maqol va iboralarga munosabat bildiradilar.
Muallif Oymomoga hamdard va xayrixoh insonlar ma‟naviy qiyofasini
o„ziga xos purma‟no maqol va matallar vositasida ochib berishning uddasidan
chiqqan. Masalan, Barchin xolaning dugonasi qalbida umid uchqunlarini yoqishga
intilishlari, armonlari ushalishga ishonch tuyg„ularini uyg„otishi, Qimmat momo
yanglig„ ayrim g„alamislarning fisq-u fasodlari o„tkinchiligi uning nutqidagi “Bir
qishning bir yozi bo„ladi, qarg„aning qag„illagani qoladi, Oymomo do„stim!” (290-
bet) tarzidagi dalda va tasallilarida namoyon bo„ladi.
Ota-onasining farzandi kelajagi haqida qayg„urishi, el-yurt oldidagi obro„sini
o„ylab xatti-harakatlar qilishi ularning fikrini sayqallab, qissadan hissa chiqarishga
undovchi maqol va iboralarda o„z aksini topadi. Qoplonga: “ – Sen qatorilar bolali
bo„ldi, – dedi otasi. – O„g„li borning o„zi bor, qizi borning izi bor. – Umr o„tayapti.
Bo„laringda bo„lib o„t, bo„z yo„rg„aday yelib o„t” (244-bet).
Ko„rinadiki, asarda paremalar vositasida nutq qisqa, lo„nda va ixcham
bo„lishiga erishilgan.
Yozuvchi folklordan samarali foydalanganligini Qoplonning ezgulik va
hojatbarorlik timsoli Xizr alayhissalom bilan uchrashishi lavhasi yana bir bor
tasdiqlaydi. Boboning “ – Izidan o„g„il qoldirib, otasi uchun motam tuttirmagan
erkak, erkak bo„ptimi! Orqasidan qiz qoldirib, enasi uchun qora kiydirib, aza
ochdirmagan ayol, ayol bo„ptimi!” degan o„tinchlari qatiga er kishining or-nomusi,
sha‟ni va g„ururi jo bo„lgan.
Quyidagi iltijolari uning ayoliga bo„lgan cheksiz muhabbati, ardog„ini
ko„zgu misol jonlantiradi: “Menga rahmingiz kelmasa-da, enasiga rahmingiz
kelsin, hazrati Xizr bovajonim! Poshikasta kuyib-kuyib adoyi tamom bo„ldi, o„lik
bo„lib go„rda yo„q, tirik bo„lib to„rda yo„q, hazrati Xizr bovajonim!..” (308-bet).
Asarda So„fi Olloyor hazratlari, Navro„z ayyomi, sumalak pishirish
marosimi bilan bog„liq rivoyat va afsonalar salmoqli o„rin egallaydi. Navro„z
sayliga aloqador Muqaddas Buqa haqidagi rivoyat tahlili o„quvchilarni mehnatkash
xalqning yuksak orzu-umidlari, tasavvurlari, ishonch-e‟tiqodlaridan xabardor
qiladi.
Qissada xalq og„zaki ijodiga mansub topishmoqlar ham ma‟lum bir maqsad
bilan keltirilib, ular qahramonlar ma‟naviyati boyligini ko„rsatishga xizmat qilgan.
“Kichkina qozonning oshi shirin” (yong„oq), “Bukri momom buk etdi, yugurib
uyiga kirib ketdi” (sichqon), “Anavi tog„dan qaragan, manavi tog„dan qaragan,
o„zimga yarashar deb balxi ro„mol o„ragan” (buzoqboshi), “Aka-uka yashaydi, bir-
birini ko„rmaydi” (ko„z), “Chin qushim, chinni qushim, chin tepaga qo„ndi
qushim, og„zidan bol uzatib, xalqqa salom berdi qushim” (samovar), “Tog„ni
talaydi” (bolta), “It emas, irillamas, odam emas, uyga qo„ymas” (qulf),
“Uydamisan, marjon, eshikdamisan, marjon, oyoq-qo„ling ko„rinmas, qulfdamisan,
marjon” (o„tov uyi bog„ichi), “Tuzi yo„q oshni ko„rdim” (sumalak) (271-272-
betlar) kabi rang-barang mavzudagi topishmoqlar asarning qiziqarliligi,
o„qishliligini ta‟minlab, jozibadorlik baxsh etgan.
45
Mavsumiy marosimlar bilan uyg„unlikda ishlatilgan topishmoqlar Surxon
vohasi ayollarining aql-u zakosi, so„zga shaydolik hissi haqida o„quvchida
tasavvur uyg„otadi. Masalan, sumalak pishirish marosimida gurunglashib
topishmoqlar aytish lavhasi tahlil ishtirokchilarini Barchin vorislarining ta‟bi
nazmi, hozirjavobligi, topqirligi, zehni, did-farosati kabi xususiyatlaridan voqif
etadi.
“El og„zida yurmish topishmoqlardan aytish boshlandi.
Aytishuvni Xoldon momo boshlab berdi.
– Men aytsam, uzun-uzun o„z ketdi, uzun bo„ylik qiz ketdi – qasavasi
qarsillab, manglayi erga tarsillab. Bu nima?” (271-bet)
Topishmoqning javobidan o„quvchilarga o„zbek ayollari orasida keng
tarqalgan o„rmak o„rish – sholcha yoki gilam to„qishga xos mehnat jarayoni badiiy
gavdalantirilganligi ma‟lum bo„ladi.
Xulosa qilish mumkinki, kitobxon “Oydinda yurgan odamlar” qissasi
tasvirida keltirilgan xalq og„zaki ijodi namunalari misolida ajdodlari tomonidan
yaratib qoldirgan boy ma‟naviy merosdan cheksiz bahra oladi, badiiy-estetik
tafakkurlari yuksaladi.
Sinflar yuqorilagan sari nazariyaga oid tushunchalar mazmunan
murakkablashib boradi. Jumladan, 7-sinfda roman turlari, 8-sinfda roman
shakllari, 9-sinfda roman janri, she‟riy romanlar haqidagi ma‟lumotlarni
o„rganishda soddadan murakkabga tamoyili talablari o„z aksini topadi. Shunga
ko„ra mashg„ulotlarda grafik organayzerlardan mavzuni yoritishdagi imkoniyati,
o„quvchining yosh va individual xususiyatlari, qiziqishlarini e‟tiborga olib qo„llash
maqsadga muvofiq.
Tarixiy, falsafiy, siyosiy, maishiy, biografik, fantastik, detektiv kabi mavzu
yo„nalishlarida yaratilishi; nasriy va she‟riy turlarga bo„linishi; necha kitobdan
iboratligi nazarda tutilib dilogiya, trilogiya, tetralogiya, pentalogiya, epopeya kabi
nomlar bilan tavsiflanishiga oid grafik organayzerlar roman haqidagi nazariy
bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 9-sinfida A.Oripovning “Sohibqiron”
dramasidan parchalar o„rganilishi jarayonida Muhammad Alining “Ulug„ saltanat”
romani tarixiy mavzuda yaratilgan tetralogiyaga misol qilinib, asarni mustaqil
o„qishga tavsiya qilish mumkin. Shu yo„l bilan o„quvchilarga milliy
davlatchiligimiz asoschisi Amir Temurning nafaqat davlatni boshqarish salohiyati,
balki ma‟naviy qiyofasi bilan to„liq tanishishga imkoniyat yaratiladi. A.Oripov
dramasida sarkardani o„y-xayollar girdobida uchratgan o„quvchi “Ulug„
saltanat”da uning xarakteri qirralarini yarq etib ochuvchi shaxsiy hayotidagi turfa
voqea-hodisalarning ham guvohi bo„ladi.
“Tahlilning mohiyati shundaki, u o„quvchini asar mazmuniga chuqurroq
kirib borishga, shu maqsad bilan uni qayta o„qib chiqishga undaydi, yozuvchining
shoirona fikrida qanday mantiq borligini, obrazlarning mantiqiy aloqadorligini,
46
voqea-hodisalarning, qahramonlarning hayotga nechog„lik yaqinligini anglashga
ko„maklashadi”
1
.
Asarga ilova tarzda she‟rlar, doston, tarixiy romandan parchalar, esselar,
publitsistik maqolalardan iborat “Oshiq bo„lmay, Haq diydorin ko„rsa bo„lmas”,
“Amir Temur chamani” kitoblarini mutolaaga tavsiya qilish ham Amir Temur va
temuriylar davriga oid qimmatli ma‟lumotlarga hamda asar muallifining
Sohibqiron siymosini yaratish borasidagi ko„p yillik izlanishlariga qiziqtirish
imkoni tug„iladi. Jumladan, mazkur kitoblarni o„qish chog„ida jahon adabiyotida
Amir Temur haqida yaratilgan asarlar va ular saqlanayotgan mashhur
kutubxonalar; Buyuk Britaniya qirollik Shekspir teatri to„rt yuz yildan buyon o„z
mavsumini Kristofor Marloning “Buyuk Amir Temur” (1587) tarixiy pyesasi bilan
boshlashi ingliz xalqining bobomiz shaxsiga ehtiromlari ramzi ekanligi bilan
tanishadilar.
Asar o„quvchilar tomonidan to„lig„icha mutolaa qilinganiga ishonch hosil
qilinganidan so„ng tahlilga bag„ishlangan sinfdan tashqari o„qish mashg„uloti
tashkil qilinadi. Tahlilda o„quvchilar e‟tibori tarixiy romanlarga xos quyidagi
xususiyatlarga qaratilishi zarur bo„ladi:
1) asarning ob‟ekti sifatida xalq va jamiyat hayotida eng muhim sanalgan
davrlar, voqealar va ko„zga ko„ringan shaxslar hayoti olinishi;
2) tasvirlanayotgan davr va undagi voqealar, tarixiy shaxslarga nisbatan
yozuvchi ilmiy-estetik konsepsiyasining bo„rtib turishi lozimligi, davr ijtimoiy-
siyosiy xarakteristikasini yaratish;
3) yozuvchi bilan tasvir ob‟ekti o„rtasida jamiyat taraqqiyotining muhim
bosqichlari bilan izohlanuvchi davriy masofaning mavjud bo„lishi;
4) tasvirlanayotgan voqealar va shaxslar hayotining chuqur badiiy tadqiq
etilishi, tarixiy haqiqatning badiiy haqiqatga o„sib chiqishi shart ekanligi
2
.
Mashg„ulotda adabiy qahramonlar kechinmalarini his qilishlari uchun
o„quvchilar tasavvurida Amir Temur davri ruhini jonlantirish ham muhim
hisoblanadi. Buning uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari
yordamida oldindan tayyorlangan Sohibqiron va uning avlodlari davrida bunyod
ettirilgan me‟moriy obidalar tasvirlari, asarning muayyan bobidan o„qilgan
parchalarni magnit tasmasidan qo„yib eshittirish yoki u haqda yaratilgan filmlardan
lavhalar namoyish qilish mumkin. Masalan, o„quvchilar xayolot olamida olis
zamonlar voqea-hodisalarini gavdalantirish uchun quyidagi parcha o„zbek xalq
kuylaridan biri uyg„unligida o„qib eshittiriladi:
“Navro„zi ayyom arafasida o„ttiz to„rt yoshli Temurbekning qo„shini
Jayxundan o„tib, Balxdan uzoq bo„lmagan Bo„yyo deb atalgan mavzeda chodir
tikdi. Tarix hijriy 771-yil kirib kelmoqda edi. Har Navro„z bayramini dilkash Kesh
yurtida xesh-aqrabolar bilan o„tkazishni xush ko„radigan Temurbekning odatini
tark qilib, safarga otlanishiga yetarli asoslar bor edi...”.
3
1
Niyozmetova R.H. Uzluksiz ta‟lim tizimida o„zbek adabiyotini o„rganish metodikasi. –Т.: Fan, 2007. – 141-142-
betlar.
2
Каttabekov А. Таrixiy roman xususida bahslar. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –290-bet.
3
Мuhammad Аli. Ulug„ saltanat. Birinchi kitob. Jahongir Mirzo. –Т.: Sharq, 2003. – 3-bet.
47
Amir Temurga piri Mir Sayyid Baraka tomonidan hokimiyat timsoli bo„lgan
nog„ora va bayroqning topshirilishi kabi hayajonli lavhalarni nay navolari
jo„rligida og„zaki hikoyalash usuli ham tahlil ta‟sirchanligiga xizmat qiladi.
Tahlil avvalida o„quvchilarga savollar berilib, ularning asar mazmunini
qanchalik ilg„aganliklari aniqlanadi. Masalan, Muhammad Ali “Ulug„ saltanat”
romanida Sohibqiron timsoliga qaysi jihatdan yondashgan, degan savol bilan
murojaat qilish o„rinli bo„ladi.
Amir Temur – murakkab tarixiy shaxs. Shuning uchun folklor
asarlaridagina emas, balki yozma adabiyotda ham bu ulug„ zot siymosiga turli
jihatdan yondashilganini kuzatish mumkin. Shunisi e‟tiborliki, har bir ijodkor Amir
Temur obraziga o„z tushunchasi, dunyoqarashi va qiziqishi nuqtai nazaridan baho
beradi. Jumladan, B.Ahmedov “Amir Temur” (1994) asarida tarixiy faktlar orqali
buyuk sarkarda timsolini yaratishga jazm etgan bo„lsa, Fitrat (“Temur sag„anasi”.
1918), P.Qodirov (“Ona lochin vidosi”. 1996), A.Oripov (“Sohibqiron”. 1996),
X.Davron (“Samarqand xayoli”. 1991) lar ko„proq badiiy tarzda gavdalantirishga
harakat qilganligi ko„rinadi. Chet el adiblaridan esa angliyalik Hilda Hukhemning
“Yetti iqlim sultoni” qissasida sarkarda hayoti va faoliyati tarixiy manbalar asosida
ilmiy yoritilganini kuzatish mumkin.
Sir emaski, sarkarda hali hayotlik chog„idanoq uning shaxsi, harbiy
yurishlari, davlatni boshqarish usullari dunyo xalqlarini qiziqtirib kelgan. Shu bois
jahon va qardosh xalqlar adabiyotida ham Amir Temur obrazining munosib o„rni
bor. Masalan, amerikalik Edgar Poning “Buyuk Temur” (1827) poemasi, olmon
adibi Iogann Bolfgang Gyotening “Temurnoma” (“G„arbu Sharq devoni” asarining
bitta fasli),
Abdulloh
Fotihiyning “Temurnoma”, (forsiy tildagi “Xamsa” asarining
beshinchi dostoni),
ozarbayjon adiblari Mammad Said O„rduboyning “Temur va
Yildirim Boyazid” (1916), Husayn Jovidning “Amir Temur” (1924) dramalarida
esa turkiy xalqlarni birlashtirishga harakat qilgan fotih sifatida talqin etiladi.
Amir Temur obrazi hatto G„arb san‟atshunoslari diqqat markazida
bo„lganligini nemis kompozitori Georg Gendelning 1724-yilda yaratgan operasi
yoki bugungi kunda o„zbek musiqashunoslari tomonidan ilk bor o„rganilgan
italyan bastakori Franchesko Gasparinining “Temur” (“Tamerlano” 1717-y.)
musiqiy asari ham dalolat beradi
1
.
Xorijda Amir Temur shaxsini o„rganish yuzasidan ilmiy izlanishlar davom
etayotganligini fransuz olimi Lyus‟en Kerenning 2006-yilda nashr ettirgan
“Samarqandga, Amir Temur davriga sayohat” tadqiqoti misolida ham guvohi
bo„lish mumkin.
“Badiiy asarni u yaratilgan davr voqeligiga bog„lab qo„yishlik unga noijodiy
yondashishning natijasidir. Holbuki, badiiy kommunikatsiyaning yakunlovchi
bosqichi – asarning o„qilishi va uqilishi ham tom ma‟nodagi ijodiy jarayondir.
O„quvchining diqqat-e‟tibori asar badiiy voqeligining real voqelikka nechog„li
mosligiga emas, uning zamiridagi MA‟NOga qaratilishi lozim. O„quvchi o„z
voqeligidan kechib badiiy asar voqeligida to„laqonli yashasagina ijod onlarida
san‟atkorga ruhan yaqinlashadi, shundagina o„sha san‟atkor MA‟NO vositasida
1
Tursunova R. 9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun. //Jahon adabiyoti. –T. 2014, №4. 202-bet.
48
anglagan olamu odam mohiyati unga ochilishi mumkin bo„ladi. MA‟NOning
“skeleti” bo„lmish mohiyat o„zgarmas tabiatga egadirki, uning vositasida o„quvchi
o„z zamonasini, zamondoshlarini, o„zini teranroq idrok etadi ”
1
.
Bugun matbuot sahifalarida olimlarning tetralogiyada Sohibqironning
Turkiston zamini vatanparvar o„g„loni, qudratli saltanat bunyodkori sifatidagi
xususiyatlari badiiy to„qimalar bilan yanada boyitilgan holda asosiy e‟tibor
qismatidagi qayg„uli va quvonchli kunlarga qaratilganiga, suronlar to„la jang-u
jadallaridan ham ko„ra ko„proq oilasi, yaqin kishilari davrasida kechgan umr
sahifalari tasvirlanishiga oid chiqishlari kuzatilmoqda
2
.
Adabiyotshunos I.Yoqubov esa mutaxassislarning masalaga faqat shu nuqtai
nazardan yondashishlarini to„liq oqlamaydi. Uning fikricha, bu xildagi qarashlar
yozuvchi ko„zlagan maqsad ko„lamini ancha toraytirib, asar falsafasiga putur
yetkazishi mumkin. Bu boradagi da‟volar ma‟lum darajada o„rinlidir. Albatta, tarix
zarvaraqlarida Amir Temur nomi tarqoq ellarni birlashtirgan muzaffar,
markazlashgan davlat asoschisi sifatida abadiyatga muhrlangan. Biroq sarkarda
tetralogiyada “… azbaroyi saltanat ilinjida oilaga bo„lgan mehr va ardog„ini ongli
tarzda jilovlashga intilgan inson sifatida”
3
gavdalantirilgan qabilidagi xulosalari
munozara talabdir.
Masalaga yozuvchining quyidagi fikrlariga murojaat qilish orqali aniqlik
kiritish mumkin:
“ – Asarda iloji boricha Amir Temurning oilaviy hayotini yoritishga harakat
qilingan. Maqsad millatning otasi haqida – uning ibratli insoniy fazilatlari, namuna
bo„lgulik hayoti lavhalarini o„quvchiga yetkazish. Axir dunyoda sarkardalar, davlat
arboblari kam o„tganmi, nega hanuz Amir Temur shaxsi barcha zamonlar va
xalqlarni hayratga solib keladi, dersiz. Bizning bobomiz jahongirligidan tashqari
Buyuk Inson degan tushuncha-mezonga to„la javob bera olgan siymodir… Men
asarimda sohibqiron bobomiz siymosini o„quvchiga yanada yaqinlashtirish
yo„lidan bordim”
4
.
Mashg„ulotda Amir Temurga, avvalo, tarixiy shaxs, tirik inson nuqtai
nazaridan yondashilishi maqsadga muvofiq. Tahlilda o„quvchi qahramonni jonidan
ortiq suygan farzandlari tarbiyasiga jiddiy e‟tibor qaratgan padari buzrukvor
sifatida tasavvur qilishi zarur. Otadan ibrat olgan o„g„illarning kelajakda qat‟iyatli,
mard, jasur va halol yigitlar bo„lib kamol topishi lavhalari bugungi kun yoshlari
uchun o„ziga xos maktab vazifasini o„tashi, tabiiy.
Kichik malika Sulton Baxt begimni kamon otish, qilich ushlash hunarlariga
o„rgatishi, zarur bo„lganda janglarda qatnashishiga izn berganligi sarkardaning
xotin-qizlarga nisbatan ishonchini, ayollarga ojiza sifatida qaramaganligini
isbotlaydi. Bu haqda “Yetti iqlim sultoni” asarida ham qator qiziqarli faktlar
uchraydi. Muallif qissada tarixchi Arabshohning ko„chmanchi ayollarga xos
jangovar ruhi haqidagi hikoyasini keltirishi ham bejiz emas: “Temurning
1
Quronov D. “Аdabiyot nadir” yoki Cho„lponning mangu savoli. Adabiy-tanqidiy maqolalar. –Т.: “Zarqalam”,
2006. – 38-39-betlar.
2
Hazratqulov J. Аdibning muhtasham “Ulug„saltanat”i. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013, №2. – 170-bet.
3
Yoqubov I. Umummilliy dardlar zalvori. //Yoshlik. 2015, №1. – 62-bet.
4
Muhammad Ali. Amir Temur chamani. –T.: O„zbekiston, 2009. – 157-158-betlar.
49
lashkaridagi ayollar ham erlaridan qolishmasdi. Ular jangu jadal avjiga chiqqan
paytda maydonga tushishar, nayza, shamshir va kamonni mohirona ishga solib,
dushmanning ne-ne zo„r yigitlarini mag„lub etishardi”
1
.
Qizlarining kamoli yo„lidagi kuyunchaklik Temurbek hayotida alohida o„rin
tutadi. Ayniqsa, to„ng„ich qizi Oqa Begi xonimni yer-u ko„kka ishonmasdan,
safarlardan qaytgan zahotiyoq darhol yo„qlatishi ota qalbidagi cheksiz mehrning
in‟ikosidir. Qizini o„ziga munosib oilaga uzatgan sarkardaning xursandchiligi
uzoqqa cho„zilmaydi. Bedavo dardga chalingan malikaning padari buzrukvorini
anduhlarga ko„mib ketishi kabi achinarli lavhalar, albatta, o„quvchilarni befarq
qoldirmaydi.
Otani Sulton Baxt begimning oilasidagi kelishmovchiliklar ham jiddiy
tashvishlantiradi. O„quvchilar kuyovdan yolchimagan kelinchakning bir necha bor
arz qilib kelganida ro„zg„orda mayda-chuyda gap-so„zlar o„tishini aytib, qizini
tinchlantirishi kabi xatti-harakatlarini Amir Temurning oilani muqaddas
bilganligidan, deb baholashlariga erishish zarur. Garchi ichidan kuyovi Xuttalon
hokimi Muhammad Mirakning nobop xatti-harakatlaridan norozi bo„lsa ham
qiziga otalarcha pand-nasihatlar qilib, uyiga qaytarib yuborishi tasvirlari zamirida
hukmdor uchun oila mustahkamligi va osoyishtaligi har narsadan ustunligi g„oyasi
mujassamdir.
Sohibqiron avlodining davomchilari sog„lom bo„lishi uchun o„g„il uylantirib,
qiz uzatayotganda nasl tozaligiga jiddiy e‟tibor qaratganligi masalasini bugungi
kunga bog„lab talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, yosh avlod ma‟naviy
va jismoniy barkamolligi muammosi barcha davrlarda ham dolzarb sanalgan.
Hukmdor to„ng„ich shahzoda Jahongir Mirzoning Xorazm malikasi Xonzoda
xonimni jufti halollikka tanlaganidan mamnunligini yashirmasligi sabablarini ham
aynan shu omillarga bog„lab izohlash tahlildan kutilgan natijalarni beradi.
Mashg„ulotda o„quvchilarni asar qahramonlarining o„zaro munosabatlariga
qiziqtirish zarur. “Bonuyi kubro” deya ulug„langan egachisi Qutlug„ Turkon oqa
Temurbekning eng yaqin sirdoshi va maslahatgo„yi. Uning ruhan qo„llab-
quvvatlashlari mushkul muammolar girdobida qolgan sarkardaning hayotga
bo„lgan qarashlarini o„zgartiradi. Opa-uka o„rtasidagi oqibat rishtalari g„oyatda
mustahkamligi ularning muloqot madaniyatida, qiyin damlardagi hamdardliklarida
yaqqol ko„zga tashlanadi.
“Inijonim”, “Opajonim” degan murojaatlaridan ular bir-birlarini nihoyatda
asrab-avaylashlarini sezish mumkin. Ba‟zan saltanat yumushlaridan vaqt ajratib
egachisi holidan xabar ololmaganidan, zimmasidagi burchini ado etolmay, o„zini
aybdor sanashiga munosabatlarini bayon qilishlari orqali o„quvchilar qondoshlik
rishtasining mas‟uliyati nechog„lik nozikligiga iqror bo„ladilar.
Farzandi arjumandi Jahongir Mirzoni tuproqqa topshirib, bu yorug„ dunyoga
sig„may yurgan kunlarining birida opasi bilan diydorlashgan sarkardaning
hasratlarga to„la so„zlarini misol tarzida keltirishlari orqali uning butun hayoti,
odamiylik xususiyatlari ko„zgudagidek ravshanlashadi:
1
Hilda Hukhem. Yetti iqlim sultoni: Hujjatli-таrixiy qissa. Ruschadan H.To„rabekov va Sh.Sokin tarjimasi. –Т.:
Аdolat, 1999. – 58-bet.
50
“ – Dunyoning yumushlari chigal ekan, uchi-keti yo„q katta savdolarga
otilg„on ekanmiz, opajon!.. Anglamaydurmen, ne yozug„im bor erdiki, parvardigor
menga shunday mehribonchilikni ravo ko„rdi? Nechun endi arslonday dilbandimni,
dunyoga kelib, hali yashashning ma‟no-mazmunini anglab yetmag„on, umr
lazzatini totib ulgurmag„on pokiza xilqatni bag„rimdan yulib oldi?.. Qaysi
gunohlarim uchun?..”
1
.
Inisining mungli va shikasta ovozda zorlanib so„zlashidan yuraklari
allanechuk bo„lib ketgan opasi mehribonlik bilan Allohning buyurgani oldida
bandasi ojizligi, bardoshli bo„lishning mukofoti, albatta, berilishiga ishontirishi
lavhalariga o„quvchilar diqqatini tortish tahlil ta‟sirchanligini oshiradi.
O„quvchilar Amir Temurni qaynota sifatida kelini Xonzoda xonimning yosh
beva qolgani tashvishga solishini izohlashlari zarur. Shundagina ularning
tasavvurlarida keliniga qanday tasalli berishdan qiynalayotgan, atrofdan sovchilar
og„iz solayotganlarini eshitib, o„zgalarga mustar bo„lib qolishidan jigar-bag„ri
ezilayotgan otaning ahvoli oydinlashadi. Xonzoda xonimni o„g„li o„rniga o„g„il
deb bilgan sarkarda toki tirik ekan, hech kimga ozor chektirib qo„ymaslikka ont
ichadi. Kelinini otalarcha e‟zozlab bag„riga bosgan qaynotaning ko„z yosh to„kishi
lavhalari yuraklarni pora-pora qiladi. Vaqti kelib Qutlug„ Turkon oqa va
Saroymulkxonimlarning oqilona rejalari bilan Xonzoda xonimni uchinchi o„g„li
Mironshohga nikohlab berishlariga munosabat bildirish asnosida o„quvchilar kelini
o„z dargohida qolayotganligidan, nabirasi ko„z o„ngida ulg„ayishidan ko„ngli
taskin topgan Temurbek ahvolini teranroq anglaydilar.
Tahlil ishtirokchilari e‟tiborini Amir Temur hayotidagi qayg„uli va
quvonchli kunlarga qaratish juda muhim hisoblanadi. Binobarin, jigargo„shalaridan
ayrilganida lolu hayron bo„lib qolishi bilan bog„liq sahnalar buyuk Sohibqiron
xarakteri takomilida muhim o„rin tutadi. Mazkur jarayonda o„quvchilar dunyoda
yaqinlarini yo„qotishdan ortiq judolik yo„q ekanligini dildan his qiladilar, oilasi,
yor-birodarlari, bir so„z bilan aytganda, Insonni qadrlashga o„rganadilar.
Ma‟lumki, beshafqat taqdir uni birin-ketin suyangan qo„rg„onlaridan
ayiradi. Avval o„g„li Jahongir Mirzo, keyin sevimli qizi Oqa Begi, egachisi
Qutlug„ Turkon oqa, singlisi Shirin bika, zavjasi Dilshod oqalar dunyodan ko„z
yumib, azoblarga tashlab ketadi. Temurbek yuragiga yaqin kishilarining daldalari
bilan qismatidagi ko„rgiliklarni yengib, o„zida yashashga kuch topa bilishi
o„quvchilarni hayotda irodali bo„lishga undaydi.
Tahlil jarayonida sarkardaning to„ng„ich farzandi tug„ilishi, o„g„il uylantirib
orzulari ushalgandagi xushnudliklari, ilk bora bobo bo„lish lazzatini tuygan
daqiqalari, Jahongir Mirzodan yodgor Muhammad Sultonni qo„liga olgan
lahzalardagi
hayajonlari,
nabirasi
Pirmuhammad
Jahongirning
to„yini
o„tkazishning shirin tashvishlari va yana yigirma besh yillarcha oldin yo„qotgan
muhabbatini topgani – Tuman oqani uchratgan onlari... Bari-bari Amir Temur
hayotining eng unutilmas damlari tarzida qalamga olinganligini ham
unutmasliklari kerak.
1
Мuhammad Ali. Ulug„ saltanat. Ikkinchi kitob. Umarshayx Mirzo. –Т.:Sharq, 2006. – 61-bet.
51
Temurbek zohiran jiddiy ko„rinsa-da, malikalar bilan tanho qolgan
paytlarida dunyo tashvishlarini oz bo„lsa ham unutib, tamomila o„zga odamga
aylanishi, Saroymulkxonim ikkisi lolazorlar bo„ylab yosh bolakaylar kabi
yayrashib chopqillashganlari, malikaning quchoqlarini gullar bilan to„ldirib
yuborishlari uning ichki dunyosiga chuqurroq nazar tashlash imkonini beradi.
Sarkardaning har gal safarga ketish oldidan qur‟a tashlashi, chek tushgan
zavjalaridan
birini
o„zi bilan olib ketishi orqali ular o„rtasidagi
kelishmovchiliklarning oldini olishga doir xatti-harakatlari tasviri eng nozik
masalalarda ham adolatni ustun qo„yishidan dalolatdir.
O„qituvchi Amir Temurning quda-andachilik munosabatlarini o„ta
qadrlashiga ham tahlil ishtirokchilari diqqatini jalb etgani ma‟qul. O„quvchilar
sarkardaning xorazmshoh Yusuf So„fining necha bor isyonlari, xalqiga qilgan
xunrezliklarini kechirishiga to„g„ri kelishi sabablarini ham izohlashlariga to„g„ri
keladi. Qarindoshlik rishtalarini bog„lashdan katta umidlar qilgan sarkardaning asl
maqsadi xorazmshoh bilan birlashib, mamlakatni dushmanlardan asrash edi.
O„rtada kelini Xonzoda xonimning yuz-xotiri tufayli ham Yusuf So„figa qayta-
qayta imkoniyatlar beradi.
Davlat miyosidagi xunrezliklarning oldini olish maqsadida singlisi Shirin
bikaning qizi Sevinch Qutlug„ oqani Hirot maligi G„iyosiddinga uzatishi sabablarni
shu tuyg„uga bog„lab sharhlasalar, tahlildan ko„zlangan maqsadga erishish qiyin
kechmaydi.
O„zgalar taqdiriga befarq qaramasligi lavhalarini o„quvchilar xotirasida
tiklash orqali Amir Temurning hayotga bo„lgan munosabati kashf etiladi. Amir
Husayn bilan juvonmardlik haqida bo„lib o„tgan bahsdan keyingi voqea bunga
yana bir karra guvohlik beradi.
Amir Husayn o„z navkarining qahraton qishda muzdek suvga sho„ng„ib
kelishini fidoyilik namunasi sifatida baholasa, undan farqli o„laroq, navkariga
baland minoradan yerga sakrashni buyurgan Temurbek bir kun oldin yigitning joni
omon qolishi chorasini ko„rib qo„yishi askarlarida unga bo„lgan sadoqatini yanada
mustahkamlaydi.
Tahlil davomida o„quvchilardan Amir Temurning insonlar o„rtasidagi
oqibatsizliklardan chekkan iztiroblari aks etgan o„rinlarni topib, mulohazalarini
dalillar asosida isbotlashlari talab qilinadi. Xususan, quyidagi lavha tahlili uning
ruhiyatini his qilishlarida muhim o„rin tutadi:
“– Nima uchun odamlar bir-birlarini yomon ko„radilar, xiyonat qiladilar,
yolg„on so„zlaydilar, to„g„ri gapirib teskari ish ko„radilar, yaxshilikka yomonlik
bilan javob beradilar?.. – Tobakay musulmonlar munofiqlardan aziyat chekadilar?
Nega? Nega?..”
1
.
Shu o„rinda o„quvchilar tasavvurida Amir Temur bilan Amir Husayn
o„rtasidagi munosabatlarni jonlantirish maqsadga muvofiq.
Jabrdiydalar gunohkor Amir Husaynni shariat tartib-qoidalariga muvofiq
jazolashni talab qilganlarida sarkarda bir vaqtlar sobiq do„sti bilan o„tkazgan
1
Мuhammad Ali. Ulug„ saltanat. Ikkinchi kitob. Umarshayx Mirzo. –Т.:Sharq, 2006. – 271-bet.
52
yaxshi va yomon kunlarini eslab siqilishi, uning abgor holiga achinib, ko„z yosh
to„kishi uning tabiatidagi rahmdillik va ko„ngilchanlik fazilatlarini yuzaga
chiqaradi.
So„ngra o„quvchilar faoliyati qo„l ostidagi amirlarining xiyonatidan ozor
chekkan sarkarda ahvolini taftish qilishga yo„naltiriladi.
“Ota-o„g„il” tutinish yo„li bilan To„xtamishxonga bir necha bor o„z
mavqeini tiklab olish imkonini berishi Amir Temurning Jo„ji ulusi, Dashti Qipchoq
kabi hududlar osoyishtaligini ta‟minlash, har qanday masalada “yetti o„lchab, bir
kesish”i, uzoqni ko„zlab ish yuritishi siyosati tufayli deb tushunmoq mumkin.
Biroq o„quvchilar tomonidan Amir Kayxusrav, Mahmudshoh Buxoriy, Abu Is‟hoq
Yasovuriy, Odilshoh jaloyir kabi xudbin amirlar xoinliklarni qayta-qayta avf etishi,
ularni yuqori darajadagi mansablar bilan siylashi Temurbekning qat‟iyatliligi,
jahongashtaligi kabi fazilatlariga soya solgandek tuyulishi haqidagi mustaqil fikrlar
bildirilsa, tahlil samaradorligi yanada ortadi.
Qilmishlari jazoga loyiq subutsiz va beburd kimsalarga chora qo„llashdan
jahongirning ko„ngli vayron bo„lardi. Uning insonlar hayotini qadrlashidan ko„zlari
ochilgan fitnachilar besamar o„tgan umrlariga achinadilar, yo„l qo„ygan
kamchiliklaridan kech bo„lsa ham pushaymon bo„ladilar.
Hukmdorning kechirimliligi, kengfe‟lliligi vaqti kelib Amir Muso, Shayx
Nuriddin kabi beqaror, ikkiyuzlamachi mulozimlarining xatolarini anglab yetib,
uning xizmatiga astoydil bel bog„lashga undaydi. Shuningdek, oshkora suiqasd
uyushtirishgacha borgan Shibirg„on hokimi Zindachashm opardiyga o„lim jazosi
emas, eng so„nggi hukm sifatida ko„zidan yo„qotishlarini so„rashi uning
bag„rikengligi, muruvvatliligidan dalolatdir.
Amir Husayn tomonidan saltanat ravnaqi yo„lida jon kuydirmaslikda
begunoh ayblangan Amir Joku barlos, Amir Sayfiddin neko„z, Abbos bahodir va
Davlatshoh baxshilarga solingan tovon pulini to„lash uchun bor mablag„ini,
chorasiz qolib, hatto zavjasi Uljoy Turkon oqaning qimmatbaho taqinchoqlarini
ham ayamaganligini Amir Temur shaxsidagi sadoqatli do„stgagina xos mehr-
oqibat namunasi sifatida baholash mumkin. Shuningdek, tahlilda Temurbek bilan
Muhammad Churog„a dodho o„rtasidagi munosabatlarni ham chetlab o„tmaslik
kerak. Ularning do„stligi yillar sinovlarida toblanib, mustahkamlanib boraveradi.
Taqdir shafqatsizliklariga uchragan og„ir damlarda Muhammad Churog„a
unga suyanchiq bo„la oladi. Garchand sarkarda zohiran hech so„z demasa ham
do„sti uning qalbini o„rtayotgan alam va iztiroblarni yurakdan his qila oladi.
Mashg„ulotning navbatdagi bosqichi mehrning kamalak rang jilolaridan
ayamay nisor etilgan Saroymulkxonim obrazi ustida ishlashga bag„ishlanadi. Bu
timsol ustida ishlash o„quvchilar zimmasiga katta mas‟uliyat yuklaydi.
Tahlil ishtirokchilari tarixiy manbalardan uning yurt obodligi yo„lidagi
yaratuvchanligi, muhtojlarga yordam qo„lini cho„zgan tadbirkor malikaligini
yaxshi bilsalar-da, ayol sifatida Yaratgandan ravo ko„rilgan taqdiri azalidan
yaxshi xabardor emaslar.
O„quvchilar
diqqatini,
avvalo,
Saroymulkxonimning
oqila
umr
yo„ldoshligiga qaratmoq joiz. U Turon o„lkasi hukmdori qalbini rom eta olgan
53
yuksak aql-idrok sohibasidir. Sharoit taqozosi bilan Amir Temur uzoq yurishlarga
jazm etgan chog„larda shahzodalar, malikalar, haram ahlining boshlarini
qovushtirib, uning o„rnini bildirmaslikka harakat qiladi. Sarkardaga maktublar
yo„llab, raiyati va oilasi ahvolidan xotirjam etib, yangi g„alabalar sari ruhlantirib
turadi. Safardan qaytayotgan sevimli kishisini munosib kutib olish tadorigini
ko„rish orqali oilasi va xalqining hukmdoriga nisbatan ehtiromlarini namoyon
etadi.
Bir kam dunyo deganlaridek, latofat va zakovatda yakto Saroymulkxonim
onalik baxtidan benasibdir. Shunday bo„lsa-da, tole uni boshqa tomondan
yarlaqaydi. U matonati tufayli volidalaridan erta ayrilgan Jahongir Mirzo va Oqa
Begilarning o„ksik qalblariga bor mehrini baxshida etishga kuch topa oladi. Vaqti
yetganda farzandlari, hatto nabiralariga munosib qalliq topish, uyli-joyli qilish
ishlarida Temurbekka yelkadosh bo„lib, to„y marosimlarining oldi-berdilarigacha
bosh-qosh bo„ladi.
Asarda Saroymulkxonim erining qarindosh-urug„lari hurmatini joy-joyiga
qo„ya olgan itoatli va andishali kelin sifatida bo„y ko„rsatganligini asoslab
berishni tahlil maqsadi taqozo etadi. Malikaning bu jihatlari, ayniqsa,
qayinegachisi Qutlug„ Turkon oqa bilan munosabatlarida yaqqol namoyon bo„ladi.
O„tkir zehn va farosat sohibasi hamisha bu muhtarama zot qoshida odob saqlaydi.
Vaqti-vaqti bilan bonuyi kubro kelinlariga zimmalaridagi mas‟uliyatni eslatib,
Sohibqironga yurt idora etishda maslakdosh bo„lishga, hamjihatlikda yashashga
da‟vat qiladi. Uning nasihatlaridan yetarlicha xulosalar chiqargan Saroymulkxonim
ba‟zan kichik malikalar bilan kanizaklar orasida uchrab turadigan
kelishmovchiliklarni yotig„i bilan bartaraf etadi.
Malika yaqinlarini baxtiyor ko„rish istagida har ishga qodir. Masalan, u bir
tomondan Jahongir Mirzo vafotidan so„ng yashamoq saodatidan ko„ngil uzib,
kundan-kun so„lib borayotgan kelini Xonzoda xonim; ikkinchi tomondan esa,
dilbandi firoqida kuyib ado bo„layotgan padari buzrukvor ahvolidan kuyunardi.
Qayinsinglisi Oqa Begi xonimning to„xtab qolgan to„yini o„tkazishni qaynotasidan
so„rashini ehtiyotkorlik bilan Xonzoda xonimga yuklashi uning tadbirli
bekaligidan guvohlik beradi. Musibatdan oilasi, xalqi chekayotgan jafolarni oz
bo„lsa ham unutishlarining uddasidan chiqishga erishgan ayolning zukkoligiga
o„quvchilarning hurmatlari ortishi, shubhasiz.
Saroymulkxonim timsoli tahlili yakunida o„quvchilar jonfidoliklarining
mukofoti o„laroq sohibi tomonidan “Bibixonim” e‟tirofiga munosib topilishi
boisini idrok etadilar.
Tabiat manzaralari va hodisalarining muayyan rangdagi tasviri tahlili
o„quvchilarga ro„y berajak voqealarni oldindan his qilish imkonini beradi.
Masalan, musaffo osmon, zilol suvlar, qir-adirlar bag„ridagi turfa chechaklarning
yorqin bo„yoqlarda chizilishi lavhalaridanoq kitobxon sarkardaning qo„lga kiritajak
zafarli onlari-yu saodatli damlarini bashorat qiladi. Aksincha, zilzila sodir bo„lgan
tun tafsilotlari misolida esa Balx hukmdori Amir Husayn hokimiyati mag„lubiyatga
yuz tutishini sezib turadi.
54
Saroymulkxonim ramziy ma‟noda “ota-bola” deb nomlagan chinorlardan
birining kundan kun yashnab, ko„kka bo„y cho„zishi lavhalarini izohlash
jarayonida esa o„quvchilar Amir Temur saltanati qudrati ortib, ravnaq topayotgani;
rivoji sust bo„lib, keyinchalik qurib qolgan ikkinchi daraxt timsolini shahzoda
Jahongir Mirzo taqdiriga qiyoslashlashlari oson kechadi.
Tahlilda muayyan qahramon portreti uning ichki dunyosiga mutanosiblikda
chizilganligi ham e‟tibordan chetda qolmasligi zarur. Jumladan, “ko„zidan biron
narsani uqib olish ham qiyin”
1
ligi Zindachashm opardiy singari kimsalar botinida
yashirin munofiqlik xususiyatlarini yuzaga chiqarsa, Jahongir mirzoning hamisha
kulib turuvchi “yorqin ko„zlari” shahzodaning muhabbatga oshno, ezgulikka
limmo-lim beg„ubor qalbini o„quvchi tasavvurida jonlantiradi.
Yuqorida ta‟kidlangan ramziy ma‟nodagi “moziyga sayohat” bosqichi
istiqlol davri sahifalariga almashadi. Monitorda yurtboshimizning “Yuksak
ma‟naviyat – yengilmas kuch” asarida bu ulug„ siymo haqida bildirgan yuksak
e‟tirofidan lavhalar, mustaqillik yillarida uning nomiga ta‟sis etilgan orden,
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, sarkardaning Toshkent, Samarqand, Shahrisabzga
o„rnatilgan monumentlari kabi bunyodkorlik ishlari aks etgan slaydlarga o„rin
beriladi.
Mashg„ulot yakunida tarmoqlar usulidan foydalanib, fikr-mulohazalar
umumlashtiriladi.
Ma‟lumki, Alisher Navoiy ijodi umumiy o„rta ta‟lim maktablarining barcha
sinflarida o„quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, soddadan
murakkabga tomon tamoyili asosida o„rganiladi.
Mutafakkir umrbayoni bilan tanishish jarayonida o„quvchilar bolalik
chog„laridanoq kitobga o„zgacha mehr qo„ygan buyuk iste‟dod sohibi mutasavvuf
shoir Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini sevib mutolaa qilganligi, hatto
boshdan oxir yod olganligi, “Bir umr bu asar ta‟sirida yurib, hayotining so„ngida
unga “tarjuma rasmi bila” javob aytgan”ligi
2
, ya‟ni “Lison ut-tayr”dek chuqur
falsafiy bir dostonning dunyoga kelishiga zamin yaralganligi haqidagi
ma‟lumotlarga duch kelishadi.
Shuningdek, 5-sinfda tarixchi adib Mirkarim Osimning Navoiyga
bag„ishlangan “Zulmat ichra nur” qissasidan keltirilgan parchani o„rganishlari
davomida ham “Mantiq ut-tayr” yosh Alisher qalbini o„ziga tamomila rom
etganligi, allanechuk xayolparast, odamovi bo„lib qolgan o„g„lining ruhiyatidagi
o„zgarishlardan xavotirlangan ota-onasi bu kitobni o„qishni man etib, uni yashirib
qo„yganligi haqidagi lavhalar yuqoridagi ma‟lumotlarning badiiy talqini sifatida
o„quvchilar ko„z o„ngida gavdalanadi.
Tarjimai holi bayoni va “Qushlar tili”da tasvirlangan voqealar o„zaro
uyg„unlashib, bo„lajak shoir ruhiyatiga kuchli ta‟sir ko„rsatgan asar va uning
muallifi haqida o„quvchilarda qiziqish uyg„otishi, shubhasiz. Shuningdek,
o„quvchilarning Attor ijodini o„rganishga bo„lgan ishtiyoqini kuchaytirish borasida
1
Мuhammad Ali. Ulug„ saltanat. Birinchi kitob. Jahongir Mirzo. –Т.:Sharq
, 2003.
–
180-bet.
2
Ochilov E. Hikmat ma‟rifati (So„zboshi). Fariduddin Attor. Hikmatlar va hikoyatlar (Forsiydan Jamol Kamol
tarjimasi). –Т.: Мuharrir, 2010.
–
3-bet.
55
uning “Ilohiynoma” kitobida zikr etilgan quyidagi hikoyatni so„zlab berish orqali
ham ko„zlangan maqsadlarga erishish mumkin.
“Naql qilishlaricha, burungi o„tgan zamonda bir badavlat odam yashagan
ekan. U umr bo„yi yiqqan boyliklarini oltin tangalarga aylantirib, bir hamyonga
to„plab yurar ekan. Ittifoqo o„sha davlatmand vafot etibdi. Kunlardan bir kun
o„g„illari tush ko„rsa, otasi mushukka aylanib qolgan emish.
– Bu yerda nima qilib yuribsiz, sizni kim bu ko„yga soldi, otajon? – so„rabdi
o„g„li.
– Kimda kim dunyo moliga hirs qo„yib yig„sa, shu xasis mushuk
sichqonni poylagandek, boyligi atrofida sargardon yuradi, – debdi otasi. Shundan
so„ng o„g„illari otadan qolgan boylikni beva-bechoralaru, madrasa talabalariga
taqsimlab berib, nafsi ammorani cheklab, ishqi ilohiy yo„lida fidoiylik bilan riyozat
chekib yashay boshlabdilar
”1
.
Bunday usullarni qo„llash dars va sinfdan tashqari o„qish o„rtasidagi
uzviylik va izchillikni ta‟minlashga xizmat qiladi. O„qituvchi mashg„ulotlarni
o„quvchilarda tabiiy ravishda paydo bo„ladigan istak va moyilliklarni nazarda
tutgan holda rejalashtirishi zarur.
9-sinfda komil inson haqidagi nazariy ma‟lumotlar tasavvuf tushunchasini
izohlash orqali yanada kengroq yoritilgan
2
. O„quvchilar tasavvuf tushunchasi sir-
asrorlari bilan yaqindan tanishishlari uchun bu tariqatning mohiyati chuqur talqin
etilgan Farididdin Attor asarlariga murojaat qilinishi maqsadga muvofiq.
Taniqli olim I.Haqqul o„z tadqiqotlarida tasavvufning “bashariyat havas
qiladigan va qiziqadigan eng yorqin va ilg„or jihatlari yoki tamoyillarini qunt bilan
o„rganib, o„zlashtirish” zarurligi xususida atroflicha fikr yuritib, unga “ishtiyoq va
qiziqish millatning tafakkur rivoji, madaniy saviyasiga zarracha ham xalal
bermaydigan darajada keng va yuqori bo„lmog„i lozim”
3
ligini ta‟kidlaydi.
Mazkur talablardan kelib chiqib, mashg„ulotlarda axloqiy-ta‟limiy va
falsafiy mavzulardagi adabiyotlardan foydalanish ko„zda tutiladi. O„qituvchining
shoir hayoti va adabiy merosi, shuningdek, mustaqillik yillarida bu borada olib
borilgan tadqiqotlar, hikoyatlardan tarjimalar, chop etilgan maqolalar yuzasidan
yetarlicha xabardor bo„lishi o„quvchilarga zarur adabiyotlarni tavsiya qilishda
muhim sanaladi.
Adib ijodini o„rganishga bag„ishlangan snfdan tashqari o„qish mashg„uloti
Dostları ilə paylaş: |