Sotish uchun 319 ta avtomashina ajratilganida, shulardan 236 tasi rayondayashamaydigan, jumladan, boshqa respublikalarda istiqomat qiladigan kishilargag‘ayriqonuniy tarzda taqsimlangan, uy-joy taqsimlash tartibi qо‘pol tarzda buzilgan,gazlashtirish, suv ta’minoti, ishga joylashtirish masalalari necha yillar mobaynidahal bо‘lmayqolavergan”1.
I.A.Karimov О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‘mitasining 1989-yil 19- avgustdagi XVI plenumida, keyinchalik Moskvada bо‘lib о‘tgan katta anjumanlarda, shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat’iy pozitsiyada turib, quyidagi fikrlarni alohida ta’kidlaydi: “О‘zbekxalqiningvijdonipok.Farg‘onavoqealariо‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bо‘lmadi. Bu voqealarga tuturiqsiz va g‘arazlimaqsadlarni kо‘zlab, kim qanday bо‘yoq bermasin, tarix, albatta, о‘zining adolatlihukminichiqaradi.Baynalmilalchilik,mehmondо‘stlik,yaxshilik,qalbsaxovatihamishaо‘zbekxalqigaxosfazilatbо‘libkeldi.Xalqimizhechqachonboshqaxalqlarganisbatandushmanlikkayfiyatidabо‘lmagan.Buqadimiyvahozirgitariximizdanolingankо‘pginamisollarbilanisbotlangan”.
I.A.Karimov Farg‘ona fojialari haqida shunday degan edi: “Farg‘ona voqealari,shuningdek, keyingi paytlarda rо‘y bergan boshqa tartibsizliklar bularning barchasiturli millat odamlarida bir-biriga ishonchsizlik paydo qildi. Shunday bо‘lishiga kimsababchi?Menhoziraniq-ravshanqilibaytaman:jamikinoma’qulchiliklarrespublikamiz chegarasidantashqaridadir”.
Farg‘onadagi voqealar tugaganidan sо‘ng ham har xil mish-mishlar natijasida Toshkent viloyatining Parkent va Bо‘ka tumanlarida ba’zi kimsalar tomonidan noxush voqealar uyushtirildi. Masalan, 1990-yil 3-mart kuni Parkentning markazida
1 Karimov I. A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‘zbekiston, 2011. 179-180 b.
ommaviy tartibsizliklar tufayli shu yerlik M. Mirtursunov halok bо‘ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, noroziliklarni kuchaytirdi.
1990-yilning avgust-sentabr oylarida Toshkent viloyatining Bо‘ka tumanida janjal-tо‘polonlar bо‘lib о‘tadi. Islom Karimov ushbu tumanga kelganida ayanchli manzaraning guvohi bо‘ladi yо‘l yoqasida mashinalar yonar, junbushga kelgan yoshlar tо‘polon qilishar edi. Yangi rahbar ularning yoniga borib, о‘zini tanishtiradi. Otga minib, xaloyiq orasiga kiradi. Ularga murojaat qilib: “Nima talablaring bо‘lsa,mengaaytinglar,hammasigae’tiborbilanqarab,halqilibberishgaharakatqilaman”, deydi. Markaz haqida о‘zining dangal fikrini aytadi. Yangi rahbardan bunday javobni sira kutmagan xaloyiq bо‘shashib qoladi.
1990-yil 3-5-dekabr kunlari Namangan shahrida ichki qо‘shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar о‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 nafar mahalliy millatga mansub fuqaro halok bо‘ldi.