Bundayahvolvujudgakelganiningboisinimada? Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan-texnika imkoniyatlariga,qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bо‘lgan respublikamiz asosiy iqtisodiy va ijti-moiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha mamlakatda oxirgi о‘rinlardan biriga haqli ravishdainqirozholati,debatalganahvolgatushibqolganining sababi nimada? Respublikaningtaqdiri,uningkelajagiuchunqayg‘urayotgan,yoshavlodtaqdiri uchun kuyunayotgan sog‘lom fikrli har bir kishi hozir о‘ziga о‘zi shu savolnibermoqda. Nazarimda, buning javobi shunday bо‘lmog‘i kerak: 30-yillarning boshlaridaiqtisodiyotga rahbarlik qilishning ma’muriyatchilik, buyruqbozlik usullari g‘alabaqozonib, О‘zbekistonni, uning ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga yaroqsizyondashuvlartoboraqarortopibbordi.Xо‘sh,buillatlarnimalardanamoyonbо‘ldi? Avvalo shundaki, bizning respublikamiz, asosan, xom ashyo bazasi, sanoatministrliklarivaidoralariningmо‘mayxomashyomanbaidebhisoblanaredi.О‘lkaningmahalliy,ijtimoiy-iqtisodiyxususiyatlarigaba’zanyetarlicha,ba’zanmutlaqo baho berilmadi, ba’zan esa bu xususiyatlar pisand ham qilinmadi. Iqtisodiyvaijtimoiysohanikompleks,jadalrivojlantirishning,umumittifoqmehnattaqsimotida О‘zbekiston SSRning mavqei va о‘rnini о‘zgartirishning muqobil yо‘llarie’tiborga olinmadi”1.
Boltiqbо‘yi respublikalarida о‘sha davrda yiliga aholi jon boshiga gо‘sht va gо‘sht mahsulotlari iste’mol qilish 110 kilogrammni tashkil qilganligini ham misol tariqasida keltirish mumkin.
Buning asosiy sababi barcha mahsulotlarni taqsimlashning о‘ta markazlashganligi edi. Shu yerda bir holat kishi e’tiborini о‘ziga jalb qiladi. О‘zbekiston aholi jon boshiga 64,4 kilogramm meva va rezavorlar yetishtirilgani holda, uning iste’moli Ittifoq bо‘yicha 41 kilogrammga, О‘zbekistonda esa 27 kilogrammga teng bо‘lgan. О‘sha davrda oziq-ovqat mahsulotlari taqsimotidan kelib chiqqan bunday nomutanosiblik О‘zbekiston aholisining haqli e’tirozini keltirib chiqargan.
Mustaqillikka qadar mamlakatimizda sug‘oriladigan maydonlarning katta qismi paxta bilan band bо‘lib, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari kam yetishtirilishi natijasida aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismini don va don mahsulotlari tashkil etgan. G’allaning 90 foizi respublikamizga tashqaridan (ittifoqdosh respublikalardan) olib kelingan.
Respublikamiz uchun о‘sha paytlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy vaziyat ham chigallashgan davr bо‘ldi, bu ijtimoiy keskinlikni kuchaytirishi mumkin edi. Mamlakat juda katta oziq-ovqat muammosiga duch kelgan, murakkab vaziyat girdobida qolgan edi.
1 Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: “О‘zbekiston”. 2011. 166-168 b.
Shu о‘rinda I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish о‘rinli: “... Juda og‘irahvolga tushib, naqd ocharchilik ostonasida turibmiz ... Xalqimizni, iqtisodiyotimiznita’minlash masalasidajuda kattaxavftug‘ildi...”1.
Bu gaplar ortida Vatan, xalq taqdiri yotardi.
Ana shunday murakkab sharoitda Islom Karimov oziq-ovqat ta’minotida uzilishlar yuz bermasligi uchun barcha chora-tadbirlarni kо‘rdi. Xorijdan sotib olingan g‘alla mamlakatimizga yetib kelishi uchun ma’lum vaqt talab qilinar edi.
Vaziyat juda qaltis, ya’ni mamlakatimiz g‘alla zahirasining “tagi” kо‘rinib qolgan ana shu yillarda Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida mamlakat aholisini о‘zimizda yetishtirilgan don bilan ta’minlash yuzasidan maxsus dastur ishlab chiqildi. Uning bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlashi natijasida bir qator muammolar о‘z yechimini topdi. Jumladan:
aholini kafolatlangan tarzda don mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati yuzaga keldi;
dehqonlar uchun yangi ish joylari va qо‘shimcha daromad manbai yaratildi;
paxta maydonlarining bir qismi qisqartirilib, bu maydonlarga g‘alla ekilishi hisobiga ekinlarni almashib ekish va tuproq unumdorligini saqlab qolish imkoniyati yaratildi;
g‘alladan bо‘shagan yerlarga takroriy ekin ekish hisobiga sabzavot yetishtirish hajmi kо‘paydi, bu ham dehqonlarga qо‘shimcha daromad olish imkonini berdi;
chetdan g‘alla sotib olish uchun sarflanadigan valyuta tejab qolindi;
О‘zbekiston don va don mahsulotlari bо‘yicha о‘zga davlatlarga qaramlikdan qutula bordi;
chorva mollarining ozuqa bazasi yanada mustahkamlandi.
Kezi kelganda, о‘sha vaqtlarda bildirilgan ba’zi fikr-mulohazalarni ham eslash joiz. Bir qator iqtisodchi olimlar va xorijiy davlatlar vakillari “О‘zbekistonning о‘zida g‘alla yetishtirish shartmi? Undan kо‘ra, kо‘proq paxta yetishtirib, tolani eksport qilish hisobiga g‘allani arzon narxlarda chetdan sotib olgan ma’qul emasmi? Axir, paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi yuqori-ku”, deya e’tiroz ham bildirishgan edi. Ammo ularning da’volari asossiz ekanligini ijtimoiy hayotning о‘zi kо‘rsatdi, endilikda mustaqil yurtimiz о‘z g‘allasiga ega bо‘ldi.
Ma’lumki, 1960-1990-yillarda mamlakatimizda о‘tkir ijtimoiy muammolar tufayli millatimizning genofondi yomonlashib, ayniqsa, nimjon va kasalmand bolalar soni ortib ketgani xalqimizda qattiq tashvish uyg‘otar edi. I.A.Karimov О‘zbekistonning kо‘plab hayotiy muhim manfaatlariga yetkazilgan ziyon haqida afsus va nadomat bilan О‘zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‘zlagan ma’ruzasida quyidagilarni bayon etgan edi: "Paxta yakkahokimligi, ilmiy asoslanganalmashlabekishlarbuzilganligi,yerningtinka-madoriquribketganligi,suvmanbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borganligi qishloq xо‘jaligiga halokatlita’sir kо‘rsatdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish cheklab qо‘yildi vaaholini shu mahsulotlar bilan ta’minlash muammolari keskinlashdi. Orol dengiziningfalokati Qoraqalpog‘iston janubi uchun borib turgan ekologik kulfat bо‘ldi, endiOrolniqutqaribqolishuchunzudlikbilanfavquloddachora-tadbirlarkо‘rilishi
1 Karimov I.A. О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: “О‘zbekiston”. 1996. 3-4 b.
kerak”1 Inson taqdiri, uning hayotiga daxldor bо‘lgan, uning munosib turmush sharoitiga ega bо‘lishi bilan bog‘liq talablar aynan Islom Karimovning rahbarlik faoliyatining ilk kunlaridan qat’iy qо‘yildi. Kremlning jazavalariga qaramasdan, haqiqiy mustaqillikka qaratilgan yо‘lni mardonavor turib himoya qildi. KPSS MQning 1989- yil sentabrida Moskvada bо‘lib о‘tgan plenumida Islom Karimov dadillik bilan “Bizmarkazbilanrespublikaningxuquqlarivavazifalarinibelgilabolishvachegaralashniqat’iyyoqlaymiz,bizrespublikamustaqilligininghartomonlamamustahkamlanishi tarafdorimiz”2deganini О‘zbekiston taraqqiyotining mustaqil yо‘li tamoyillari ishlab chiqish borasidagi tashlangan qat’iy qadamning amaliy ifodasi, deb aytish shart.