2.Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi, soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash tartibi
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning 2020- yilgi chegaralangan stavkalari Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq
quyidagicha belgilangan:
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi: 486 Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Soliq so‘mmasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: N = V x St, bu yerda N - hisoblab yozilgan soliq; V - jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yonilg‘isi yoki gazning natural ifodadagi hajmi; St – soliq stavkasi. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq so‘mmasi chakana narxga qo‘shimcha ravishda belgilanadi, sotib oluvchiga beriladigan chekda alohida qatorda ko‘rsatiladi hamda jismoniy shaxslardan realizatsiya qilinayotgan benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz uchun mablag‘larni olish bilan bir vaqtda undiriladi.
3. Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobini yuritish tartibi va uni to‘lash muddatlari
Jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning joriy o‘n kunlik to‘lovlar hisobga olingan holdagi hisob-kitobi yoqilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga: – mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda; – mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. Jismoniy shaxslarning transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni to‘lash 487 jismoniy shaxslarga transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz chakana realizasiya qilingan oyning o‘n kunligi tugaganidan keyingi uchinchi kunidan kechiktirmay, yoqilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan yerda har o‘n kunda amalga oshiriladi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk solig’i
2) er solig’i;
3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
4) ismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im;
yuridik shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish uchun yig’im
Dostları ilə paylaş: |