Mustaqil rivojlantirish imkoniyatlari



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#167329
1   2   3   4   5
Axmedova Maloxat Ergashevna


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1363 
nuqtai nazardan yanada kengroq va sinchiklab o’rganish imkonini beradigan turli jihatlari 
va tarkibiy qismlari ajratib olingan va o’rganib chiqilgan. So’z bilan og’zaki ta’sir o’tkazish 
o’qituvchidan fikrlarni, Filologikqobilyat texnikasini, ijodkorlikni talab qiladi. Demak, 
kompetentlik – olingan bilimlarga asoslangan holda harakat qila olishlik demakdir. 
Namunalarga o’xshash harakatlarni ko’zda tutadigan “bilim, ko’nikma va malakalardan 
farqli o’laroq, nutqiy kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda mustaqil faoliyat 
tajribasini nazarda tutadi. Nutqiy kompetentlik – talabalarga filologik bilimlarni
amaliyotda qo’llay olishda samarali natija beradi. Qo’llash sohalari ularning maxsusligi va 
aniqligini belgilaydi (ingiliz, franso’z, nemis tillar bo’yicha). Pedagog-psixolog 
N.G.Vitkovskayaning ta’riflashicha, kompetentlik? qo’yilgan muammolarni hal etishga 
qaratilgan insonning ichki (bilim, ko’nikma va malakalari, ma’naviy sifatlari, psixologik 
xususiyatlari) va tashqi (moddiy-texnik, ijtimoiy) imkoniyatlarin safarbar qila olishga 
qodirligidir.
Psixologik nuqtai nazardan, A.K. Markovaning fikricha, kompetentlik muayyan 
insonning xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi bo’yicha insonning 
individual xarakteristikasi demakdir kasbiy pedagog N.A.Muslimov o’zining tadqiqot 
ishlarida o’qituvchining kasbiy kompetentligini shakllanganlik asosini oltita sifatlar, ya’ni 
motivatsion xislatlar (insonning butun hayoti davomida shakllanib, rivojlanib boruvchi 
tanlagan kasbiga bo’lgan ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni qamrab oladi), intellektual 
salohiyat (barcha rasmiy hujjatlar asosida o’qituvchi axborot va ma’lumotlarni uzatishga, 
bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi), irodaviy sifatlar (maqsadga 
intiluvchanlik, ichki va tashqi to’siqlarni, jismoniy va aqliy zo’riqishlarni yenga olishlik, o’zini 
tuta bilishlik va tashabbuskorlik xislatlari), amaliy ko’nikmalar (psixologik, pedagogik
metodik va texnik-texnologik qobiliyatlar, jamallar, talabaning faoliyat va muloqotining 
turli sohalaridagi ko’nikmalari), hissiy sifatlar (o’z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy 
malakalari shakllantirishi, o’zining aniq hislari (qahr, g’azab, bezovtalik, arazlash, hasad, 
hamdardlik, uyalish, mag’rurlik, qo’rqish, ko’ngilchanlik, muhabbat va boshqalar)ni 
boshqarishi hamda o’z hissiyholatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunishi) 
hamda o’z–o’zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga erishish vositalarini tanlashdagi 
erkinlik, vijdonlilik, o’z faoliyatiga tanqidiy yondoshuv, harakatlarning keng qamrovliligi va 
anglanganligi, o’z xulqini boshqalarniki bilan qiyoslab borishi, kelajakka ishonchi, o’z 
jismoniy va psixologik holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara olishi) sifatlari 
tashkil etishini ta’kidlab o’tadi. Demak, bir qator tadqiqotlarda bevosita tilshunoslarga xos 
kasbiy kompetentlik va uning o’ziga xos jihatlari o’rganilgan. 
Demak, ijodkor, kasbiy pedagog o‘z kasbining yetuk ustasi – ustoz pedagog, ma’lum 
filologik mahoratga ega shaxs hisoblanadi. Bo’lajak pedagog barcha vaziyatlarda ham o‘z 
faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun doimiy ravishda o‘z bilim va kompetentligini
oshirib, zamonaviy filologik va ilg‘or oliy filologik tajribalarni, metod va usullarni muntazam 
o‘rganib, kasbiy-filologik ijodkorligini rivojlantirib boradi. 


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin