O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 -
sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya
hisobining Milliy
standarti (21-BHMS) «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik
faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ni
tasdiqladi va u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23
oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu standart, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk
shakllaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil
1-yanvardan boshlab ijro etila boshladi.
Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta’riflash
mumkin.
Yangi schyotlar rejasi jami bo‘lib 249 ta balansli va 14 ta balansdan tashqari
schyotlardan iborat bo‘lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan:
I.
Uzoq muddatli aktivlar;
II.
Joriy aktivlar;
III.
Majburiyatlar;
IV.
Joriy kapital;
V.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;
VI.
Balansdan tashqari schyotlar.
Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga
asosan moliyaviy
hisobotning I-shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning
shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot ( 2- shakl ) tuziladi.
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib
ko‘rsatilgan:
1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va
boshqa uzoq muddatli aktivlar;
2-bo‘lim. Tovar-moddiy zahiralar;
3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar - joriy
qismi;
4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi;
5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy
aktivlar;
6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar;
7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;
8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va
rezervlar;
9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar.
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos
kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos
keladi.
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa,
ikkinchi qismi to‘rt bo‘lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7)
bo‘limlardan, to‘rtinchi qism bir (8-bo‘lim) bo‘limdan va beshinchi qism bir (9-
bo‘lim) bo‘limdan iborat.
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan.
Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va
axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo
etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega.
Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir shaxsning
familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini anglatadi.
Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning
tayinlanishi va foydalanish
tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan
schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim subyektlar tomonidan
qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini
taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik bilan
belgilangan schyotlar rejasi,
ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona umumiy
qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar rejasini
tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar miqdori xo‘jalik
faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik
muomalalari hisobini
ta’minlashi kerak.
Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: