Ishlash tartibi.
Meva sharbatlari yangi uzilgan, yetilgan meva va rezavor
mevalarni siqib yoki shibbalab olinadi. Konserva qilingan meva sharbatlarida
hamma ozuqa moddalar yaxshi saqlanadi.
Meva va rezavor mevalardan sharbat chiqishi turli xom ashyolarda har xil bo'ladi
va mahsulotning sifatiga, maydalash, shibbalashga bog'liq. Olmadan 55-80,
gilosdan 60-70, olxo'ridan 70-80, qizil qorag'atdan 70-80, qora qorag'atdan 55-70
va uzumdan 70-80 foizgacha sharbat chiqadi.
Sharbat olish uchun mevalar avval maxsus mashinalarda yoki dush ostida yuviladi.
So'ngra shnekli isitgichlarda sterillangan tozalash mashinasiga tushadi. Dastlabki
mashinada danagi, urug'i va po'stlog'idan tozalanib bo'tqaga aylantiriladi. Ikkinchi
mashinada bo'tqa diametri 0,5 mm li teshikli elakdan o'tkaziladi. Ba'zan
sharbatlarga maxsus idishlarda qiyom qo'shiladi. Sentrofuga yordamida sharbat
oxirgi qoldiq, yirik quyqalardan tozalanib tiniq sof sharbatga aylantiriladi. Nihoyat
sharbat qizdirilib (50-60
0
C) deaerasiyalanadi (tarkibidagi kislorod ketkaziladi) va
idishlarga solinib pasterizasiyalanadi.
Tiniq va quyuq (laxmli) sharbatlar olish uchun meva va rezavor mevalar tozalab
yuvilgandan so'ng presslanadi, eziladi va shibbalanib olinadi (14-rasm).
31
1-rasm.
Qayta ishlanadigan mevalarni presslash qurilmasi
Sharbat olishda mevalarni ezishdan oldin urug'li mevalar universal KDP-Zm
maydalagich yordamida, bashqa mevalar maxsus pichoqli uskunada maydalanadi.
Sharbat chiqishni ko'paytirish maqsadida ezilgan mevalar (80-85
0
C) isitiladi.
Sharbat ishlab chiqishda turli xil konstruksiyali shibbala-gichlardan
foydalaniladi. Navbatdagi jarayon sharbatni tindirish hisoblanadi. Tindirilgan
sharbatlar maxsus vakuum apparatlarda pasterizasiya qilinadi (15-rasm).
32
2-rasm.
Dostları ilə paylaş: |