Mutaxasislikka kirish


-rasm. Kartoshka saqlanadigan uyumni



Yüklə 359,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/24
tarix22.12.2023
ölçüsü359,27 Kb.
#190387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
portal.guldu.uz-Mutaxasislikka kirish

10-rasm. Kartoshka saqlanadigan uyumni 
tashkil qilish sxemasi: 
1-yakuniy tuproq qoplamasi; 2-birinchi tuproq 
qoplamasi; 3-uyum termometri; 4-kartoshka; 
5-poxol; 6-havo quvuri; 7-yog’ingarchilik 
suvlar uchun ariqcha. 
Xandaq va uyumlardagi maxsulotlarni saqlash davrida, ularni muzlamasligi uchun usti turli 
xil koplamalar bilan yopiladi. Qishi sovuq zonalarda ularning usti qalinroq qilib yopiladi (10-
rasm). 
Yomg’ir va qor suvlarini atrofga oqizish uchun xandaq va uyumlarning atrofida sayoz 
ariqchalar qaziladi. Saqlash davrida uyum va xandaqlar muntazam ravishda kuzatilib boriladi. 
Maxsulotlarni saqlash davrida ularni joylashtirilgan qalinligi o’zgarsa, ya’ni cho’kish yoki 
panjaralar orasidagi masofa uzoqlashsa, darxol ochilishi va nazorat kilinishi kerak. 
Doimiy (stasionar) omborxonalar.
Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlashga 
mo’ljallangan omborxonalar ko’p jihatdan bir-biridan tafovut qiladi, bulardan eng muhimi 
qanday mahsulot saqlashga mo’ljallangani, rejalashtirilishi va o’lchamlari va sig’imi, hajmi, 
qurilishdagi xususiyatlari, saqlash tartibiga rioya qilish, uskunalar tizmasi, mahsulotni 
joylashtirish usullari va yuklash, tushirish ishlarini mexanizasiyalashgan darajasi va nihoyat 
iqtisodiy ko’rsatkichlaridir. 



11-rasm.
 Vaqtinchalik omborlarning tuzilishi va o’lchamlari 
Omborxonalar ixtisosi va rejalashtirish xususiyatlari.
Ma’lumki kartoshka, ildizmeva, 
karam, piyoz va mevalarni saqlashga moslashgan omborxonalar bo’lib, ularning saqlash yoki 
joylashtirish sharoitlari bir xil bo’lmagani uchun turli xildagi mahsulotlar odatda birgalikda 
saqlanmaydi. Masalan, kartoshkani karam bilan bir joyda saqlash mumkin emas, piyoz va 
sarimsoqni birga saqlashga yo’l qo’yiladi. 
Universal omborxonalar mahsulotni aralash saqlashga mo’ljallangan. Unda asosan 
idishlarga joylangan mahsulotlar, ba’zi sabzavotlarni birga saqlashga yo’l qo’yib bo’lmasligi 
hisobga olingan holda qisqa vaqt ichida saqlash mumkin. bunday omborxonalarda vaqtincha 
to’kib qo’yish va saralash uchun tashqi maydoni ham mavjud bo’ladi (11-rasm).
Rejalashtirish xususiyatlaridan eng muhimi transport vositalarining kirishi va omborxona 
nechog’lik er ostida chuqur joylashgani darajasidir. Zamonaviy loyixalar asosida qurilgan 
omborxonalarda odatda avtotransport bir tomondan kirib, ikkinchi tomondan chiqib ketishi, 
mahsulotlarni bevosita joylanadigan erigacha etkazish imkonini beradi. Bizning sharoitimizda 
kirish darvozalarini issiqlikka to’siq bo’ladigan qilib (termoizolyasiyali) qurish qiyinroqdir. Shu 
boisdan ayrim kichik omborxonalarda kirish darvozasi umuman qurilmaydi va mahsulot 
issiqlikka to’siq bo’ladigan tuynuklar orqali yuklanadi. 



Erto’la omborxonaning chuqur joylanishi 
birinchi galda sizot suvlar sathiga bog’liq. Sizot 
suvlari er to’la tubidan kamida 2 m chuqurlikda 
bo’lishi shart. Erto’la sifatidagi omborxona 
qancha chuqur joylashsa, saqlash harorati va 
namligi 
barqaror 
bo’ladi. 
Chuqur 
sabzavotxonalar qurishda katta hajmda er qazish 
ishlarini bajarishga to’g’ri keladi, ularda transport 
uchun kirish yo’li ochish ham oson emas. 
Hozirgi vaqtda kafolatli issiqlik o’tkaz-
maydigan materiallar yaratilgan. Binobarin, er 
ustki xonalari Ularning devori va tomlari-ni ham 
issiqdan ishonchli saqlash mumkin.
12-rasm


Yüklə 359,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin