Mustaqil ta’lim


Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to‘lovchilar, soliqqa tortish obyekti, bazasi



Yüklə 245,39 Kb.
səhifə2/8
tarix16.12.2022
ölçüsü245,39 Kb.
#75459
1   2   3   4   5   6   7   8
Ayubov

1. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to‘lovchilar, soliqqa tortish obyekti, bazasi

Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to‘lovchilardir. Soliq solish obyekti va bazasi quyidagilardan iborat: 485 – Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilish soliq solish obyektidir; – Jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning natural holidagi realizatsiya qilingan hajmi soliq solinadigan bazadir. Ushbu soliq bo‘yicha soliq davri quyidagilardir: – mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun - yil choragi; – mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun - bir oy



TRANSPORT VOSITALARIGA BENZIN VA DIZEL YOQILGʻISI ISHLATGANLIK UCHUN OLINADIGAN SOLIQ STAVKALARI OSHIRILDI

Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi (27.12.2016 yildagi PQ-2699-son) Qarori bilan benzin va dizel yoqilgʻisi ishlatganlik uchun olinadigan soliqning yangi stavkalari tasdiqlandi.

Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash maqsadida transport vositalari uchun benzin va dizel yoqilgʻisi ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari oshirildi.


Soliq stavkalari quyidagicha:

  • benzin – 1 litr uchun 465 soʻm / 1 tonnaga 617 700 soʻm;

  • dizel yoqilgʻisi – 1 litr uchun 465 soʻm / 1 tonnaga 565 000 soʻm;

  • suyultirilgan gaz – 1 litr uchun 230 soʻm / 1 tonnaga 436 300 soʻm;

  • siqilgan gaz – kub.metr uchun 275 soʻm.

Benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoхobchalari orqali realizatsiya qilishda soliq 1 litr hisobida, boshqa hollarda esa 1 tonna hisobida hisoblab chiqariladi.
Eslatib oʻtamiz, 2016 yildan muayyan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilingan хom ashyodan хom ashyo egasiga qaytarib berish sharti asosida ishlab chiqarilgan neft mahsulotlari hajmining qoʻshilishi hisobiga soliq boʻyicha soliq solish bazasi kengaytirildi. Ushbu хoʻjalik sub’yektlari roʻyхati, shuningdek, ular tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi Moliya vazirligi va DSQ tomonidan belgilanadi.huquqini amalga oshirish to’g’risida boradi

Yüklə 245,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin