Boshlang‘ich sinflarda nutqini o‘stirishning pedagogik asoslari



Yüklə 52 Kb.
tarix20.06.2023
ölçüsü52 Kb.
#132850
3 dars Murojaatdan foydalanib amal bajarishda nusxalashning afzalligi


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQINI O‘STIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Saloxitdinova Navro‘za Murodulla qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta
o‘qituvchisi, p.f.f.d. (PhD)
e-mail: saloxitdinovanavruza@gmail.com.
Tel.: +998942090772
Safarqulova Nasiba Olimjonovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
magistranti

Ona tili o‘qitish metodikasining asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning bosh vazifasi o‘quvchilarning o‘zbek tili lug‘at boyligini to‘liq o‘zlashtirib olishlarini ta’minlashdir. Maktablarda bu xususida lug‘at diktantlarining olinishi ham bu jarayonga yaxshi yordam beradi. Jamiyatda til kishilar o‘rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir. Tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasidir. Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog‘lash amalga oshadi.


Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog‘lanadi. Tilni egallash va nutq o‘stirish bilan o‘quvchining fikrlash qobiliyati ham o‘sib boradi. O‘quvchilar tafakkur qilish orqali o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma tarzda bayon qila oladilar. Jamiyatdagi insonlar bilan erkin muloqot qila boshlaydilar[1;49-b.].
Boshlang‘ich sinfda bolalar nutqni o‘quv predmeti sifatida anglaydilar. Endi rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Metodika bolalar nutqini boyitishi, sintaktik va bog‘lanishli nutqni o‘stirishni ham ta’minlashi kerak. Bog‘lanishli nutq maktablarda alohida bo‘lim yoki fan sifatida o‘rganilmaydi, u til fanining boshqa bo‘limlari bilan bog‘langan holda shakllantiriladi.
Ona tili o‘qitish tamoyillari:
1)Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Fonetik ko‘nikmalarga yetarli e’tibor berilmasa, imliviy savodxonlikka putur yetadi. O‘quvchilarda nutq organlarini mashq qildirish(gapirib berish, ifodali o‘qish, ichda gapirishni) talab etadi.
2)Til ma’nolarini tushunish tamoyili. Morfologiya va sintaksis.
3) Tilga sezgirlikni o‘stirish tamoyili
Bola gaplashish, o‘qish, eshitish orqali til materiallarini yig‘adi, uning qonunlarini o‘zlashtiradi.
4) Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili
So‘z va nutq birliklarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy bo‘yoqdorligi tushuniladi. Bola matn bilan ishlaydi. Badiiy adabiyotlar o‘qiydi.
5) Og‘zaki nutqni yozma nutqdan oldin o‘zlashtirish tamoyili.
Bu tamoyil ham kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi va til o‘qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi.
K.D.Ushinskiy boshlang‘ich ta’lim o‘quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi fan hisoblagan. “Ajoyib o‘qituvchi bo‘lgan ona tili bolaga ko‘p narsani o‘rgatadi…Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko‘p narsa o‘rganadiki yigirma yil qunt bilan metodik jihatdan juda to‘g‘ri o‘qiganda ham uning yarmicha o‘rgana olmaydi. Ona tilining ulug‘ pedagogligi ham ana shundadir” deydi u [2; 89-b.].
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o‘qigan bola o‘zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. O‘qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo‘lib, u nutqqa oid malakadir. Ular og‘zaki hikoya qilish, o‘zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog‘liq holda shakllanadi.
O‘qish ba yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi. Shuning uchun ham o‘qishga o‘rgatish bilan yozuvga o‘rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi [3; 222-b.]. Maktablarda alifbe darsidan o‘tilgan tovyshni bolalar og‘zaki o‘zlashtirsalar, yozuv darslarida ushbu harfni yozma tarzda taniydilar va mustahkam o‘zlashtiradilar. Rasm asosida, og‘zaki tarzda va yozma holatda bola harfni yaxshi tanib qoladi.
Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilar nutqini o‘stirish hisoblanadi. Nutq o‘stirish uch yo‘nalishda:so‘z ustida ishlash, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash, bog‘lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshiriladi[4; 25-b.].
O‘quvchilar nutqini o‘stirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1) o‘quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to‘g‘irlash;
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog‘liq holda lug‘atini boyitish;
3) o‘quvchilar nutqidagi ayrim so‘zlarning ma’nosiga aniqlik kiritish;
4) gap va uch-to‘rt gapli kichik hikoya (bog‘lanishli nutq) ni og‘zaki to‘g‘ri tuzish ko‘nikmasini o‘stirish;
Bolaning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq o‘stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Savod o‘rgatish davrida har bir dars jarayonida nutq o‘stirish ishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu jarayonda kichik she’rlar yodlatish, ularni jamoaviy tarzda ayttirish, dam olish daqiqalarini tashkil etish va bu jarayonda ham kichik hajmli she’rlar, bolalar qo‘shiqlaridan foydalanish zarur. Shundagina o‘quvchilarda adabiy nutq ko‘nikmalari shakllanadi va malakaga aylanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ushinskiy K.D. Tanlangan pedagogik asarlar,-Toshkent:”O‘zdavnashr”,1959. –B. 49.
2. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent ”Nosir” nashriyoti. 2009.
3. Saloxitdinova Navro‘za Murodulla qizi “Development prospects of primary education integration(on the example of exact and natural sciences)” // Jamiyat va innovatsiyalar jurnali P.221-225. Special Issue-7 (2021)/ https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=11965514625128930189&btnI=1&hl=ru
4.Saloxitdinova Navro‘za Murodulla qizi “Boshlang‘ich sinflarda inetgratsiyalashgan ta’limni takomillashtirish” O‘quv qo‘llanma. ISBN 978-9943-8417-9-6. T.:”Tamaddun”. -2022. B.125.
Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin