Qatag'onlikning navbatdagi yangi bosqichi 80-yillarga to'g'ri keldi. Bu qatag'onlik sovetlar hukumatining yana bir navbatdagi nayrangi bo'lib, «O’zbek ishi», «paxta ishi», «O’zbek mafiyasb», «qo'shib yozish» kabi izohli lug'atimizga mustamlakachilar tomonidan kiritilgan yangi so'zlar bilan bog'liq. Paxta ishi», «qo'shib yozishlar» masalasi ham aslida 1983-yilda boshlangan. O'zKompartiya MQning XVI plenumi va unda Inomjon Usmonxo'jayevning Markazdan O'zbekistonga kadrlar bilan «yordam berish»ni so'rab qilgan murojaatidan so'ng bu ish avj oldi.
1984-yilda O'zbekiston SSR prokurori, uning muovinlaridan uchtasi, eng katta boshqarmalarning boshliqlari lavozimlariga Markazdan kelgan odamlar qo'yildi. Bu bilan cheklanilmasdan, asta-sekin oblast darajasidagi prokurorlar - Buxoro oblasti prokurori (Matyushov G.N) Samarqand oblasti prokurori (Yeremenko V.I.), Xorazm oblasti prokurori (Titarenko A.D.), Navoiy oblasti prokurori (Suxaryev A.P.) Surxandaryo oblasti prokurori (Jetkov V.M), Qoraqalpog'iston ASSR prokurori (Donsov V.V.) va Toshkent shahar prokurori (Fillipenkov G.P) ham Moskva tomonidan yuborildi. Keyingi bosqichda esa rayon prokurorlari lavozimi ham «mehmonlar» uchun bo'shatildi.
Mahbuslarni tergov chog'ida ko'z ko'rib quloq eshitmagan qiynoq usullariga solish va vahshiyliklar qilishda SSSR prokuraturasining mas'ul xodimi Viktor llyuxinning yozishicha Kartashyan va Pirsxalava kabi tergovchilariga teng keladigani bo'lmagan. Pirsxalava ayniqsa dahshatli bo'lgan ekan. U Gdlyanning eng suyukli shogirdi bo'lgan va qilgan «xizmatlari» evaziga uning yordamida amal pillapoyasidan shiddat bilan ko'tarilib borgan. Ammo SSSR prokuraturasi «o'zbeklar ishi» masalasini qaytadan ko'rib, Pirsxalavani qamoqqa olish haqida hukm chiqarganida Gurjistondan xat va telegrammalar yog'ilib ketgan. Hatto Gdlyan va Pirsxalavalarni himoya qiluvchi mahsus guruhlar tuzilgan.
(3)1989-yil iyun.Farg’onadagi qonli fojia.
Butun boshli O‘zbekiston va uning xalqi taqdiri ishonib topshirilgan R.Nishonov esa SSSR Oliy Kengashi minbaridan turib Farg‘ona isyonini «bozorda bir chelak qulupnay ustida kelib chiqqan kelishmovchilik», deb e’lon qildi. Bu xususda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida 1992-yil 14 fevralda e’lon qilingan yozuvchi Alisher Ibodinovning «Zanjirband sher tug‘ilganda» maqolasi o‘zining xolisona va hayotiy yondoshganligi bilan ajralib turadi. Muallifning xulosasiga ko‘ra Farg‘onada 1989-yil iyunda ro‘y bergan «.. .o‘sha hodisa aslida isyon, o‘zbeklaming mustamlaka tuzumiga qarshi qo‘zg‘oloni edi». Buni 8 iyunda Qo‘qon shahrida bo‘lgan ko‘p ming kishilik miting qatnashchilari talabnomalaridan ham bilsa bo‘ladi. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1992-yil 14-fevral.
Sovetlar va uning mahalliy malaylari o‘zbek xalqini qo‘rqitish, milliy uyg‘onish davriga kirgan fidoyi vatanparvarlami tiz cho‘ktirish maqsadida bunday vahshiyona tadbimi qo‘llagan edilar.
Ammo xalqimizning to‘kilgan qonlari zoe ketmadi. Chunki u qonlar qutlug4 qonlar edi. Mustamlakachilarga qarshi ozodlik, erk, ijtimoiy-adolat va baxtli istiqbolni deb 1989-yil iyun oyida Qo‘qonda shahid bo‘lgan Shuhrat Olimov (Qo‘qon taksomotor parkida shofyor, uch farzandning otasi), Abdumavlon Mahkamov («Tekstilmash» korxonasi ishchisi), Alijon Bobojonov (Qo‘qon Qishloq xo‘jalik texnikumining talabasi), Azizxon Dehqonboyev (Qo‘qon Lokomotiv deposi ishchisi), Alisher Rahmatullayev (mushtipar onaning yakkayu yagona o‘g‘li), Qodirjon Nurmatov (ikki bolaning otasi) va boshqalar tufayli sovetlarga va Kompartiyaga ko‘r-ko‘rona ishongan xalqning ko‘zlari ochildi, xalqimiz ongida jiddiy o‘zgarish yasadi.