Mustaqillikka erishishi arafasida



Yüklə 143,68 Kb.
səhifə19/21
tarix10.02.2023
ölçüsü143,68 Kb.
#83741
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1-Mavzu yuzasidan qo\'llanma

VazirlarMahkamasiga aylantirildi. O‘zbekistonda Vitse- prezident lavozimi ta’sis etildi (Bu lavozim 1992-yil 4- yanvarda tugatildi).

1990-yil 25-noyabr

Yangi Ittifoq shartnomasi loyihasi O‘zbekiston matbuotida
e’lon qilindi.

1990-yil 7-8-dekabr

O‘zbekiston Kompartiyasi XXII-syezdining ikkinchi bosqichi
o‘tkazildi.

1990-yil 11-dekabr

Moskvada bo‘lgan KPSS MK Plenumida “Ittifoq
shartnomasining konsepsiyasi va partiya tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risida”gi masala ko‘rildi.

1990-yil
17-27-dekabr

Moskvada SSSR xalq deputatlarining IV-syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi R.N.Nishonov “Yangi ittifoq shartnomasining umumiy konsepsiyasi va uni tuzish tartibi haqida” ma’ruza qildi. Syezdda “Umumxalq ovoz berishi (SSSR referendumi)
to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. G.I.Yanayev SSSR vitse- prezidenti etib saylandi.

1991-yil 1-yanvar

O‘zbekiston Oliy Kengashining rasmiy organi – “Xalq so‘zi”
gazetasining ilk soni chiqdi.

1991-yil 16-yanvar

“Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqini saqlab qolish
to‘g‘risida” SSSR Oliy Soveti qaror qabul qildi.

1991-yil 22-yanvar

“SSSR Davlat bankining 1961-yil nusxasidagi 50 va 100 rubllik pul belgilarini to‘lov uchun qabul etishni to‘xtatish hamda fuqarolarning omonatlaridan naqd pul berishni
cheklash to‘g‘risida” SSSR Prezidenti Farmoni e’lon qilindi.

1991-yil 14-fevral

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari 4-
sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

1991-yil fevral- mart

Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi.

1991-yil fevral

SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash
xususida referendum o‘tkazishga qaror qildi.

1991-yil 20-fevral

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha byulletenga “Siz О‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?” degan savol qo‘yildi.

1991-yil 1-mart

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi bilan “O‘zbekiston
Respublikasi Xotin qizlar qo‘mitasi” tashkil etildi.




1991-yil
13-14-mart

Bishkekda I.A.Karimov va Qirg‘iziston Prezidenti A.Akayev bilan uchrashdi. Ikki respublika o‘rtasida Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

1991-yil 17-mart

SSSRda birinchi marta umumxalq referendumi o‘tkazildi. Unda “Teng huquqli mustaqil respublikalarning yangilangan hamda har qanday millatga mansub kishining huquq va erkinliklariga to‘la darajada kafolat beriladigan federatsiya sifatida SSSRni saqlab qolish zarur deb hisoblaysizmi?” degan
masala ko‘rildi.

1991-yil 17-mart

О‘zbekistonda “Siz О‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz” degan savol qo’yilgan referendum
о‘tkazildi.

1991-yil 16-aprel

O‘zbekistonda Ro‘za hayiti (ramazon hayiti) kuni fuqarolar ilk
marta ishga chiqmadilar.

1991-yil aprel

Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, О‘zbekiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi.

1991-yil
19-21-aprel

I.A.Karimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmanistonda bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma hamda hukumatlararo 1992-
1995-yillarda iqtisodiy va madaniy hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolandi.

1991-yil 23-aprel

Moskva yaqinidagi Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bо‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan “Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bо‘lmaydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot” imzolandi. Bu hujjat “9+1” (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Bayonotda yangi ittifoq shartnomasi xujjati loyihasini tayyorlash ishini yaqin vaqt ichida tugallash
ta’kidlandi.

1991-yil 3-iyun

Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha
Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi.

1991-yil 13-iyun

“Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashi 5-sessiyasida muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar
ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga







respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.

1991-yil 28-iyun

“Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma” loyihasi
O‘zbekiston matbuotida e’lon qilindi.

1991-yil 23-iyul

Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun markaz vakillari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‘lgani holda “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma”ni
imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi.

1991-yil
13-15-avgust

Toshkentda O‘rta Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinchi uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. O‘rta Osiyo respublikalari va
Qozog‘iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to‘g‘risida Bitim imzolandi.

1991-yil
17-19-avgust

I.A.Karimov Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan
bordi.

1991-yil
19-21-avgust

Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi.
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi.

1991-yil 19-avgust

О‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident О‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, О‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.

1991-yil 20-avgust

Toshkentda О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va О‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda О‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi
deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.

1991-yil 20-avgust

О‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi va xalqni og‘ir sinovlardan o‘tilayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin
bо‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.




1991-yil 21-avgust

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan О‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va О‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, О‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid
keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi.

1991-yil 25-avgust

O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar
vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita О‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi.

1991-yil 26-avgust

Respublika Oliy Kengashining Rayosati О‘zbekistonning
Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi.

1991-yil 28-avgust

О‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati “Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI-sessiyasini 1991-yil 31- avgust kuni chaqirish haqida qaror” qabul qildi va sessiyada
О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo‘yildi.

1991-yil 28-avgust

О‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident I.A.Karimovning mamlakatda 19-21-avgust kunlari sodir bo‘lgan voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‘z
vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.

1991-yil 31-avgust

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Prezident I.A.Karimov О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif
etdi.

1991-yil 5-sentabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi V.I.Lenin nomili maydonni Mustaqillik maydoni deb qayta
nomlash haqidagi Farmoni e’lon qilindi.




1991-yil 30-sentabr

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida
О‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berildi.

1991-yil 18-noyabr

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII-sessiyasida “О‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida” Qaror qabul qildi. Qarorda 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni О‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazish belgilandi.

1991-yil 18-noyabr

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. О‘zbekiston Respubikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bо‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil О‘zbekiston
hududida muqim yashayotgan.

1991-yil 22-noyabr

Markaziy saylov komissiyasi О‘zbekiston Prezidentligiga О‘zbekiston xalq demokratik partiyasi va kasaba uyushmalari Federatsiyasidan ko‘rsatilgan I.A.Karimov hamda “Erk” demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Salay Madaminov
nomzodlarini ro‘yxatga oldi va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.

1991-yil 8-dekabr

Belorussiyaning Belovej pushchasida Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk) va Belorus (S.Shushkevich) rahbarlari o‘zaro bitim imzolab, SSSR tugatilganligini va Mustaqil

Yüklə 143,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin