Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular


Kreditlarni olish uchun talablar



Yüklə 24,08 Kb.
səhifə2/4
tarix20.04.2022
ölçüsü24,08 Kb.
#55821
1   2   3   4
2 5240454966975403008

Kreditlarni olish uchun talablar:

“O`zbekistonning eng yangi tarixi” kursini o’qitish ta’limning kredit tizimi asosida ma’ruza, seminar mashg’ulotlari, taqdimotlar, hamda mavzu bo’yicha mustaqil topshiriqlarni o’z ichiga oladi. Mustaqil ish shaklida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha testni muvaffaqiyatli topshirishi kerak bo’ladi.

Fandan talabalarni baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida amalga oshiriladi.

Talaba yakuniy nazorat haftasiga qadar 5 ta mustaqil ish mavzusi bo’yicha, har bir mavzu 15 varoqdan kam bo’lmagan mustaqil ish yozishi va mavzu bo’yicha umumiy xulosalarini og’zaki bayon qilgan holda, topshirishi shart bo’ladi; Buning uchun talaba bajargan har bir mustaqil ishni 10 ballik mezonda baholanadi. 5 ta mustaqil ish bo’yicha talaba jami 50 ballik mezonda baholanadi.

Buning uchun talaba 5 ta mustaqil ish mavzusi bo’yicha, har bir mavzu 15 varoqdan kam bo’lmagan mustaqil ish yozishi va og’zaki bayon qilgan holda ma’ruza o’qituvchisiga topshirib, baholangan bo’lsa, yakuniy nazorat test topshirishga ruhsat beriladi, aks holda, 5 ta mustaqil ishni qayta topshirishgandan so’ng yakuniy nazorat testini topshirishga ruhsat beriladi;

Fan doirasida 1 marta yakuniy nazorat test asosida o’tkaziladi. YaN da talabaga 4 ta mavzu doirasida tuzilgan test savollari bo’yicha, jami 50 ballik mezonda test asosida baholanadi. Yakuniy nazorat testini kamida 30% ni bajargan talaba fanni o’zlashtirgan hisoblanadi va 4 kreditga ega bo’ladi.




Yüklə 24,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin