Bolalar “ Vatanim “ musiqiy fonogrammasiga raqs tushib beradilar .
Boshlovchi : Nasriddin Afandi , mana siz bolalarimizning aytgan she’r va qo’shiq-
larini tingladingiz . Raqsga tushganlarini ko’rdingiz . Siz juda ko’p sa-
farlarda bo’lasiz. Qayerda bo’lganingiz , nimalarni ko’rganingiz haqida
bizlarga so’zlab bersangiz ?
Afandi : E... shundaymi ! Xo’p bo’lmasa , Surxondaryoga borganimdan boshlayman .
Bilasizlarmi Surxonlik bolalar judayam xushchaqchaq ekan . Ular qiziq –
qiziq o’yinlar o’ynashar ekan . Kelinglar birgalikda ularning o’yinlari-
dan o’ynaymiz .
Bolalar “ Xurmacha bog’i “ o’yinini o’ynabberadilar .
Boshlovchi : Judayam ham qiziq o’yin ekan .Sayrga chiqqanimizda yana o’ynaymiz .
Afandi : Undan keyinchi , bolalar, Farg’onaga o’tdim . Uyerdagi bolalar juda
askiya aytishuviga usta ekanlar .Mana o’zingiz eshiting !