Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda kichik va o`rta biznes korxonalarining shakllanishi Reja Kirish



Yüklə 33,97 Kb.
tarix09.12.2022
ölçüsü33,97 Kb.
#73365
Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda kichik va o`rta biznes korxonalarining shakllanishi


Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda kichik va o`rta biznes korxonalarining shakllanishi
Reja
Kirish

  1. Qashqadaryoda kichik va o`rta biznes

  2. Kizik va o`rta biznes haqida tushuncha

  3. Kichik va o`rta biznes korxonalar iqtisodiyotni rivojlantirish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘zining uzoq o‘tmishiga ega bo‘lib, azaldan xalqimiz turmush tarzida mulkka egalik qilish, uni sotish va tasarruf etish turmush tarzimizning tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Faqatgina sovet tuzumi hukmronlik qilgan davrdagina davlatning xususiy mulkka nisbatan olib borgan teskari siyosati natijasida tadbirkorlik negizlari unutildi hamda o‘z mohiyatini yo‘qotdi. Ammo XX asr 90 -yillarining boshlari, aniqroq qilib aytganda, O‘zbekiston mustaqilligi ostonasi v a mustaqillikning ilk yillaridan e’tiboran ushbu sohaning qayta tiklanishi va rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Xususiy mulkka egalik qilish hissi, tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllana boshladi. Bu esa ularda qo‘shimcha mulk ishlab chiqarib, qo‘shimcha daromad olish istagi vujudga kela boshlaganligini ko‘rsatdi.XX asr 90-yillarining boshlarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi munosabati bilan iqtisodiyot va xalq xo‘jaligining barcha soha tarmoqlarida ommaviy xususiylashtirish uchun keng imkoniyat yaratildi, xususiy mulk va tadbirkorlar manfaatlariga to‘siq bo‘luvchi barcha cheklashlar olib tashlandi. Bu davrda asosan ochiq tipdagi aksionerlik jamiyatlari faoliyatini kengaytirish, korxonalar aksiyalarini tadbirkorlarga auksionlar orqali sotish, ommaviy xususiylashtirish va kichik biznesning rolini oshirish uchun qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirishga e’tibor qaratildi.

Respublika hududlari, ayniqsa mahallalarining o‘ziga xos ijtimoiydemografik holati, tabiiy-iqlim sharoiti va geografik joylashuvidan kelib chiqib, ushbu mintaqalarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Ana shunday viloyatlar qatorida O‘zbekistonning janubiy viloyatlari hisoblanmish Qashqadaryo viloyatni alohida keltirib o‘tish mumkin. Ushbu viloyatlar mahallalarida azaldan oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik rivojlanishining o‘ziga xos etnohududiy xususiyatlari mavjud bo‘lib, bunda asosan gilamdo‘zlik, qandolatchilik, trikotaj va qurilish maxsulotlari ishlab chiqarish, jun va qorako‘l teri maxsulotlari ishlab chiqarish, yog‘ochsozlik, mebelsozlik, zargarlik, kashtachilik sohalari rivojlangan.


Ushbu sohalar rivojining yangi bosqichga ko‘tarilishida shubhasiz, mahalla asosiy o‘rin tutib kelgan. Mustaqillik yillari tarixida kichik biznes tomonidan yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik korxona va mikrofirmalar ulushining sezilarli darajada ortib borganligi diqqatga sazovordir. Agar 2000 yilda kichik biznes sub’ektlari tomonidan yaratilgan YaIM ning atigi 31,0 % kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan yaratilgan bo‘lsa, 2009 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 61,2% ni tashkil qildi yoki 2007 yilga nisbatan 1,3% ga oshgan , ya’ni barqaror suratda umumiy 8,2 % da saqlanib qolganligi e’tiborga molikdir . Chunki, bu davrda tadbirkorlik sohasi o‘zining huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, moliviy barqaror bosqichiga kirgan edi. Muhimi sohaning huquqiy mexanizmlari yaratilib, ular kuchaytirildi, tadbirkorlar o‘zlarining huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga ma’lum ma’noda erishdilar.
Bunda sohada hududlardagi mahallalarning mutanosib rivojlanishi ham muhim omillardan edi. O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni o‘sishi va rivojlanishini agar hududlar, ya’ni viloyatlar kesimida olsak, masala yanada oydinlashadi. Masalan, 1999 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan davrda ushbu soha Surxondaryo viloyatida 19,2% ga, Namangan viloyatida 17,1% ga, Samarqand viloyatida 16,1% ga, Xorazm viloyatida 15,7% ga, Buxoro viloyatida 13,5% ga, Toshkent viloyatida 11,9% ga, Andijon viloyatida 10,0% ga, Qashqadaryo viloyatida 9,4% ga va Sirdaryo viloyatida 9,1% ga oshgan Birgina 2001 yilda Surxondaryo viloyati mahallalarida kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish boshqa hududlarga nisbatan ancha sust tashkil etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2001 yilgacha kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha Surxondaryo viloyatida ko‘rsatkich 34%; ni tashkil etgan. Bu esa kelajakda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishni muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo‘ydi. Yana qarixiy raqamlarga murojaat etilsa, 2008 yilning 1 yanvariga qadar birgina Qashqadaryo viloyatining o‘zida 75 mingga yaqin kichik biznes sub’ektlari ro‘yxatga olingan. Bu O‘zbekiston bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek, bu shundan daloat beradiki, Qashqadaryo viloyati mehnat resurslari yetarli, xom ashyoga boy hudud hisoblanadi. Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona, Toshkent shahri, Andijon viloyatlari egallagan. Bu ushbu mintaqalarda mehnat resurslari yetarli bo‘lsada, tabiiy sharoiti va geografik joylashuviga ko‘ra xom ashyo resurslari birmuncha taqchil ekanligini ko‘rsatadi. Ammo sohada olib borilayotgan islohotlar va ishlarning amaliy natijasini tahlil qilish asosida shunday mulohaza paydo bo‘ldiki, bizningcha, tadbirkorlik bilan shug‘illanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga davlat birgina qonunda ko‘rsatilgan holda ma’lum huquqlar berishi yetarli emas. Balki, shu huquq va kafolatlardan to‘la foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishi muhimroqdir. Yoki tadbirkorlarni rag‘btlantirish, mahsulot sifatini yaxshilash va ko‘paytrishdan manfaatdorlikni oshirilishi, sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish, davlat monopoliyasiga chek qo‘yilishi kabilar kutilgan samara beradi.
Shu bilan birga mustaqillikning yangi davrida mintaqada kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida o‘sish tendensiyalari unchalik kuzatilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, 2017 yilga kelib sanoat mahsuloti ishlab chiqarish Surxondaryo 1003,2 mlrd. so‘m bo‘lgan. Vaholanki, ushbu ko‘rsatkich Toshkent shahriga (20177 mlrd. so‘m), Toshkent viloyatiga (6230,6 mlrd. so‘m), Samarqand (5088 mlrd. so‘m) Andijon (4551,4 mlrd. so‘m) viloyatlariga to‘g‘ri keladi. 2013-2017 yillar davomida 14 ta hududdan 11 tasi o‘sish tendensiyasiga ega. Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 2017 yilga kelib 2016 yilga nisbatan kamaygan. Bu ko‘rsatkich Qashqadaryoda 792,5 ming so‘m, Surxondaryoda 399,19 ming so‘mga teng bo‘lgan.Shuni alohida qayd etish zarurki, tadbirkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik sohasi mintaqada birmuncha yaxshi rivojlangan. Bunda oilamahalla hamkorligi asosiy o‘rin tutadi. Masalan, bugungi kunda respublika mahallalarida oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik bilan shug‘illanib, o‘z mehnati evaziga ishlab chiqarilgan maxsulotlarini mahalliy va dunyo bozorlariga olib chiqayotgan tadbirkorlar ko‘pchilikni tashkil etadi. 1996 yil ma’lumotlariga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlikdan bir oilaga to‘g‘ri keladigan daromad Qoraqalpog‘iston Respublikasida-470,3 so‘m, Andijon- 545,7 so‘m, Buxoro-373,6 so‘m, Jizzax-2432,4 so‘m, Qashqadaryo-326,4 so‘m, Navoiy-1720,2 so‘m, Namangan-210 so‘m,Samarqand-785 so‘m, Surxondaryo-100,5 so‘mdir Albatta oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikning rivoji natijasida har ikkala viloyatda ham o‘ziga xos an’ana shakllanganligini e’tiborga olib, kelajakda ushbu sohalar rivojiga alohida e’tibor qaratish muhim hisoblanadi.
Qashqadaryo viloyati misolida oilaviy tadbirkorlikda Kitob tumanidagi “Voha mash’ali” kichik korxonasi, Chiroqchi tumanlik gilamdo‘zlik korxonasi, Qarshi shahri, G‘uzor, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi va Muborak tumanlari bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tgan 600 dan ortiq hunarmand faoliyat olib borib, viloyatda hunarmandchilikning zargarlik, milliy cholg‘u asboblari yasash, chokli buyumlar, kashtachilik, zardozlik va biser tikish ustaxonlari tashkil etilgan Bu esa mazkur viloyatlarda azaldan an’anaviy xalq hunarmandchiligi turlariga alohida e’tibor qaratilganligini tasdiqlaydi.Bu borada raqamlarga murojaat qilinsa, Respublika “Tadbirkor ayol” uyushmasining Qashqadaryo viloyati bo‘limida 1500 ayolga o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga ko‘mak berildi, 500 nafar ayol esa kasbga qayta tayyorgarlikdan o‘tib va malakalarini oshirganlar Darhaqiqat, O‘zbekistonda mahallalar tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda respublika Hunarmand” uyushmasi tashkil etilgan bo‘lib, 2008 yil 5 mayda Uyushmaning Nizomi tasdiqlandi. O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi 2009 yilda Jahon “Hunarmandlar” uyushmasiga a’zo bo‘ldi. O‘zbekistonning barcha viloyat va tumanlarida uyushmaning boshqarma va bo‘limlari tashkil etildi. Respublika bo‘yicha 13 ta boshqarma, 153 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatdi. Shu o‘rinda kichik biznes va tadbirkorlik sohalariga xorijiy investisiyalarning jalb qilinishini ham sohaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillardan ekanligini qayd etish lozim. Masalan, 2003 yilga kelib O‘zbekiston dunyoning 120 dan ortiq mamlakati bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o‘rnatib, respublikada 3000 ga yaqin korxona 90 mamlakat ishtirokidagi chet el investisiyalari asosida faoliyat ko‘rsatgan. Endi xorijiy investisiyalarni tadbirkorlik sohalariga jalb qilinishini viloyatlar kesimida olsak, vaziyat yanada oydinlashadi.
Tarixiy tadqiqotlarga ko‘ra, xorij investisiyalarini jalb qilish bo‘yicha respublikaning turli viloyatlaridagi holat ma’lum disproporsiyalar va gradatsiyalar hisobiga turlichadir. Masalan, biz o‘rganayotgan Qashqadaryo viloyatida so‘nggi yigirma yil ichida ushbu ko‘rsatkich 0,1 % dan 22 % ga o‘sgan. Aynan ushbu ko‘rsatkich Jizzax, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida 5,3- 6,8 % da qolgan Ya’ni ushbu ko‘rsatkich hali bu borada ham ma’lum muammolar borligidan dalolatdir. Keyingi yillarda yangi O‘zbekistonda sohadagi islohotlar natijasida Qashqadaryo viloyatida birmuncha o‘sish kuzatilgan. Masalan, viloyatda 2021 yil tadbirkorlik sub’ektlari soni 54,8 mingtani tashkil etib, ularning soni yil davomida 17 foizga o‘sgan. Bu borada tadbirkorlik rivoji uchun qurilish materiallari, turizm, qishloq xo‘jaligi, mahalliy sanoat kabi sohalarda zaxiralar bor. Jumladan, sanoatni rivojlantirishning paxta-to‘qimachilik meva-sabzovotlarni yetishtirish va qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlarida katta imkoniyatlar mavjud.Ammo viloyat mahallalarida sohada amalga oshirilgan ishlar qatorida muammo va kamchiliklar ham mavjud. Xususan, yirik sanoat salohiyatiga ega viloyatda import tovarlarining ulushi yuqori darajada saqlanib qolgan. Ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga ehtiyoji o‘rganilmagan. Tayyor kiyim-kechak, charm ishlab chiqaruvchi korxonalar imkoniyatlaridan samarli foydalanish yo‘lga qo‘yilmagan.Talab yuqori bo‘lgan mahalliy mahsulotlar bilan viloyat ichki bozori past darajada ta’minlangan. Gipsokarton, turli xil gofrokarton, bir martalik idishlar, qog‘oz paketlar, qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikalari butlovchi qismlari, tish yuvish pastasi va shampun, mix mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari mavjud emas. Xizmatlar sohasida 758 ta ta’mirlash, 1 078 ta veterinariya xizmati va go‘sht do‘konlari, 1 214 ta hammom va poyabzal tikish (ta’mirlash) xizmati, 1 319 ta kimyoviy tozalash (ximchistka) va maishiy jihozlarni ta’mirlash, 938 ta sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlariga aholi o‘rtasida ehtiyoj bo‘lishiga qaramasdan sohalarga tadbirkorlik sub’ektlari jalb qilinmagan . Buning yaqqol isboti sifatida mana bir necha yildirki “Business indicator” tizimi hududlarning biznes reytingini ishlab chiqadi. Reyting joylarda tad birkorlik uchun yaratilgan sharoitlarni baholaydi. Baholashda tadbirkorlarni o‘zi ham bevosita ishtirok etishadi. Ya’ni ular so‘rovlarda qatnashadi va ularning bergan javobiga qarab reytingning ayrim yo‘nalishlari shakllantiriladi. Masalan, mahallalarda o‘tkazilgan so‘rovlarda Qashqadaryolik tadbirkorlar bank xizmatlaridan norozi bo‘lishgan. Yoki bo‘lmasa, ko‘plab tadbirkorlarning fikriga ko‘ra tuman (shahar) hokimliklari va davlat soliq inspeksiyasiga ishonmasliklarini bildirgan. So‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlarning 44%, ya’ni sal kam 2 tadan 1 tasi majburiy homiylikka jalb qilinishini aytishgan. Shu tariqa 2020 yil yakunlariga ko‘ra, biznes reytingda birinchi uchlikda Toshkent shahri, Namangan va Navoiyviloyatlari bo‘lsa, oxirgi o‘rinlarda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari joy olganligini ko‘rish mumkin
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va uning samaradorligini oshirish jarayonlarida xususiy sektorning roli va ahamiyatini jadal rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan “2015-2019-yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalash Dasturi” islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur Dasturning 7 ta asosiy yo‘nalishlaridan 3 tasi xususiy mulkning iqtisodiyotdagi roli va o‘rnini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo‘lidagi mavjud to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan qisqartirishni ta'minlashga qaratilgan. Joriy yilning 15-mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoyasini ta'minlash, ularning jadal rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishning to‘rtta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladigan 33 ta aniq chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” mazkur Dasturning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.Chora-tadbirlar dasturida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibini yanada soddalashtirish, ma'muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish hisobidan tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga alohida e'tibor qaratilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali vositasida o‘tkaziladigan elektron savdolar orqali tadbirkorlik subyektlaridan birlamchi ehtiyojdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirishda soddalashtirilgan tartib joriy qilindi;
- eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan hujjatlarning aniq ro‘yxati tasdiqlanib, ushbu ro‘yxatda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishni taqiqlash belgilandi;
- yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyatning amalga oshiriladigan turiga bog‘liq holda bir nafardan uch nafargacha ishchi yollash xuquqi berildi.
Bundan tashqari, joriy yilning 28-sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unga muvofiq, 2016-yilning 1-yanvaridan boshlab 16 turdagi davlat xizmatlari tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari negizida tashkil qilinadigan tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari orqali amalga oshiriladi. 2016-yilning 1-yanvaridan yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida yer uchastkalari berish hamda tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga foydalanishga tayyor holda ulash bo‘yicha soddalashtirilgan tartiblar joriy etiladi. Xususiy tadbirkorlikning huquq va qonuniy kafolatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirishga doir chora-tadbirlar doirasida 2015-yilning 1-iyulidan boshlab Bosh prokuratura tomonidan davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishiga oid masalalar yuzasidan murojaatlarni uzluksiz (tunu kun) qabul qilish tizimi joriy etildi.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mazkur Dasturni amalga oshirishda muhim hujjat bo‘lib xizmat qildi. Ushbu qonunga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining deyarli barcha jihatlariga daxldor 40 dan ortiq qonun hujjatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Xususan, xalqaro amaliyotda yagona bo‘lgan tartib joriy etilib, unga ko‘ra, agar shaxs soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyatni ilk marotaba sodir etib, jinoyat aniqlangan kundan 30 kun davomida davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan bo‘lsa, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydi va shaxs javobgarlikdan ozod etiladi.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslariga nisbatan ular tomonidan ayrim turdagi huquqbuzarliklar sodir etish orqali yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanganda ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazo qo‘llanilmaydi. Shu bilan birga, savdo va vositachilik faoliyati sohasidagi ayrim turdagi huquqbuzarliklar jinoiy yurisdiksiyadan ma'muriy yurisdiksiyaga o‘tkazildi. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining tekshiruvlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan jalb etilgan advokatlar ishtirokida amalga oshirilishi to‘g‘risidagi yangi tartibning joriy etilishi tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va kafolatlari himoyasini yanada mustahkamladi.
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilikni erkinlashtirish bilan birga xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha tekshiruv va taftish o‘tkazish tartibini buzganlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining javobgarligi kuchaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanishga noqonuniy ravishda rad etganlik yoki to‘sqinlik qilganlik uchun, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarni xayriya ishlari va pul mablag‘lari ajratish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga majburiy jalb qilganlik uchun yangi javobgarlik me'yorlari kiritildi.
Shu bilan birga, Qonun bilan tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilishda sud organlarining ahamiyati yanada kuchaytirildi. Bundan buyon, soliq va bojxona qonunchiligini buzganlik uchun hamda qo‘shimcha ravishda hisoblangan bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq hollarda xo‘jalik subyektlarining mulkini musodara qilish faqatgina sud qarorlari bilan amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, xo‘jalik sudlariga nazorat qiluvchi organlarning shikoyat qilinayotgan barcha harakatlari (qarorlari) ijrosini to‘xtatib turish huquqi berildi.
YUqorida ta'kidlangan va boshqa yangi me'yorlarning qonun darajasida mustahkamlab qo‘yilishi hususiy mulk himoyasi kafolatlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik va noqonuniy aralashganlik uchun nazorat qiluvchi, xuquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini muqarrarligini ta'minlashga qaratilgan.
Shuningdek, 2015-2019-yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning Prognoz parametrlari tasdiqlandi. Uning doirasida joriy yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, kichik biznes subyektlariga 9,6 trillion so‘m kredit, bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 1,3 marta ko‘p va 2,03 trillion so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi. Xalqaro moliya institutlarining 134,8 million dollar miqdoridagi kredit liniyalari o‘zlashtirildi.
Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni yanada kuchaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar joriy yilning to‘qqiz oyida 21,4 mingta yangi kichik biznes subyektini tashkil etish imkonini berdi (bu 2014-yilning shu davriga nisbatan 6 foiz ko‘pdir). Sanoat va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari (umumiy ko‘rsatkichning 35,9 foizi), savdo va umumiy ovqatlanish (30,2 foiz) hamda qurilish sohasida (11,5 foiz) nisbatan ko‘p kichik biznes subyekti tashkil etildi. Natijada joriy yilning to‘qqiz oyida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53,6 foizgacha (2014-yilning shu davrida 52,9 foiz bo‘lgan), sanoatda 34,6 foizgacha (31,1 foiz), pullik xizmatlarda 49,3 foizgacha (47 foiz) va bandlikda 77,5 foizgacha (77,1 foiz) oshdi. Tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, BMT Taraqqiyot Dasturi kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, chet el hukumatlari tomonidan keng e'tirof etilmoqda. Xususan, 2015-yilning 27-oktyabrida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e'lon qilingan “Biznesni yuritish 2016: tartibga solish sifati va samaradorligini baholash” hisobotida O‘zbekiston dunyoning 189 mamlakati orasida 87-o‘rinni egalladi, bu o‘tgan yilgi hisobotdagi 141-o‘ringa nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichdir. Shu o‘rinda respublikamiz o‘z reytingini yaxshilash bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan 5 ta mamlakat qatoriga kirdi.
Kichik va oʻrta biznes - mustaqil mulk egaligiga, xoʻjalik faoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan va oʻz tarmogʻida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli mamlakatlarda Kichik va oʻrta biznes subʼyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar sifatida korxonada band boʻlgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi, aktivlar, kapitallar, foyda miqdori va boshqa koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Mas, AQShda koʻpgina tarmoqlarda ishlovchilar soni 100 kishidan, ishlov beruvchi sanoatda 500 kishidan kam xodimlar ishlaydigan korxonalar kichik biznesga kiritiladi.
Oʻzbekiston Kichik va oʻrta biznes subʼyektlarini aniqlashda korxonada ishlovchilar soni mezon qilib olingan. Kichik biznesga, mulk shaklidan qatʼi nazar, yiliga sanoat korxonalarida oʻrta hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat koʻrsatish va boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan mikrofirmalar; ishlab chiqarish sohasida yiliga oʻrta hisobda 40 nafargacha, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan kichik korxonalar kiradi. Kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 nafardan, qurilishda 50 nafardan, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdo, xizmat koʻrsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sox.alarda 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega boʻlgan korxonalar oʻrta biznes korxonalari hisoblanadi.
Kichik va oʻrta biznes rivojlangan va rivojlanayotgan har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Kichik va oʻrta biznes  sharoitga tez moslashuvchanlik bilan ajralib turadi, uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab qilmaydi. Kichik va oʻrta biznes yirik biznes uchun qulay boʻlmagan sohalarda avj oladi. Kichik va oʻrta biznes kichik bozorlarda faoliyat olib borish, mahalliy resurslardan foydalanish, ishsizlik muammosini xal qilish, mehnat unumdorligini oshirish, oʻrta mulkdorlar qatlamini shakllantirish va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishda muayyan afzalliklarga ega. Kichik korxonalar odamlarda sohibkorlik, tadbirkorlik, mulkka egalik qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, ularda ishbilarmonlik koʻnikmalarini hosil qilish va rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Oʻzbekistonda Kichik va oʻrta biznes . tarixiy ildizga ega. Bu yerda azaldan hunarmandchilik rivojlangan. Toʻqimachilik, kosibchilik, kulolchilik, amaliy sanʼat, ganchkorlik, temirchilik, oʻymakorlik bilan shugʻulla-niladigan kichik-kichik ustaxona va doʻkonlar koʻp boʻlgan. Oʻzbekistonda mavjud Kichik va oʻrta biznes korxonalari sanoat, qurilish, savdo, maishiy, tibbiy, transport xizmatlari koʻrsatish, ilmiy, texnikaviy axborot xizmati sohalarida, qishloq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatadi. Kichik va oʻrta biznes ni qoʻllabquvvatlashga xizmat qiladigan sugʻurta kompaniyalari, injiniring va lizing xizmati tashkilotlari mavjud. Kichik va oʻrta biznes korxonalariga koʻmaklashadigan Respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "Biznes-fond", "Madad" sugʻurta kompaniyasi tashkil qilingan. Kichik va oʻrta biznes korxonalar uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli kredit ajratish tizimi ham mavjud.
Kichik va oʻrta biznes korxonalari fukarolar, oila aʼzolari va boshqa hamkorlikda mehnat yurituvchi shaxslar, davlat, idora, jamoa, qoʻshma korxonalar, jamoat tashkilotlari, shirkat, hissadorlik jamiyatlari, xoʻjalik uyushmalari, oʻrtoqlik tashkilotlari, yuridik tashkilot maqomiga ega boʻlgan korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin. Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan Kichik va oʻrta biznes korxonalarining soni 202 mingtaga yetdi. Ularning 57,7% ishlab chiqarish, 42,3% noishlab chiqarish tarmoqlariga toʻgʻri keladi. Ular ishlab chiqargan mahsulot mamlakat YAIMning 24,5% ni tashkil etdi, jami ish bilan band aholining 53% shu biznes sohasida ishladi (2002). Oʻzbekistonda Kichik va oʻrta biznes iqtisodiy va huquqiy munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1999-yil 14-aprel) va "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida" (2000-yil 25-may) qonunlari bilan tartibga solinadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.
Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa koʻplab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.
Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga koʻmaklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unga 200 milliard soʻm va 50 million dollar mablagʻ ajratildi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi. Bunday amaliy choralar oʻz natijasini bermoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xoʻjaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Koʻpgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga toʻgʻri keladi.
Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tizim joriy etish vazifasi qoʻyildi. Baho berishda korxonalarning yashovchanlik koʻrsatkichi asosiy mezonlardan biri boʻlishi kerakligi belgilandi. Yaʼni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3 yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlimlari rahbarlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish nazarda tutilmoqda. Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu yangi tizimni joriy qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Iqtisodiyot va sanoat vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi har bir tumanning salohiyatidan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqishi zarurligi qayd etildi. Ushbu takliflar asosida tadbirkorlarga ularni amalga oshirish, kredit, yer va bino ajratish, infratuzilmaga ulash kabi barcha masalalarda koʻmaklashiladi.
Masalan, avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmoqlari oʻrganilganda tadbirkorlik subyektlari va yirik sanoat korxonalari oʻrtasida kooperatsiya deyarli yoʻqligi, oqibatda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va butlovchi qismlar import qilinayotgani maʼlum boʻlgan. Achinarlisi, ayrim sanoat korxonalari kichik ishlab chiqaruvchilar u yoqda tursin, xaridorlar talabi bilan ishlashni ham bilmaydi.
Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga oʻnta yirik sanoat tarmogʻi, jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, avtosanoat korxonalari bilan kichik biznes oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kooperatsiya yarmarkalari oʻtkazish, mahsulot va xizmatlar oʻz egasini topishi uchun "Yagona elektron kooperatsiya birja portali"ni tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Banklarning tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatishini yaxshilash va ajratilayotgan kreditlar samaradorligini oshirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.
Hozirda kredit olish istagidagi tadbirkorning murojaati 3 bosqichda, yaʼni tuman-viloyat-respublika darajasida koʻrib chiqiladi. Bankning markaziy idorasi rozilik bermasa, tadbirkor kredit ololmaydi. Oqibatda, bu jarayon ayrim hollarda oylab choʻzilib ketyapti.
Shu bois, banklarda kredit ajratish masalalarini bir va ikki pogʻonaga oʻtkazish, 70-100 nafar xodim ishlaydigan filiallar oʻrniga 10-15 nafar shtatdan iborat ixcham bank xizmatlari markazlarini koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Tadbirkorlarning kredit foiz stavkalariga oid fikrlari muhokama qilinar ekan, kreditlar boʻyicha kafolat berish va foizlarni qisman qoplash maqsadida tashkil qilingan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini kuchaytirish muhimligi aytildi.
Tadbirkorlarning bino-inshootlarini buzish va buning uchun kompensatsiya toʻlash borasida tizimli yondashuv yoʻqligi tanqid qilindi.
Albatta, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida ayrim binolarning buzilishi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda koʻp miqdorda kompensatsiya toʻlovlari kelib chiqmoqda.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish agentligi tashkil etish taklifi bildirildi. Mazkur agentlik koʻrsatilgan sohani yuksaltirish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul boʻladi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini ham muvofiqlashtirib boradi.

XULOSA
Umuman, olib borilgan tadqiqotlar Qashqadaryo viloyati mahallalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xizmat ko‘rsatish sohalarini traqqiy ettirish asosiy vazifaga aylanib borayotganligini tasdiqladi. Bu esa mintaqada tadbirkorlikda turli imtiyozlar shakllantirilib, aholining ehtiyojmand qatlamlari ham undan bahramand bo‘la boshladi. Ushbu sohalar ko‘magida mamlakat sohani taraqqiy ettirishda o‘ziga xos tajriba to‘plaganligini ko‘rsatdi.


Ammo kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat idoralarining (tijorat banki, sug‘urt a kompaniyalari, soliq idoralari, tuman va shahar hokimliklari, davlat boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va hokazolarning) resurslarni taqsimlash va narxini belgilash jarayoniga va boshqa faoliyatlarga aralashuvi masalalarida samarali o‘zgarishlarga erishilmaganligi, sohada o‘ziga xos muammolar mavjudligini, ularni bartaraf etish yuzasidan qator choralar ko‘rish zarurligini tasdiqlamoqda.Olib borilgan tadqiqot natijalari va tarixiy tahlillar asosida bizningcha, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish:
-birinchidan, kichik biznes va tadbirkorlikni shakllantirish uchun zarur shart sharoitlar yaratish, sohani sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish;
-ikkinchidan, davlat mulki ob’ektlarini sotish jarayonini tezl ashtirish orqali orqali qimmatli qog‘ozlar va aksiyalarni savdo oborotiga keng jalb qilish, va ushbu mablag‘lar tushumini korxonalarni jihozlash va kadrlarni qayta tayyorlash ishlariga jalb etilishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Статистическое обозрения Республики Узбекистана за 2007 год // Статсборник “Госкомстат” Узбекистана.-Тошкент., 2008.
2. Шакирова Ф. Развитие экономики Узбекистана на основе инновационной деятельности // Проблемы современной экономики. -Тошкент., 2015. №3, -С 300.
3. Ортиқов З, Артиқходжаева Г.Ўзбекистонда кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожланишининг ўзига хос жиҳатлари. // Жаҳон молиявий иқтисодий инқирозининг Ўзбекистон иқтисодиётига таъсирини юмшатиш омиллари ва уни бартараф этиш йўллари -Тошкент, 2009,-Б 97.
4. Ўз МА. Фонд- М-37, 1-рўйхат, 6298- йиғма жилд, 273-варақ
5. Мажидов Н, Наматов Э . Ҳудудларни ижтимоий иқтисодий ривожланишида кичик бизнеснинг роли. // Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирозининг Ўзбекистон иқтисодиётига таъсирини юмшатиш омиллари ва уни бартараф этиш йўллари. -Тошкент., 2019. -Б 74.
6. Ўз МА. Фонд- М-37, 1-рўйхат, 6299-йиғма жилд, 7-варақ.
7. Давлатова С. Мустақиллик йилларида Сурхон воҳаси аҳолиси анъанавий ҳунармандчилигининг ривожланиш хусусиятлари. // “Бойсун-баҳори” очиқ фольклор фестивали. “Жаҳон цивилизациясида бойсуннинг моддий ва маънавий маданияти” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференцияси илмий мақолалар тўплами. -Тошкент. 2019. Б 83-84.
8. Мирзаев О. Ўзбекистон халқ амалий санъатини қайта тиклаш ва ривожлантириш омиллари. // “Бойсун-баҳори” очиқ фольклор фестивали. “Жаҳон цивилизациясида бойсуннинг моддий ва маънавий маданияти” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференцияси илмий мақолалар тўплами. -Тошкент. 2019. -Б 201-202.
9. Асминкин Я. П.ва бошқалар. Ўзбекистон аёллар нодавлат нотижорат ташкилотлари. Маълумотнома. "Очиқ Жамият" Институти - Кўмак Жамғармаси. – Ўзбекистон. – Тошкент., 2000. -Б 54-60-78-85-93-99.
10. Европейский банк реконструкции и развития – поддержка реформ. // Экономический вестник Узбекистана. 2003.№4 – С 2-4.
Yüklə 33,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin