2. Agrar soha mutaxassislarini tayyorlashda milliy tajriba va xorijiy aloqalar. Bugungi kunda agrar sohada salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi va hali bu borada qator muammolar borligi barchaga ayon. Agrar sohada zamonaviy fan texnikani puxta biladigan trener-o‘qituvchilarni tayyorlovchi maxsus kurslarning muttasil ishlab turganligiga qaramay, yuqorida ko‘rsatilgan o‘qitish tizimlarida mahoratli, bilimli pedagog kadrlarning yetishmasligi ham dolzarb muammolardan biridir. Shu boisdan yoshlarning agrar sohada biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi qabul qilindi. Shuningdek, «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida ularning oila a’zolariga issiqxona tashkil etish, qoramol, parranda sotib olish va tadbirkorlik faoliyati uchun 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 7 % stavkasi miqdorida kreditlar ajratilishi o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini oshirishga xizmat qiladi.
3. Qishloq xo’jaligini intensiv rijojlantirishda xorijiy tajriba va hamkorliklar. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga to‘la ishonch bilan o‘tib, iqtisodiy salohiyati tobora yuksalib bormoqda. Keyingi ikki yilda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahnamoligida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, zamonaviy biznes infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizdagi makroiqtisodiy barqarorlik va qulay sarmoyaviy muhit ta’sirida eng rivojlangan davlatlar, nufuzli moliya muassasalari mamlakatimiz bilan hamkorlik qilmoqda. Buning samarasi o‘laroq yangi, zamonaviy korxonalar bunyod etilmoqda, milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib bormoqda va uning ko‘pgina sohalarida barqaror o‘sishga erishish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, jumladan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy sohalarda ko‘zga ko‘rinarli, sezilari qator ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.Agrar islohatlarga ustunlik berildi. Chunki, respublikaaholisining62foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo‘jaligida YaIMning 30 foizi, mamlakat valuta tushumlarining 55 foizi shakllanardi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni tashkil qilmoqda. Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shimcha ravishda 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.
Qishloqda xo‘jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo‘jalik yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnatqildi.Biroqshirkatxo‘jaliklarihamo‘zini oqlamadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhum yo‘nalishlari to‘grisida»gi Farmonida agrar islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi. Farmonga binoan 2003–2007-yillarda shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etildi1. 2007–2008-yillarda paxtachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi.
Qishloqlarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllantirildi. Dehqon xo‘jaligi – bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig‘iga umrbod meros qilib berildi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnat asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakatimizda 3,5 millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat bilan band bo‘ldi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish subektlariga aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylandi.
Mustaqillik yillarida mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mamlakat qishloq xo‘jaligida agrar islohotlar amalga oshirildi. Qishloqda amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli xo‘jaliklar shakllantirildi. 1990-yilda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82%, kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50%, sut va sut mahsulotlarining 60 foizi chetdan keltirilar edi. 1991–2000-yillarda qishloqda amalga oshirilgan tub agrar islohotlar O‘zbekiston qishloq hayotini yangi shakl va tizimga o‘zgartirib yubordi. Mamlakatda suv tanqisligi hisobga olinib, 1998-yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sug‘orish usuli, Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Shuningdek, O‘zbekiston kanop, tamaki yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi o’rinlarda turadi. Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yildagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% ini xususiy sektor bera boshladi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fermer xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini tashkil etdi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon (fermer) xo‘jaligi to‘g‘risida” qonunning qabul qilinishi uning dastlabki bosqichini belgilab berdi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi mazkur sohaning to‘laqonli rivojlanishi uchun huquqiy asos bo‘ldi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakat rahbariyati oziq-ovqat muammosini o‘z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don mustaqilligini ta’minlash masalasini kun tartibiga qat’iy vazifa qilib qo‘ydi. Mamlakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada oziq-ovqat xavfsizligi, g‘alla mustaqilligi ta’minlandi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 2003–2009-yillarda 801,5 ming AQSh dollari qiymatidagi 21 ta loyiha amalga oshirildi. Amalga oshirilgan bunday tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi birmuncha oshdi, fermer xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish imkoniyati kengaydi.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida bu sohada zamonaviy sug‘orish tizimlari va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari ishlab chiqildi.
2008–2012-yillarda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi doirasida umumiy uzunligi 10 ming 500 kilometrdan ziyod xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida jami 60 milliard so‘mga yaqin ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi. 2008-yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million 500 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi, yerosti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash mazkur soha tarmoqlarining samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. 2010-yili respublika rahbarining ashabbusi bilan Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelingan, intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos, shaftoli ko‘chatlari, asosan Toshkent va Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari maydonlariga ekildi. Bunday bog‘larni yildan yilga kengaytirish, ularni dehqon fermer xo‘jaliklarida barpo etish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 2017-yil holatiga ko‘ra Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan ortiq maydonda mana shunday intensiv bog‘lar barpo qilingan. Hozirda yetishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki Yevropa mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.