26
So’yim chiqimi gusht nimtalari bilan ichki yog’ miqdori qo’shilmasining
molni so’yishdan oldingi tirik vazniga bo’lgan nisbatidir. So’yim chiqimi foizda
ifodalanadi.
So’yim chiqimini to’g’ri aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish
mumkin:
Sch=
Gn+Yoo x100
Tv
bunda Sch-so’yim chiqimi, Gn-go’sht nimtasining vazni, Yoo-ichki yog’ning
vazni, Tv-so’yishdan oldingi vazn.
Mol go’shtini nimtadagi boshqa to’qimalardan ajratish usuliga va darajasiga
ko’ra bir necha guruhga bo’linadi, ya’ni suyakli go’sht yoki nimtalari; laxm go’sht
yoki suyakdan ajratib olingan go’sht; qora go’sht yoki yog’, pay, tog’ay va limfa
tomirlaridan tozalangan go’sht shular jumlasidandir.
So’yim chiqim ko’rsatkichi ko’pincha molning mahsuldorlik yo’nalishi va
uni semizligiga bog’liq. Semizlik deganda muskul to’qimalarining rivojlanish
darajasi va teri ostida, muskul to’qimasida va molning ichki organlarida yog’ni
to’planishi tushiniladi.
Sutdor yo’nalishdagi voyaga yetgan mol yuqori semizlikda 50-55%, o’rtacha
semizlikda 45-50 % va o’rtadan past semizlikda 40% ga yaqin so’yim chiqimga
ega, go’shtdor molda esa bu ko’rsatkichlar tegishlicha 65-72,60-65 va 50-55%.
Nimtadagi muskul to’qimasi suyaklar va yog’lar nisbatiga molning
semizligi, maxsuldorlik yo’nalishi va yoshi ta’sir qiladi.
Yaxshi semizlikdagi go’shtdor molda suyak miqdori jami nimtaga nisbatan
12-15%ni, sutdor molda esa 18-21% ga teng. Yetarlicha semiz bo’lmagan sutdor
molda suyak miqdori 30-34% ga yetishi mumkin.
Mol go’shtining sifatini aniqlashda yana bir usuldan, ya’ni uning
«marmarsimon» ko’rinishiga ega emasligidan foydalaniladi.
«Marmarsimon» qavat-qavat xoldagi go’sht to’qimasi orasida yog’
joylashgan bo’ladi. Bunday go’sht mazali va to’yimli bo’ladi. Bunday xususiyat
asosan go’shtdor zot qoramollarda yaxshi rivojlangan.
Agar go’sht tarkibida yog’ juda ko’p bo’lsa, u holda uning ta’mi pasayadi,
xazm bo’lishi susayadi, bunday go’shtga talab oz bo’ladi. Asosan, 16-18 oylik
novvoslardan sifatli go’sht olinadi.
Ularning go’shti tarkibidagi oqsil va yog’ moddalar asosan teng (17-18%)
bo’ladi. Bunday go’sht yetishtirish uchun buzoqlarni yoshligidan boshlab jadal
boqish talab etiladi, shunda ular bir yarim yoshga borganda tirik vazni 400-450
kg ga yetadi.
Dostları ilə paylaş: