Mustaqillik bayrami uchun sherlar toplami (by_Ilkham)
Do'ppingizni ko'kka oting,
Orzu osmoniga yeting.
Ozod yurtni obod eting,
Bugungi kun baxtdan darak,
Mustaqillik kun muborak.
Madh etgancha sho'x ovozing
Qadamlarni dadil bosing,
Parvoz uzra, qanot yozing.
Yoshlardur buyuk kelajak,
Mustaqillik kun muborak.
O'zbek eli o'ziga bek,
Yaxshi yomon kunlar ko'rdik.
Baxt ostonasiga keldik
Bugungi kun eltar ko'prik,
Mustaqillik kun muborak.
Muallif: Xudoyberdi To'ychiyev
…
1-o‘quvchi:
Xumo qushi- baxt qushi,
Bobom, momom xoxishi
Qo‘nding xalqim boshiga
Mamnun shodon har kishi.
2-o‘quvchi:
Kulib boqdi istiqlol,
Kutar porloq istiqbol.
Qanotlaring tillomi
Keltirding mangu iqbol.
3-o‘quvchi:
Boshda xumo qushimiz,
Izga qaytdi xushimiz.
yoshimi
Tenglar ichra teng bo‘ldik.
Ko‘zda sevinch yoshimiz.
4-o‘quvchi:
Mustaqillik orzumiz
Qismatdan xo‘p rozimiz.
Bek yurtning beklarimiz
Yayrasin kuy sozimiz.
…
1-o‘quvchi: Bobolarim bor mening
Nomi dunyoga mashxur.
Ibn Sino, Ulug‘bek,
Temur, Navoiy, Bobur.
2-o‘quvchi: Yurtni sevmoq bizlarga
Payg‘ambardan merosdir.
Jo‘mardlik, bag‘ri kenglik-
O‘zbek eliga xosdir.
……
O‘quvchilar shoir Jumaniyoz Jabborovning “Istiqlol”nomli she’rini o‘qishadi.
1-o‘quvchi: Mustaqillik ne demak,
Ne demakdir istiqlol?
Buni bilmog‘ing kerak,
Ma’nosini dilga …..
2-o‘quvchi: O‘z yurting – yer, samosi.
Shahri gulshan ma’vosi.
Tongda esgan sabosi,
Tog‘i, bog‘i, daryosi
Endi o‘z molu mulkining,
O‘z qo‘lingda o‘z erkining.
3-o‘quvchi: Yurting nurga belanib,
Ko‘rinmaydir ko‘zinga,
Barcha oltin-gavxaring,
Buyursin-a o‘zinga
4-o‘quvchi: Endi o‘zingga bog‘liq,
Ne ekib ne o‘rmog‘ing.
Olqishlar seni borliq,
Zarur erur bilmog‘ing.
5-o‘quvchi: G‘ururing solib dilga,
Tezroq ulg‘ay top kamol.
Erka farzandsan elga
Senikidir istiqlol.
Dostları ilə paylaş: |