8-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini:
Oldingi tahrirga qarang. harbiy qismlarda, harbiy kemalarda ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda harbiy xizmatchilarning harbiy salom berishi — harbiy ustavlar bilan;
(8-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda) Oldingi tahrirga qarang. ichki ishlar organlarida ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning salom berishi — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari bilan belgilanadigan qoidalar bilan;
(8-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Oldingi tahrirga qarang. ta’lim muassasalarida ijro etish — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo‘yadigan qoidalar bilan tartibga solinadi.
(8-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-273-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda) 9-modda. Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika va xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishib turib belgilab qo‘yadigan qoidalarga muvofiq ijro etiladi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) Xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish marosimi xalqaro sport tashkilotlarining mavjud amaliyotini inobatga olgan holda belgilanadi.