Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Sharhli o„qish. Sharhlab o„qish samaradorligi o„qituvchining darsga 
tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Bunday tayyorgarlik maqsadni aniqlash, 
matndan sharhlashni talab qiladigan so„zlar, iboralar, muammoli masalalarni 
belgilash, savol-javoblar asosida talqin etish kabi tizimni nazarda tutadi. Sharhlab 
o„qish aynan lug„at ustida ishlash emas, balki tarixiy, afsonaviy, sarguzasht, 
memuar, ba‟zan zamonaviy mavzudagi asarlarda uchraydigan izoh talab 
masalalarni o„z ichiga oladi.
O„quvchilar boshlang„ich sinf “O„qish”, “Odobnoma”, 5-sinf “Adabiyot”
darslarida odob-axloqqa doir hadis namunalari bilan tanishtirilib boriladi. Hadislar 
mavzusiga bag„ishlangan sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida o„quvchilarning 
yosh xususiyatlari Qur‟oni karim, hadis, muhaddis, vahiy, sahih, nosahih, roviy 
kabi ayrim so„zlar sharhlanishini taqozo etadi. Jumladan, forscha “payg„ambar” 
so„zi izohlanishi jarayonida “Islom e‟tiqodiga ko„ra xudoning xohish-irodasini
buyruqlarini insonlarga yetkazuvchi zot, nabi, rasul”
2
degan ma‟noni anglatishi, 
turli dinga mansub xalqlarning payg„ambarlari haqida batafsil ma‟lumot berilishi 
o„rinli hisoblanadi. Masalan:
Hadis – Qur‟ondan keyin turuvchi ikkinchi muqaddas manba. Insonni 
ezgulikka, komillikka eltuvchi ma‟naviy xazina sifatida qadrlanuvchi hadislarda 
Payg„ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va odatlari, diniy va 
axloqiy ko„nikmalari o„z aksini topgan. Ularda birodarlik, qarindoshlik, ota-ona va 
farzandlar haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof kabi insoniy 
fazilatlar targ„ib qilinadi. Shu bilan birga yolg„onchilik, manmanlik, adovat, zulm 
1
Karimov N. Hamid Olimjon. –T.: Sharq, 2013. –144-bet. 
2
Berdak Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug„ati. –T.: Sharq, 2010. – 315-bet. 


67 
kabi illatlar qoralanadi. Muhammad payg„ambar hayoti va hadislari insonlarga 
ibrat namunasidir.
O„qituvchi uchun adabiy materialni tanlash, lug„at bilan ishlash jarayonida 
notanish so„zlar va iboralarni tushuntirish ishlari ancha qiyinchilik tug„diradi. 
O„qituvchi o„quvchilar bilan asarni o„rganishning birinchi bosqichidayoq undagi 
ko„pgina muammolar haqida gaplashib olishga imkon tug„iladi. 
Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotining maqsadiga ko„ra sharhli o„qish 
chuqurlashtirish, umumlashtirish kabi turlarga bo„linishi mumkin.
Badiiy asar matnini o„rganish amaliyotida sharhning quyidagi turlari 
qo„llaniladi:
– lingvistik (notanish so„z va iboralarni izohlash); 
– tarixiy-maishiy (tarixiy fakt va voqealar bilan tanishtirish, nomlar va 
ismlarni, maishiy va etnografik tushunchalarni izohlash); 
– tarixiy-adabiy (davr va adabiy oqimlar tavsifi); 
– g„oyaviy-uslubiy (asarning obrazli va g„oyaviy-tematik tizimini kuzatish). 
Matnni o„qishdan oldin sharhlash usuliga murojaat qilish kirish mashg„uloti 
oldiga qo„yiladigan matnni idrok etishga tayyorgarlik bilan bog„liq vazifani 
bajaradi. O„qish jarayonida matnning g„oyaviy-badiiy jihatdan ahamiyatli bo„lgan 
ba‟zi detallari, asarning qanday sharoitda, qay tarzda yaratilgani o„qituvchining 
kirish so„zi sifatida qisqa sharhlanadi. Masalan, 9-sinfda O.Yoqubovning 
“Ulug„bek xazinasi” romani bilan tanishilayotganda muallifga turtki bo„lgan bir 
voqea, albatta, tilga olinishi zarur. Xotiralarda yodga olinishicha, Ulug„bek 
kutubxonasidagi kitoblar shogirdlari tomonidan Urgut tog„lariga yoki Shahrisabz 
yaqinidagi bir g„orga yashirilganligi taxmin qilingan maqola bilan tanishgan 
muallif “Samarqandga yo„l oladi. Go„ri Amir va Ulug„bek madrasalarining g„ira-
shira, nim qorong„u yo„laklarida kezadi, atoqli riyoziyotchi Qozizoda Rumiy va 
Ulug„bek navjuvon talabalariga saboq aytgan mashhur madrasaning ulkan, o„sha 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin