Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


61 
II BOB 
 
ADABIY TAHLIL METODIKASI 
 
2.1-§. Adabiy ta‟lim jarayonida mustaqil mutolaa usullari
“Metod” so„zi yunoncha “metodos” so„zidan olingan bo„lib, “bilish yoki 
tadqiqot yo„li”, “nazariya”, “ta‟limot” kabi ma‟nolarni anglatadi.
1
Metodikaning 
(yunoncha “methodes”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish 
metodlarining, usullarining yig„indisi yoki o„qitish usullari haqidagi ta‟limot
2
ligi 
nazarda tutilsa, uni ta‟lim berish metodlari, yo„llari va vositalari haqidagi fan deya 
ta‟riflash mumkin. 
Didaktikada metod tushunchasi ta‟limning ikki yoqlama mazmunini 
ta‟minlovchi, o„qituvchi va o„quvchi o„rtasidagi o„zaro uzviy aloqa tizimi sifatida 
belgilanadi. Ammo metodika va unga yaqin bo„lgan boshqa fanlarda ta‟lim metodi 
biroz boshqacharoq tushunilishi, masalan, “o„zaro bir-birini taqozo etuvchi 
usullarning maqsadga yo„naltirilgan tizimi”, “o„quv jarayoni asosiy komponentlari 
amalga oshirilishi bilan bog„liq umumlashma model”, “o„quvchilarning bilish 
faoliyatini boshqarish usuli”, “o„qituvchi tomonidan tashkil etilgan o„quvchilar 
faoliyati usuli” kabi ko„rinishlarda talqin etilishi mumkin. Umumiy tarzda 
yondashilganda metod ta‟lim-tarbiya jarayonini maqsadli, tizimli amalga oshirishni 
tartibga soluvchi hamkorlik yo„li bo„lib, ta‟lim sifati natijalanishi bilan 
xarakterlanadi. 
Metod tushunchasiga tarixiy nuqtai nazardan qaralganda bu kategoriyaning 
ta‟lim maqsadi, mazmuni va shakliga qarab o„zgarib turishi kuzatiladi. Shu 
boisdan har bir tarixiy davrning ta‟lim metodlari haqida o„z tushunchasini ilgari 
surishini tabiiy hol deb tushunmoq kerak. 
Ta‟limning aqliy hujum, guruhlarda ishlash, rolli o„yin, taqdimot, klaster 
kabi ba‟zi zamonaviy usul va shakllarini ham metod deb yuritish odat tusiga 
kirgan. Aynan shu holat bunday “metod”larning stixiyali ravishda ko„payishiga 
olib keldi.
“Ta‟lim metodlari faqat ma‟lumotni qanday berishni belgilamaydi. Ular 
materialning tizimi va uni ayni shu yo„l bilan ishlashga tayyorlashni ham nazarda 
tutadi. Ya‟ni u o„quv materialiga singdirilgan bilimni o„quvchi o„zlashtira oladigan 
tarzda berishni, bolalarda bilim olish qobiliyatini rivojlantirishni ham qamrab 
olgan bo„lishi kerak”
3

Ko„pincha metodga o„qitish usullarning majmui sifatida qaraladi. Bunda 
usul metodning qismi, ayrim ko„rinishi, detali sifatida tushuniladi. Ammo metod 
va usul orasiga aniq chegara qo„yilmaydi. Negaki, agar usuldan doimiy ravishda 
1
O„zbekiston Milliy ensiklopediyasi. –Т.: “O„zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. 5-jild,
– 613-bet. 
2
O„zbek tilining izohli lug„ati. –Т.: “O„zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 2-jild, –
582-bet. 
3
Husanboyeva Q. Adabiyot – ma‟naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –Т.: Аlisher Navoiy nomidagi 
O„zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. – 62-bet.


62 
foydalanib, ta‟lim asosi qilib olinsa, u qonuniy metod darajasiga o„sib boradi. 
Metod tushunchasi “biror harakatni amalga oshirish yo„li, usuli yoki ko„rinishi” 
sifatida ham tavsiflanadi.
1
Adabiyot o„qitishda ma‟ruza, suhbat, ijodiy o„qish, reproduktiv, evristik
tadqiqot, ekskursiya, mustaqil ish metodlaridan keng foydalaniladi. Ilmiy metodik 
adabiyotlarda ijodiy o„qish, reproduktiv, evristik, tadqiqot kabi metodlar 
o„quvchilar faoliyati turi sifatida qaraladi. O„qituvchi va o„quvchi faoliyatining 
o„zaro aloqasi xususiyatiga ko„ra ko„rgazmali tushuntirish, ijodiy o„qish, 
reproduktiv va tadqiqot metodlariga taqsimlanadi. Tabiiyki, bu metodlarning 
barchasi alohida-alohida, sof holda qo„llanilmaydi. Mustaqil o„qishni tashkil 
etishda ulardan kompleks foydalanib kelinishi tabiiy zaruratdir. 
Adabiy ta‟lim metodlarini tasniflashga bunday yondashuvlar ularni umumiy 
(faqat adabiyotni emas, balki boshqa ko„pgina fanlarni o„qitish jarayonida ham 
qo„llanadi) va xususiy (faqat ma‟lum o„quv fanida qo„llanadi) fan metodlariga 
taqsimlash imkonini beradi.
Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida adabiy ta‟limning, asosan, ijodiy 
o„qish metodi qo„llaniladi va u kitobxonning asarni badiiy idrok etish jarayonini 
faollashtirishga xizmat qiladi. 
Adabiyotdan Davlat ta‟lim standartida ta‟lim oluvchilar “...badiiy matnni 
emotsional tarzda idrok etish va qabul qilishni, obrazli va analitik tafakkur va 
ijodiy fikrlashni, kitobxonlik madaniyatini, adabiyotning boshqa san‟at asarlari 
bilan yaqin va farqli jihatlari haqidagi tasavvurlarini, ularning og„zaki va yozma 
nutqlarini rivojlantirish”
2
kabi bajarilishi zarur vazifalar alohida belgilab qo„yilgan. 
Ijodiy o„qish metodi o„z ichiga o„qituvchi va badiiy so„z ustalarining ifodali 
o„qishi, sharhlab o„qish, suhbat, ijodiy topshiriq singari turli usullarni qamrab 
oladi. Ifodali o„qish, yod olish, reja tuzish, hikoya qilish, og„zaki tasvirlash
inssenirovka qilish, kinossenariy yozish kabilar ijodiy o„qish metodi doirasida 
o„quvchilar bajaradigan faoliyat turi hisoblanadi. 
O„qituvchi o„z ijodiy tajribasi va tashabbusiga tayanib yuqoridagi usullarni 
boyitishi mumkin. Agar o„qituvchi so„z san‟ati asoslarini egallamasa, 
o„quvchilarga ifodali o„qish ko„nikma va malakalarini singdira olmaydi. 
Binobarin, ifodali o„qish intonatsiya – ohang yordamida badiiy asarning g„oyasi va 
jozibasini to„g„ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilish mahoratini 
anglatadi.
Ifodali o„qishga asarning g„oyaviy-badiiy mazmunini idrok etish, 
munosabat bildirish, yozuvchining ifoda uslubini anglab yetish, o„z ovozi 
imkoniyatlaridan to„g„ri foydalana olish kabi talablar qo„yiladi.
O„qituvchining ifodali o„qishga tayyorgarligi quyidagicha bir necha 
bosqichda amalga oshiriladi:
– yozuvchi hayoti va ijodining o„ziga xos xususiyatlari, asarda aks etgan 
nuqtai nazari haqida ma‟lumotlar to„plash; 
1
Yo„ldoshev J., Usmonov S.А. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. – Т.: Fan va 
texnologiya, 2008. – 25-bet. 


63 
– badiiy asar tili ustida ishlash, tushunilishi qiyin so„zlarni belgilab olish;
– o„qish texnikasi ustida ishlash; 
– har bir epizod va alohida sahnalarni o„qishda o„quvchilar oldiga 
qo„yiladigan vazifalarni belgilab olish. 
Ifodali o„qish o„quvchilar tomonidan to„laqonli idrok etilishi uchun
qahramon roliga kirish; aks ettirilgan voqelikni o„z tasavvurida jonlantirish; matn 
mazmuniga nisbatan his-tuyg„ular uyg„ota olish talabiga ko„ra matndagi notanish 
so„zlarni izohlash; asarni qismlarga bo„lib o„qish, mazmunini tahlil qilish; 
ko„tarilgan muammoga munosabat bildirish kabi tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablaridagi ko„p yillik pedagogik faoliyatimiz 
davomida o„quvchilarni ifodali o„qishga o„rgatish murakkab jarayon bo„lib, asar 
janri, tavsif uslubi, yozuvchi nuqtai nazari bilan bog„liq usullarni qo„llash ijobiy 
samara beradi, degan xulosaga keldik.
O„qituvchining ifodali o„qishi o„quvchilar faoliyatida o„z aksini topishi 
uchun quyidagi usullarni qo„llash samarali hisoblanadi: 
– audio va video yozuvlar orqali yozuvchi yoki badiiy so„z ustalari 
tomonidan o„qilgan badiiy matnni tinglash; (Zulfiya, E.Vohidov, A.Oripov, 
O.Hojieva, 
O.Matjon, 
M.Yusuf, 
S.Sayyid, 
F.Afro„z, 
E.Shukurlarning 
radioeshittirish va teleko„rsatuvlarda o„qigan she‟rlaridan foydalanish mumkin).
– o„zaro bog„liq matnlarda nutqning to„g„ri ohangini ishlab chiqish 
(intonatsiya, marom, pauzalarni o„z o„rniga qo„yish, mantiqiy urg„ularni aniqlash); 
– ko„chirmalar, maqollar, matallar, aforizmlarni yoddan ifodali o„qishga 
o„rgatish; (televidenie orqali ko„rsatuvlar oralig„ida o„zbek xalq maqollari, iboralar 
ma‟nosi yuzasidan beriladigan sharhlardan foydalanish shaklida. Masalan, 5-sinfda 
maqollarga bag„ishlangan mashg„ulotlarda ko„chma ma‟no bu janrning yetakchi 
xususiyatlaridan biri ekanliliga e‟tibor qaratiladi. Jumladan, “Qatorda noring 
bo„lsa, yuking yerda qolmaydi” maqoli zamirida insonning sadoqatli do„stlari ko„p 
bo„lsa, ularning qo„llab-quvvatlashi, yordami bilan mushkullari oson bo„lishi, har 
qanday qiyinchilikni osonlikcha yengib o„tishi haqidagi fikr ilgari surilgan. Aslida 
ham shunday: katta karvon hamrohligida safarga chiqqan kishi ko„zlagan 
manziliga hech bir talofatsiz yetib olishi shubhasizligi o„z ma‟nosida qo„llangan.
Ifodali o„qishga o„rgatishning dastlabki bosqichida o„qituvchi ovoz 
xususiyati va sur‟ati haqida tushuncha berishi lozim. Matndagi ta‟kidlovchi
so„zlarni ajratib, intonatsiya bilan talaffuz qilish asarning g„oyaviy-obrazli 
mazmunini ifodalashda katta ahamiyatga ega. Bunda mantiqiy urg„uning o„rni 
muhim bo„lib, unga ovozni ko„tarish yoki pasaytirish orqali amal qilinadi. 
Mantiqiy urg„u matndagi g„azab, kesatiq, jirkanish, hurmat, samimiylik singari 
turli hissiy holatlarni ochishga yordam beradi.
Masalan, Omon Muxtorning “Navoiy va rassom Abulxayr” asaridan olingan 
parchalarni ifodali o„qishga o„rgatish jarayonida o„quvchi asarda aks ettirilgan 
jamiyat qiyofasi, inson taqdiriga mas‟ullik tuyg„usini anglashi kerak.
Mantiqiy 
urg„u asar ruhini his qilish, obrazlar ichki dunyosini yoritishga xizmat qilishi 
quyidagi parcha misolida ko„rib chiqiladi: 


64 
“Alisher o„z huzuriga boshi xam(mungli ovozda o„qib, qisqa pauza qilish) 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin