Bola : Qanday go’zal yurtimning , chamanzor bog’i .
Bizday kichkintoylarga ochiq quchog’i .
Bola : Biz esa shu gullarning toza gulimiz .
Quyosh sochar nur shu’la , porloq yuzimiz .
Bola : Yayraymiz biz chamanda , erkin qush misol .
Mustaqillik quyoshi berdi baxt – iqbol .
Bolalar “Bu senga Vatan “ qo’shigini ijro etib beradilar .
So’ng “ Bog’ ichida gul ochilibdi “ raqsiga qizlar o’yinga tushib beradilar .
Bola : Onamdek ardoqli , azizsan Vatan .
Sen menga qadrdon , tug’ilgan makon .
Men seni avaylab , asrayman xar choq .
Vijdonimdek toza , tushirmasdan dog’.
Bolalar “ Shodiyona “ fonogramma musiqa sadosi ostida raqs ijro etib beradilar.
Boshlovchi : Uzbekiston xalqi Vatanini juda sevadi . Bu tug’rida juda ko’p xikmat-
li so’zlar yozishgan . Qani bolalar Vatanimiz xaqida qanday xikmatli so’z-
larni bilasiz ?
Bola : Sevgan Vatanim xuddi tukqan onamdek .
Bola : Begona yurtda – bahor xam go’zal emas .
Bola : Kishi Vatansiz , bulbul qo’shiqsizdek .
--- 1 ---
Bola : Yashash – Vatanga xizmat qilish .
Bolalar “ Xorzmcha “ raqsga tushib beradilar .
Eshikdan yelkasida xurjun, qo’lida childirma bilan Afandi kirib keladi va to’g’riga o’tib, befarq ketaveradi .
Boshlovchi : - Hoy , hoy afandim to’xtang !
Afandi : Ha , bir oz sayr qilgani chiqqan edim , bolalarning ovozini eshitib
Shu yoqqa burildim . Bu yerda nima bo’lyapti o’zi ?
Boshlovchi : Assalomu alaykum . Xush kelibsiz , afandim ! Bu yerda katta shodiyona
bo’lyapti . Vatanimizning Mukstaqillik to’yini nishonlayapmiz . Marhamat
o’tiring ,mehmonimiz bo’ling . Bizlar esa baxtli bolalikni kuylab , Vata-
nimizni sharaflaymiz .
Bola : Mehmon qilar bobo – dehqon ,
Saxro cho’llar bog’u – bo’ston ,
Ana shunday gul – guliston ,
Mening yurtim O’zbekiston .
Dostları ilə paylaş: |