so‘mga
xarajatlar
ko‘payishi
so‘mga
xarajatlar
ko‘payishi
so‘mga
yoqilg‘i-
moylash
materiallari
kamayishi
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo‘jalik
operatsiyalari to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har
bir operatsiya bir xil summaga bitta schyotning debeti
va boshqa bir schyotning
kreditga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami,
hamma schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak.
Shunday tenglikning bo‘lmasligi schyotlarda xatoga yo‘l qo‘yilganligidan dalolat
beradi.
Har bir operatsiyani amalga oshirishda hisob siyosatida ikki tomonda yozuv
tizimidan foydalaniladi , bir tomoni debit boshqa tomoni kredit tomon hisoblanadi.
Bu yozuv tizimi ikkiyoqlama yozuv tizimi deb nomlanadi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi
juftlik holda hisobotda avtomatik tarzda balans aks etishiga yordam beradi.
Balansdagi qaydlar har bir debit yoki kredit ko‘rsatkichlarida
katta yoki kichik
qiymat sababli noto‘g‘ri qayd etilishi mumkin.
Ikkiyoqlama yozuv haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun hisobdagi debit va
kredit qoidalarini bilishimiz kerak. Debit ma’nosi kirim qilish yoki qabul qilingan
qiymat, kredit ma’nosi chiqim yoki berilgan qiymat.
Moliyaviy hisob uch turga boliinadi:
personal hisob, real hisob va nominal
hisob. Personal hisob o‘z ichiga boshqaruvchilar, iste’molchilar, ta’minotchilarga,
xaridorlarga o‘xshagan tabiiy individlarn bilan bog‘liq operatsiyalarni oladi. Moddiy
aktivlar real hisob tarkibiga, xarajatlar, daromad, foyda va zararlar nominal hisob
tarkibiga kiradi. Biznesdagi qaydlar har bir hisobda quyidagicha soddalashtirilgan
holda beriladi (jadval). Debit qabul qiluvchi va kredit
beruvchi personal hisobda ,
debit nima qbul qilingani va kredit nima chiqib ketgani real hisobda, debit barcha
xarajatlar va zararlar, kredit barcha daromadlar va
foyda nominal hisobda aks
ettiriladi.
Bu biznes operatsiyalarini ko‘rib chiqqandan so‘ng talabalar ikkiyoqlama
yozuv tushunchasiga ega bo‘ladi, va biznes operatsiyalari qayd qilinganda debit va
kredit qoidalarini o‘rganishadi.
Dostları ilə paylaş: