30
ichimlik sifatida faqat shakar qo'shilgandan keyin ishlatish mumkin. Markali
sharbatlar xom ashyoning bitta navidan tayyorlanadi. Bunday sharbatlar ta'mli va
xushbo'y bo'lib, ozuqaviylik qiymati yuqori bo'ladi.
-kupajlangan sharbatlar. Bu sharbatlarni tayyorlash uchun asosiy sharbatga boshqa
meva sharbatlari qo'shiladi. Kupajlangan sharbatlar bir xil mevalardan xam
tayyorlanadi, masalan; shirin navlarga nordon, lekish xushbo'y navlari qo'shiladi.
-shakar qo'shilgan sharbatlar. Nordon meva sharbatlarning ta'mini yaxshilash
uchun ularga shakar yoki shakar qiyomi qo'shiladi. Shakar mag'izsiz sharbatlarga
qiyom mag'zli sharbatlarga qo'shiladi.
-gazlangan sharbatlar. Gazlangan sharbatlarni tayyorlash uchun ular CO
2
bilan
to'yintiriladi. CO
2
gazi sharbat komponentlarini oksidlanishidan saqlaydi, uning
ozuqa qimmatini oshiradi, mikroorganizmlar faoliyatini pasaytiradi.
-bijg'itilgan sharbatlar. Bu sharbatlar meva tarkibidagi qandlarni butunlay yoki
qisman etil spirtga bijg'itish orqali tayyorlanadi.
-quyuqlantirilgan sharbatlar. quyuqlantirilgan sharbatlar tabiiy sharbatlar
tarkibidagi suvlarni ajratish orqali tayyorlanadi. Keyinchalik ularni suv qo'shib
ichimlik yoki yarimfabrikatlar sifatida ishlatish mumkin. Quyuqlantirilgan
sharbatlarni saqlash uchun idishlar, omborxonalar, transport vositalari kammikroda
talab qilinadi, ular mikroorganizmlar ta'siriga ancha chidamli bo'ladi (A1, X1, X2,
I-s).
Dostları ilə paylaş: