MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
1. «PARVONA» xususiy korxonasi (XK) mahsulot ishlab chiqarish faoliyati
bilan shug‘ullanadi. Xususiy korxonada hisobot davri boshiga quyidagi aktivlari va
passivlari mavjud bo‘lgan:
Asosiy vositalar – 88 154 000 so‘m, Ustav kapitali – 45 850 000 so‘m,
Xaridorlardan olinadigan scho‘tlar -3 857 000 so‘m, Taqsimlanmagan foyda –
18 746 000 so‘m, Materiallar – 9 665 000 so‘m, Budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlar
– 8 552 000 so‘m, Boshqa kreditorlik qarzlari – 2 356 000 so‘m,
Davlatning
maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz – 3 767 000 so‘m, Idishlar –
1 000 000 so‘m, Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzdorlik – 3 500 000
so‘m, Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish – 29 669 000 so‘m, Qisqa muddatli
bank krediti – 60 000 000 so‘m, Kassadagi pul mablag‘lari – 1 000 so‘m, Mehnat
haqi bo‘yicha qarz – 4 800 000 so‘m, Hisob-kitob scho‘ti – 74 563 000 so‘m.
«PARVONA» XKda hisobot davrida quyidagi xo‘jalik
operatsiyalari sodir
bo‘lgan (shartli ravishda):
1. Boshqa kreditorlik qarzlari 2 356 000 so‘m 20xx yil 5-yanvarda hisob-kitob
scho‘tidan to‘lab berildi.
2. 20xx yil 7-yanvarda mol yetkazib beruvchilardan 3 000 000 so‘mlik
materiallar qabul qilindi.
3. 20xx yil 4-yanvarda ishlab chiqarishga 9 500 000 so‘mlik materiallar berildi.
4. Xaridorlardan 20xx yil 12-yanvarda hisob-kitob scho‘tiga 3 387 000 so‘m
sotilgan tayyor mahsulotlar uchun pul kelib tushdi
5. Xususiy korxonani budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlari 8 000 000 so‘m 20xx
yil 15-yanvarda tuman soliq inspeksiyasiga o‘tkazib berildi. Shuningdek, davlatning
maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz 3 500 000 so‘m ham shu sanada
o‘tkazib berildi.
6. Hisob-kitob scho‘tidan 20xx yil 18-yanvarda ish haqi uchun 4 800 000 so‘m
naqd pul olindi.
7. Kassadan to‘lov vedomostiga asosan 20xx yil 19-yanvarda 4 800 000 so‘m
ish haqi tarqatildi.
8. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga 20xx yil 15-yanvarda 1 500 000
so‘mlik bo‘nak berildi.
9. Ishlab
chiqarishda
ishlayotgan
ishchilarga
ish
haqi
hisoblandi
(28.01.20xx yil): 24 000 000 so‘m.
- hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq (12 %) hisoblandi – 2 880 000
so‘m;
- ishchilarga hisoblangan ish haqidan daromad solig‘i hisoblandi – 2 880 000
so‘m.