O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari, grajdanlarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini va yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Qarori matbuotda e’lon qilindi.
1989-yil 21-oktabr
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
1990-yil 18-fevral
O‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi organi – Oliy Kengashning yangi tarkibi (XII-chaqiriq) saylandi. U 1990- 1994-yillarda faoliyat kо‘rsatdi.
1990-yil boshlari
“Birlik” harakati faollarining Muhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiya tuzishga kirishdilar.
1990-yil bahor
Boltiqbo‘yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar.
1990-yil 12-15-
mart
Moskvada SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi syezdi bo‘lib o‘tdi.
1990-yil 14-mart
SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi syezdida SSSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun qabul qilinib, Mixail Sergeyevich Gorbachev ushbu
vazifaga saylandi.
1990-yil 21-mart
O‘zbekistonda Navruz milliy bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi.
1990-yil 24-31-
mart
Toshkentda XII-chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo‘li bilan Islom
Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.
1990-yil 26-mart
O‘zSSR Oliy Kengashining raisi etib Mirzaolim Ibrohimovich
Ibrohimov saylandi. Ministrlar Sovetining raisi etib Shukrullo Raxmatovich Mirsaidov tayinlandi.
1990-yil 27-mart
Oliy Kengashning 1-sessiyasida Ministrlar Sovetining raisi SH.R.Mirsaidov “O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini
ta’minlash yo‘o‘lida” nomli ma’ruza qildi.
1990-yil 18-aprel
O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Moskvada M.S.Gorbachev raisligida o‘tgan SSSR Federatsiya Kengashi bilan Prezidentlik kengashining qo‘shma majlisida mamlakat
iqtisodiyotini boshqarib turiladigan bozor xo‘jaligiga o‘tkazish imkoniyatlari va yo‘llari muhokamasida so‘zga chiqdi.
1990-yil 30-aprel
“Erk” demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bо‘ldi. Qurultoy “Erk” partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul qildi,