Mutaxasislikka kirish



Yüklə 359,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix22.12.2023
ölçüsü359,27 Kb.
#190387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
portal.guldu.uz-Mutaxasislikka kirish

Vaqtincha to’kib qo’yish, 
saralash, quritish uchun bostirma va 
maydonchaga ega bo’lgan zamonaviy 
sabzavot ombori
Ko’p hollarda bunday omborxonalar ikki qavatli bo’lib, birinchi qavati erto’la, ikkinchisi er 
ustki qavatidan iboratdir. Bunday omborxonalarda erto’la va er ustki omborxonalarining hamma 
afzalliklari uyg’unlashtirilgan.Piyoz saqlovchi omborlar ham er ustiga joylashtiriladigan qilib 
loyihalashtiriladi, chunki bu toifadagi binolarda talab qilinadigan havoning past namlikda 
bo’lishini muhayyo etish osondir. 
Omborxonalarni shamollatib turish 
tizimi. 
Texnologiya jihatidan qaraganda bu 
mahsulot saqlash uchun zarur tartibni 
vujudga keltiradigan muhim uskunalar 
tizimidir. Omborxo-nalarni shamollatish 
tizimini 
tabiiy 
va 
majburiy 
ventilyasiyalarga bo’lish mumkin. Faol 
ventilyasiyalash uning bir turidir (12-
rasm). 
Tabiiy 
shamollatishda 
issiqlik 
fizikasi qonunlariga binoan yuqoriga 
ko’tarilib, o’rniga sovuqroq va og’irroq 
havo pastda to’ladi.
13-rasm. Zamonaviy sabzavot va meva 
omborlarining faol shamollatish tizimi
Natijada havoning tortilish kuchi vujudga keladi. Havoning almashuvi nechog’li zo’raysa, 
omborxona ichidagi va tashqarisidagi harorat tafovuti shu qadar oshadi. Bu tafovut kuzda uncha 
katta bo’lmaydi, shu sababli tabiiy shamollatib sovitish samaradorligi ham sezilarli emas. 
Kunning (tashqi haroratga nisbatan) qulay paytlarida tuynuklar orqali omborxonani 
shamollatishga to’g’ri keladi. Qishda esa, tashqaridagi harorat pasayib ketib, mahsulotni sovuq 
urmasligi uchun ventilyasiya quvurlarining hamma to’siqlari yopilib, havo almashuvi 
to’xtatiladi.
 
Majburiy shamollatish.
Bu holda ventilyatorlar vositasida sovuq havo omborxonaga 
haydaladi. Omborchi kiritilayotgan havoning miqdorini boshqarib turish imkoniga ega bo’lib, 
mahsulot saqlash tartibiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin. O’rta va katta xajmli 
omborxonalar odatda majburiy shamollatish uchun uskunalar bilan jihozlanib quriladi, chunki 
katta hajmli omborxonalarni tabiiy shamollatish bilangina mahsulot saqlash tartibini to’g’ri idora 
qilib bo’lmaydi. Aksariyat xonaga havo haydash va havo tortish quvurlari vositasida majburiy 
ventilyasiya amalga oshiriladi. 
Omborxonalardagi havo butun pol bo’yicha bab-baravar taqsimlangan yoriqchali erosti 
kanallari orqali tarqaladi. Majburiy ventilyasiyasiga ega bo’lgan omborxonalarda mahsulot 



idishlarga (qutilar, konteynerlarga) solingan holda taxlanadi. Shu tariqa havo mahsulotni yalab 
o’taveradi. Uncha katta hajmda bo’lmagan mahsulot taxlarining turli joylaridagi harorati, 
namligi havoning gaz tarkibida sezilarli darajada tafovut ro’y bermaydi. Bunday omborxonaning 
afzalligi idishlarda taxlab qo’yilgan mahsulotni samarali sovitish va yuklash, tushirish ishlarini 
mexanizasiyalash imkonini beradi. Ammo, katta hajmda (g’aram-g’aram qilib) joylangan 
kartoshkaning qavatlari orasidan majburan havo o’tkazilmas ekan, yaxshi natija olib bo’lmasligi 
isbotlangan. 

Yüklə 359,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin