Mutaxasislikka kirish



Yüklə 359,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/24
tarix22.12.2023
ölçüsü359,27 Kb.
#190387
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
portal.guldu.uz-Mutaxasislikka kirish

 
 
10- amaliy mashg’ulot: Sabzavotlardan sharbat olishdagi hom ashyoni sarfini 
aniqlash 
Mashg'ulotning maqsadi: 
Talabalarga meva-sabzavot sharbatlari tayyorlash 
texnologiyasi bilan tanishtirish va turli mevalardan asl sharbat tayyorlashni 
o'rgatish.
Jixoz va materiallar: 
1. shisha idishlar, xom-ashyo;
2. shakar, qopqoqlar;
3. avtoklav, pichoq;
4. har xil mevalardan tayyorlangan tiniq va laxmli sharbat namunalari
Meva sharbatlari ichimlik sifatida keng ishlatiladi, bundan tashqari qiyom, liker, 
yaxna va gazlangan ichimliklarni tayyorlash uchun qo'llaniladi.
Konserva sharbatlari bir necha turga bo'linadi:
-tabiiy sharbatlar. Tabiiy sharbatlar xom ashyoning bir turidan ishlab chiqariladi. 
Ularga 
shakar, 
qiyom, 
kislotalar, 
bo'yovchi 
moddalar, 
aromatik 
va 
konservalaydigan moddalar qo'shilmaydi. Bu sharbatlar ichimliklar yoki 
yarimfabrikatlar sifatida ishlatiladi. Nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlarni 


30 
ichimlik sifatida faqat shakar qo'shilgandan keyin ishlatish mumkin. Markali 
sharbatlar xom ashyoning bitta navidan tayyorlanadi. Bunday sharbatlar ta'mli va 
xushbo'y bo'lib, ozuqaviylik qiymati yuqori bo'ladi.
-kupajlangan sharbatlar. Bu sharbatlarni tayyorlash uchun asosiy sharbatga boshqa 
meva sharbatlari qo'shiladi. Kupajlangan sharbatlar bir xil mevalardan xam 
tayyorlanadi, masalan; shirin navlarga nordon, lekish xushbo'y navlari qo'shiladi.
-shakar qo'shilgan sharbatlar. Nordon meva sharbatlarning ta'mini yaxshilash 
uchun ularga shakar yoki shakar qiyomi qo'shiladi. Shakar mag'izsiz sharbatlarga 
qiyom mag'zli sharbatlarga qo'shiladi.
-gazlangan sharbatlar. Gazlangan sharbatlarni tayyorlash uchun ular CO

bilan 
to'yintiriladi. CO

gazi sharbat komponentlarini oksidlanishidan saqlaydi, uning 
ozuqa qimmatini oshiradi, mikroorganizmlar faoliyatini pasaytiradi.
-bijg'itilgan sharbatlar. Bu sharbatlar meva tarkibidagi qandlarni butunlay yoki 
qisman etil spirtga bijg'itish orqali tayyorlanadi.
-quyuqlantirilgan sharbatlar. quyuqlantirilgan sharbatlar tabiiy sharbatlar 
tarkibidagi suvlarni ajratish orqali tayyorlanadi. Keyinchalik ularni suv qo'shib 
ichimlik yoki yarimfabrikatlar sifatida ishlatish mumkin. Quyuqlantirilgan 
sharbatlarni saqlash uchun idishlar, omborxonalar, transport vositalari kammikroda 
talab qilinadi, ular mikroorganizmlar ta'siriga ancha chidamli bo'ladi (A1, X1, X2, 
I-s).

Yüklə 359,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin