Mustaqillik erishish arafasida O\'zbekistonda ijtiomoiy siyosiy jarayonlar
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy mexanizmlarini chuqurlashtirish
Ijtimoiy madaniy omillar ijtimoiy ishning mohiyati va turini belgilab beradi, ijtimoiy istiqbollarni hamda ijtimoiy ish modellarining turli xil toifalarini ochib beradi. Ijtimoiy ish o’z shakllari bo’yicha serqirra bo’lib, mutaxassislar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: boshqaruvchilik darajasidagi ijtimoiy ishchilar, oila bilan ishlovchi mutaxassislar, bola rivojlanishi bo’yicha mutaxassislar, individ yoki guruh bilan ishlash bo’yicha psixoterapevtik va psixologik usullarga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy xizmat va agentliklar, boshpana (priyutlar), internatlar ijtimoiy ishchilari, tibbiyot muassasalari tizimidagi ijtimoiy ishchilar, nogironlar bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar, mehnat bandligi va migratsiyasi xizmati ijtimoiy ishchilari, armiyadagi ofitser-ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy pedagoglar – ro’yxatni davom ettirish ham mumkin […]Ijtimoiy ishchi faoliyati turlarini sanab ko’rsatamiz: moliyaviy yordam, bandlik, ko’nikmalarga o’rgatish, ruhiy sog’lomlik bo’yicha jamoatchilik markazlari, oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar bilan ta’minlash, tibbiy yordam, ijtimoiy ko’mak, huquqlarining himoyalanishi, kommunal rejalashtirish, shuningdek o’zini mustaqil ravishda himoya qilolmaydigan insonlar nomidan himoyalash. Bu ro’yxat, albatta, to’la emas. Lekin u ijtimoiy ish xizmatining jamiyatni turli darajada mavjud bo’lgan ijtimoiy ishning − resurs va imkoniyatlari kamaygan immigrantlar, qochoqlar, jamiyatdagi ozchilikni tashkil etuvchi millat vakillari, yokiirqiy va boshqa sabab tufayli kamsitilish jabrdiydalari; − ishsizlar va ularning oilalari; − jismoniy va ruhiy rivojlanishi mavjud bolalar va kattalar hamda ularning oilalari; − doimiy qarovga muhtoj bo’lgan qariyalar; − o’z muammolarini mustaqil ravishda xal eta olmaydigan migrantlar va ko’chib o’tganlar; − maktabdagi ta’lim bilan bog’liq muammolarga ega bo’lgan bolalar va ularning oilalari; − ljarohatlar yoki ular hayotidagi muhim hodisalar (nafaqaga chiqish, yaqin insoning o’limi) bilan bog’liq kuchli stressni kechirayotgan insonalar, uyidan qochadigan bolalar va boshqalar. Ijtimoiy ij mijozi degan tushunchaning mohiyatini tushunish uchun mazkur tushunchaning ikki semantik darajada rivojlanish jarayonini tushunish lozim: birinchi darajasi o’z ichiga jamiyat va uning instituti tushunchasini o’z ichiga olsa, ikkinchisi alohida ijtimoiy-psixologik vaziyat dinamikasini ochib beradi. Mijoz (clienthood), bir tomondan ijtimoiy ishchiga yordam so’rab murojaat etgan va yordam ko’rsatilayotgan individ, oila insonlar guruhi bo’lsa, boshqa tomondan mijoz deb ataladigan insonning ijtimoiy-psixologik xolati tushuniladi. Professional yordam ko’rsatilayotgan insonlarning marginal xolati bilan aniqlangan bu xolat, odatda bola, katta yoshdagi inson, oila, guruh, jamiyat hayotidagi krizis vaziyat bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Insonning yordam olishiga bo’lgan huquqini e’tirof etgan holda bu xolat mijozning ijtimoiy ishchi bilan kelishuvini har ikki tomonning chiqib keta olmas doirasiga aylantirib yuborish imkoniga ega bo’lgan “Men” obrazining ambivalentligi bilan tavsiflanib, o’z muammosini mustaqil ravishda yecha olmasligini har doim isbotlayotgan iste’molchining alohida ijtimoiy mavqe’i sifatida aks etadi. Mijozning ijtimoiy mavqe’ining belgilanishida ijtimoiy ishning ekologik modeli sezilarli o’zgartirishlar kiritilishiga olib keladi, unda mijoz ijtimoiy xizmatlarning buyurtmachisi sifatida ularning iste’molchilaridan va ushbu ta’sir yo’naltirilgan shaxslardan farq qilishi mumkin. (Pinkus, Minaxanga qarang, 1993). Mazkur tushunchalar tizimi nuqtai nazari bo’yicha maktab ijtimoiy ishchisi yoki uning tibbiy xodimi bo’lishi mumkin, ijtimoiy xizmatlar iste’molchisi va harakatlar mo’ljali sifatida esa – aksentual xulq-atvorni namoyon etayotgan bolaning oilasi tushuniladi. Mazkur misol Shvesiyadagi bolalar va o’spirinlar uchun psixiatrik poliklinikasining amaliy tajribasidan olingan bo’lib, bunda oila ta’sir ko’rsatish va xizmatlarni oluvchisi hisoblanadi. Poliklinikaga yo’llanma (remis) maktab, maktabgacha ta’lim muasasasi yoki tuman ijtimoiy byurosi ijtimoiy ishchisi tomonidan tuziladi. Xizmatlar ko’rsatilayotgan shaxslarda mijozning ijtimoiy ishchi bilan o’zaro ijtimoiy munosabatlarini tadqiq etishning bir usuli sifatida murakkablashib boruvchi tahlil usulini qo’llagan holda mijozlilikning xissiy imkoniyatlari va ijtimoiy-psixologik mohiyati haqida tasavvurlarini rivojlantirish mumkin. Bunda intervyuni shunday shakllantirish kerakki, toki uni yordamida mijozlilikning ekzistensional fenomeni haqida ma’lumot olish hamda maslahat berish, terapiya va kasbiy yordam amaliyotidagi salbiy va ijobiy tajribani tahlil qila olish imkoni bo’lsin. Mijozlilikning dastlabki tushunchasi bilan cheklangan holda mazkur hodisaning ijtimoiy tavsifiga alohida e’tibor qaratamiz. Bir tomondan ko’pgina man’anaviy qadriyatlarning buzilishiga olib kelgan sobiq Sovet hududi jamiyatining global ijtimoiy-iqtisodiy krizisi ishsiz, uysiz insonlar, qochoqlar sonining ortishiga olib kelmoqda. Bu o’z o’rnida oilaning kabi boshqa ijtimoiy institutlar barqarorligining buzilishiga va insonlar ruhiy hamda somatik sog’lig’i buzilishining ortishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Shu asnoda butun bir ijtimoiy guruh va mamlakatlarni ijtimoiy ish mijozi toifasiga kiritib qo’ymoqda. Boshqa tomondan esa ijtimoiy qadriyatlarning insonparvarlashuvi jamiyatdagi har bir insonning turli xil ijtimoiy va individual ehtiyojlarining qondirilishiga yo’naltirilgan xizmatlarning rivojlanishiga olib keladi. Shunday qilib, ijtimoiy ishda mijozlilk tushunchasini belgilash uchun mazkur tushunchaning ikki darajada rivojlanishi jarayonini tushunmoq zarur. Mijozlar – bu 1rdam ko’rsatilayotgan individ, oila, bir guruh insonlar hisoblanadi. Ular bir tomondan ijtimoiy ishchiga xizmatlar uchun buyurtma bersa, ikinchi tomondan alohida ijtimoiy-psixologik holatga tushib qoladilar. Bunday holat, odatda, bola, yoshi katta inson, oila, guruh, jamiyat hayotidagi krizis vaziyat bilan chambarchas bog’liqdir. Tarixan ijtimoiy ish insonlar va guruhlar orasida mavjud adolatsizlik bilan kurashishga qaratilgan. Ijtimoiy ish gumanitar va demokratik g’oyalar asosida rivojlanib, u diskriminatsiya va resurslarning adolatsiz taqsimlanishiga qarshi kurashga chorlagan. Adolatsizlikka qarshi kurashishga chorlash va demokratik g’oyalarning ilgari surilishi kabi asosiy holatlar bugungi kundagi ahloqiy kodeksning bir qismini tashkil etadi (NASW 1996). Ijtimoiy ish nafaqat inson (yoki guruhdagi insonlar) balki uning atrofidagi ijtimoiy muhitga yo’naltirilgan bo’lib, bunda uning atrofidagi ijtimoiy muhit inson ehtiyojlari qondirilishida katta ahamiyatga ega ekanligini tan oladi (Compton i Galaway 1994; Kirst-Ashman i Hull 1993; Germain i Gitterman 1996). Ijtimoiy ishchilar nafaqat alohida insonlarga yordam ko’rstaishga harakat qiladilar, balki yanada kengroq global darajada o’zgarishlarga erishishga intilishadi (Goldstein 1992). Mazkur ikki tomonlama e’tiborning mavjudligi ijtimoiy ishchini boshqa yordamchi kasblardan, masalan, insoniy ehtiyojlar bilan bog’liq faoliyat bilan shug’ullanuvchi, biroq mazkur ehtiyojlar qondirilishini hal etishda tashqi qarshiliklarga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga ega bo’lmagan psixologiya va tibbiyotdan farqlanadi. Ijtimoiy ish himoyaga muhtoj aholi guruhlariga yordam ko’rsatishga qaratilgan bo’lib, unda intervensiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur intervensiyalar inson huquqlari sohasi bilan chambarchas bog’liqdir. Ijtimoiy ishdagi asosiy intervensiyalar Ijtimoiy ishda ijtimoiy ishchilar uchun bir qancha intervensiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular mazkur kasbning ikki yo’nalishini, ya’ni alohida insonlarga yordam ko’rsatish va global o’zgarishlarga erishishga urinishlarini qo’llabquvvatlashga yordam beradi. Mazkur intervensiyalar jabr-zulmga qarshi kurashib, imkoniyatlar berish, kuchli tomonlar istiqbolini nazarda tutadi. Ushbu intervensiyalarni tushunish orqali ijtimoiy ishchilar o’z kasbining inson huquqlari mavzusi bilan aloqasini oson belgilab olish imkoniga ega bo’ladilar. Jabr-zulmga qarshi kurashishga da’vat […] Jabr-zulm ko’rish alohida inson yoki guruhlarga nisbatan o’z vakolatidan noto’g’ri foydalanish yoki adolatsiz hukmronlik bilan bog’liqdir. Jabrzulmning turli xil shakllari mavjud bo’lib, u irqiy, etnik, sinfiy va jinsiy mansublik, yosh va jinsiy yo’nalganlik kabilarga asoslanadi. Jabr-zulmning har qanday shakli o’zining nohaq munosabati turini va teng bo’lmagan kuchlar tizimini hosil qilib, jabr-zulmning mazkur turining mavjud bo’lishi va davom etishi uchun imkoniyat yaratadi. […] Muntazam ravishda zulmga tortilish, tashqi zulmkorning ko’rsatayotgan ta’siri inson yoki bir guruh insonlar tomonidan o’zining salbiy obrazini o’zlashtirilishi barobarida zulmni o’zlashtirib olinishiga ham olib kelishi mumkin. Insonlar ko’pincha bu kabi o’zlashtirilgan zulmga qarshi jahl va g’azab bilan munosabatda bo’ladilar. Bu kabi g’azabning inson ongidan o’rin egallashi o’zini badnom etuvchi yoki boshqa insonlarga nisbatan destruktiv ta’sir ko’rsatuvchi xulqning shakllanishiga olib kelishi mumkin (Shulman, 1999). Ijtimoiy ishchilar zulmni keltirib chiqaruvchi va qo’llab-quvvatlovchi individual va ijtimoiy munosabatlarni aniqlashi hamda qoralashlari zarur (Pinderhugb.es 1989). […] Imkoniyatlar berish Ijtimoiy ishchilar tomonidan qo’llaniladigan va inson huquqlari bilan bog’liq bo’lgan intervensiyaning boshqa turi bu imkoniyatlar berishdir. Intervensiyaning ushbu turi etnik, sinfiy mansubliligi, yoshi, kelib chiqishi, dini va jinsiy yo’nalganligidan kelib chiqqan holda differensial munosabatda bo’lishga ta’sir etuvchi sharoit va holatlarni tadqiq etilishiga qaratilgan. Bunday intervensiya mohiyati bo’yicha individual yoki guruhiy zulm vaziyatiga javoban munosabatda bo’lishni da’vat etadi (Saleebey, 2002). Imkoniyatlar berish jamiyatda insonga nisbatan qanday munosabatda bo’linishiga, shuningdek insonning o’zi resurs va hokimiyatdan qanchalik foydalana olishiga asoslanadi. (Cowger 1994; Roche i Dewees 2001). Teng bo’lmagan kuchga ega bo’lgan tuzilmalarning kamaytirilishi shu turdagi intervensiya uchun yo’l ochib beradigan hamda fundamental asosni shakllantiradi (Solomon 1976; Gutierrez 1990; Lee 1994; Simon 1994). Imkoniyatlar berish ikki o’zaro bog’liq va interfaol dinamik jarayonlar bilan tavsiflanadi (Cowger 1994). Shaxsiy planda mijozning yordam jarayoniga yo’nalishi barobarida o’z shaxsiy hayoti yuzasidan ma’suliyat va nazoratni o’z zimmasiga olishi orqali yangi vaziyatga qanday munosabat bilan qarashga o’rganadi, shu bilan hayotiy vaziyatining yaxshilanilishi natijasida o’zlariga “mukofot” tariqasida yangi xulq shakllarini o’zlashtiradilar, bu holat o’z mavqe’ini belgilashning klinik mohiyatini eslatadi (Cowger 1994:263). Bularning barchasi imkoniyatlarga egalik bilan bog’liqdir, chunki ularsiz o’z mavqe’ini belgilash bir muncha murakkab kechardi. Masalan, agarda inson tibbiy xizmat olish va bu xizmat haqini to’lash uchun iqtisodiy imkoniyatga ega bo’lmasa, u taqdirda bu insonga munosib tibbiy parvarish olish bilan bog’liq ehtiyojini qondirish birmuncha qiyinchilik uyg’otadi. Ijtimoiy jihatdan vakolatlarga ega bo’lish dinamikasi insonning tavsifi u yashayotgan sharoit kontekstidan ayri bo’lishi mumkin emasligini taqozo etadi (Cowger 1994). Inson hulqi va uning o’ziga xos xususiyatlari boshqa insonlarning ijtimoiy faollikdagi xulqi va xususiyatlari bilan bog’liq (Falck 1988). o’z tashqi ijtimoiy muhitida ahamiyatli rollardan biriga ega bo’lish uchun resurs hamda imkoniyatlarga ega bo’lgan inson o’ziga kerakli bo’lgan natijalarga shunchalik oson erishishi mumkin bo’ladi.