4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv.
Reja
4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi
4.2. Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish
xususiyatlari
4.3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob
4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish.
4.5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi
Tayanch so‘z va iboralar: aktiv schyotlar, analitik hisob, analitik hisob
schyotlari, aylanma vedomostlar, buxgalteriya hisobi schyotlari, balansdan
tashqari schyotlar, debet, balansli schyotlar, ikkiyoqlama yozuv, kredit,
kalkulyatsion schyotlar, kontraktiv schyotlar, kontrpassiv schyotlar, passiv
schyotlar, saldo, sintetik hisob, sintetik hisob schyotlari, taqqoslovchi schyotlar,
schyotlarning aylanmalari, schyotning shifri, taqsimlovchi schyotlar, xronologik
yozuv, tartibga soluvchi schyotlar
4.1. Buxgalteriya hisobi schyotlari, ularning tuzilishi va turkumlanishi
Korxonalarda ko‘p miqdorda xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lib, xo‘jalik
mablag‘lari doimo harakatda bo‘ladi. Korxonaga rahbarlik qilish uchun xo‘jalik
mablag‘larining harakati to‘g‘risida umumlashgan ma’lumotlarni olish talab
qilinadi. Bunday ma’lumotlarni balans yordamida olish mumkin emas.
Shuning
uchun bu maqsadda buxgalteriya hisobining schyotlari qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va
shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash
hamda nazorat qilish usulidir.
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki
ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan
joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim
turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
istalgan paytda olish
mumkin bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval
shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu
jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi.
“Debet” va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga
uning rivojlanish davri
boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir o‘rtasidagi
hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan.
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” degan
ma’noni bildiradi.