O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, fan va innovatsiyalar VAZIRLIGI
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
QISHLOQ XO’JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI TA’LIM YO’NALISHI
1-BOSQICH 105-GURUH TALABASI
Matniyoz SafaevNING
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGRAR SOHADA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR. Reja: 1. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan islohotlar. Mulkchilikning yangi shakllarining vujudga kelishi. Fermer xo’jaliklarining tashkil etilishi.
2. Agrar soha mutaxassislarini tayyorlashda milliy tajriba va xorijiy aloqalar.
3. Qishloq xo’jaligini intensiv rijojlantirishda xorijiy tajriba va hamkorliklar.
4. O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligi va agrar sohani rivojlantirish uchun qabul qilingan qonunchilik normalari va ularning ahamiyati.
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar. Mulkchilikning yangi shakllarining vujudga kelishi. Fermer xo’jaliklarining tashkil etilishi.
Qishloq xo‘jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xo‘jaliklari tugatilib, jamoa, shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xo‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshlandi. Agar mamlaktimizda fermerlik harakatining shakllanish tarixi va rivojlanishiga murojaat qilinsa, fermerlikni shakllantirish chorvachilik sohasi islohotlaridan boshlangan edi. Yaqin tariximizda bu borada chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martdagi «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1994-yil 23-fevralda «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari to‘g‘risida», 1995-yil 24-martdagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab – quvvatlash chora – tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qarorlarga ko‘ra, 1995-yilda jamoa xo‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Ushbu davrda agrar soha fermerlik yo‘nalishining shakllanishida davlat tasarrufidagi qo‘y, echki, qoramollar, yiliqi, tuya kabi hayvonlarni fermerlarga bo‘lib berish, davlat mulkchiligini tugatish, ularni xususiylashtirishga katta e’tibor qaratildi. Natijada 1990-yilda respulikada bironta ham fermer xo‘jaligi faoliyat yuritmagan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining xo‘jalik shakllari bo‘yicha taqsimlanishiga e’tibor qaratilib, 2000-yilga kelib ular tasarrufidagi yerlar 632,2 ming gektarga, 2010-yilga kelib esa 3 mln. 143 ming gektarga etgan. Vaholanki 1990-yilda O‘zbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xo‘jaliklar maxsus shirkatlar, qorako‘lchilik fermalariga tegishli yer maydonlari 3 mln 974 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning yerlari fermer xo‘jaliklariga bo‘lib berilib, o‘sha qishloq xo‘jalik korxonalarining yirklashtirilishi natijasida 2010-yilda umumiy yer maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan yoki dotatsiyaga tushgan xo‘jaliklar erlari 93 ming 900 gektarga kamaytirilgan edi. 2000-yilllardan boshlab agrar sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi barqaror va muntazam tus oldi. Fermer xo‘jaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va 2003-yil 27-oktyabrdagi «2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Prezident Farmonida batafsil yoritib berilgan. Agar 2001-yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining soni 55445 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 189235 birlikka yetgan, yoki 3,4 baravar oshgan. Xo‘jaliklar sonining tahlil davridagi o‘rtacha yillik o‘sishi 40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 ta shirkat xo‘jaligi negizida 22 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi. Respublikamizda fermerlikning kelgusidagi rivojlanishi va yangi imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar 2000-yillar oxiriga to‘g‘ri keladi. Puxta o‘ylangan dastur asosida 2008-2010 yillar davomida o‘tkazilgan maqbullashtirish jarayoni natijalariga ko‘ra fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari hajmi kamaytirildi. Amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida, 2011-yil yakuniga ko‘ra, respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4 foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yer maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi. O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydonini tarmoqlar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda 106,3 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish hajmining o‘sishi o‘rtacha 6-7 foizdan kam bo‘lmagan. Birgina 2015-yilda dalalardan 7.3 million tonnadan ortiq don, 12,8 mln tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki million tonna poliz mahsulotlari, qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan ziyod uzum mahsulotlari yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi 2014-yilga nisbatan 106,7, sut ishlab chiqarish 107,1 tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil etdi. Bu qishloq mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan mehnatlari samarasidir. 2017-yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer ho‘jaliklari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36 mingdan ortig‘i ko‘p tarmoqli yirik sub’ektlarga aylandi. Buning quvonarli jihati shundaki, ayni paytda ular faqatgina dehqonchilik yoki chorvachilik bilan cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnalogiyalar, ixcham qayta ishlash uskunalarini jalb etgan holda, qo‘shimcha tarmoqlarni o‘zlashtirishga harakat qilishyapti. O‘zbekistonda yetishtirilgan meva sabzavotlariga bo‘lgan talab dunyo miqiyosida talab ortib bormoqda. Shu bois ham, hukumat tomonidan istiqbolda oziq ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentning 2015-yil 29-dekabrdagi “2016-2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora-tidbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi muhim dasturilamaldir. Chunki, bu hujjatda tuproq unumdorligi nisbatan past, suv ta’minoti og‘ir, kam rentabelli ekin maydonlariga paxta va g‘alla o‘rniga meva sabzavot, kartoshka, moyli, ozuqabop ekinlar ekish vazifasi belgilab berildi. Ularning amalga oshirilishi natijasida yaqin besh yilda boshoqli don etishtirish hajmini 8,5 mln tonnaga etkazish, kartoshka etishtirishni 35% ga, sabzavotlarni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foizga, go‘sht etishtirishni 26,2 foizga, sutni 43,7 foizga, tuxum etishtirishni 74,5 foizga ko‘paytirish, baliq etishtirishni 2,5 martaga oshirish mo‘ljallanmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 40 foizdan ortig‘ini chorvachilik mahsulotlari tashkil etadi. Ushbu sohada ham erkin bozor mehanizmlari shakllantirilgani, ko‘plab imtiyozlar berilayotgani natijasida chorva mollari bosh soni va chorvachilik ishlab chiqarish hajmi muttasil ortib boryapti. Chorvachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli qoramollar podasini ko‘paytirish maqsadida keyingi 10 yil mobaynida Polsha, Avstriya, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlardan 60 mingdan ko‘proq naslli qoramollar olib kelindi.