OLIMOVA MUTABAR GAYBULLAYEVNA
4
LETTER WRITING EXERCISES
So’zboshi
Hozirgi kunda xorijiy tillarni o’rganish barcha toifadagi insonlar uchun muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda dunyoda ro’y
berayotgan muhim yangiliklardan xabardor bo’lish kishidan biror xorijiy tilni bilishni
talab qiladi. Yurtimizda ham aholi orasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish
va ularni mukkammal o’zlashtirish uchun zarur sharoitlarni
yaratish yuzasidan bir
qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, xorijiy tillar va boshqa fan o’qituvchilari
hamda xorijiy tilning belgilangan darajasiga ega bo’lgan boshqa soha mutaxassislari
uchun bir qancha rag’batlantirishlar joriy etilgani, yoshlarimiz
xalqaro til bilish
sertifikatlarining belgilangan darajasiga ega bo’lganda ularning barcha imtihon
xarajatlari davlat byudjeti mablag’lari hisobidan
qoplab berilayotgani shular
jumlasidandir. Buning natijasi o’laroq yurtimizda xorijiy tillarni, jumladan ingliz tilini
o’rganishga qiziquvchilar soni kundan-kunga ko’paymoqda. Ushbu qo’llanma ingliz
tilini o’rganishga qiziquvchi barcha toifadagi shaxslar uchun mo’ljallangan.
Mazkur qo’llanma ingliz tilida xat yozish ko’nikmalarini
rivojlantirishga
mo’ljallangan. Unda 7 ta xat turiga oid mashqlar jamlangan. Dastlab har bir xat turiga
oid qisqacha ma’lumotlar, shu turdagi xat yozishda qo’llash mumkin bo’lgan so’z
birikmalari va gaplar berilgan. Har bir xat uchun 5 tadan topshiriqlar berilgan. 1-
topshiriq so’zlarni joy-joyiga qo’yib xat yozishda qo’llaniladigan gaplar tuzish, 2-
topshiriq berilgan mavzuga doir namunaviy xatning gaplarini tartib bilan to’g’ri
joylashtirish, 3-5 topshiriqlar matn orasida ajratib olingan so’zlar
va predloglarni
kerakli joyga qo’yib chiqishdan iborat. Ushbu qo’llanma foydalanuvchilari nafaqat xat
yozish ko’nikmalarini shakllantirishi, balki, so’zlarni va predloglarni to’g’ri qo’llay
olishga doir bilimlarini ham rivojlantirishlari mumkin. Ishonamanki, mazkur qo’llanma
ko’pgina insonlarga ingliz tiliga oid bilimlarini rivojlantirishda
foydali yordamchi
manba bo’lib xizmat qiladi.