Mutaxasislikka kirish


Klyuver – SHtraux usulida



Yüklə 359,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix22.12.2023
ölçüsü359,27 Kb.
#190387
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
portal.guldu.uz-Mutaxasislikka kirish

 
2. Klyuver – SHtraux usulida
lenta bilan gavdaning qiya uzunligi va 
kurak orti ko’krak aylanasi o’lchanib, olingan natija 7-jadvaldagi raqamlarga 
solishtiriladi va molning tirik vazni kilogramm hisobida aniqlanadi. Bu usulda 
katta yoshdagi qoramol o’lchanadi.
3. Froveyn usulida
yosh qoramolning tirik vazni aniqlanadi. Bunda ham 
lenta bilan gavdaning qiya uzunligi va kurak orti ko’krak aylanasi o’lchanib, 
olingan natija 8-jadvaldagi raqamlarga solishtiriladi va molning tirik vazni (kg 
hisobida) aniqlanadi. 
Auditoriyada talabalar qoramolning tirik vaznini mulyajlarda, (mum qolipi) 
o’lchab topadilar va olingan natijalarni tarozida tortish natijalari bilan 
taqqoslaydilar. 
1-topshiriq
: 1 yoshgacha bo’lgan 2 bosh ho’kizcha va 2 bosh urg’ochi 
buzoqni taroziga tortib, so’ng ularning tirik vaznini Truxanovskiy va froveyn 
usullarida aniqlang, natijalarni usullar va tarozi ma’lumotlari bo’yicha solishtirib 
ko’ring. 
 
Qoramolning go’sht mahsuldorligi va uning sifatini o’rganish 
Darsning maqsadi
–molning go’sht mahsuldorligining ko’rsatkichlari bilan 
tanishish va uni semizligini aniqlashdan iborat. 
Darsning mazmuni va uni o’tkazish
– mollarning go’sht 
mahsuldorligining asosiy ko’rsatkichi quyidagilar – tirik vazn, so’yim vazn va 
so’yim chiqim, tanadagi muskul to’qimalarni, yog’ni va suyakni nisbati, 
go’shtning sifati, o’rtacha sutkalik o’sish, unga sarf qilingan ozuqa miqdori va 
hokazo. Qoramolning go’sht mahsuldorligiga ko’pgina omillar ta’sir ko’rsatadi; 
zot, yoshi, jinsi, semizligi, mollarning mahsuldorlik yo’nalishi, ularni o’stirish va 
bo’rdoqiga boqish sharoitlari, bichish va boshqa. 
So’yim vazni
so’yilgan molning boshi, terisi, ichak-chavoqlari va 
boqaylaridan (oldingi oyoqlari) kaft usti bo’g’imidan, (keyingi oyoqlari esa 
sakrash bo’g’imidan olib tashlangandan so’ng), tashqari qolgan nimtasining 
vaznidir. So’yim vazni kilogramm hisobida ifodalanadi. 


26 
So’yim chiqimi gusht nimtalari bilan ichki yog’ miqdori qo’shilmasining 
molni so’yishdan oldingi tirik vazniga bo’lgan nisbatidir. So’yim chiqimi foizda 
ifodalanadi. 
So’yim chiqimini to’g’ri aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish 
mumkin: 
Sch=
Gn+Yoo x100 
Tv 
bunda Sch-so’yim chiqimi, Gn-go’sht nimtasining vazni, Yoo-ichki yog’ning 
vazni, Tv-so’yishdan oldingi vazn. 
Mol go’shtini nimtadagi boshqa to’qimalardan ajratish usuliga va darajasiga 
ko’ra bir necha guruhga bo’linadi, ya’ni suyakli go’sht yoki nimtalari; laxm go’sht 
yoki suyakdan ajratib olingan go’sht; qora go’sht yoki yog’, pay, tog’ay va limfa
tomirlaridan tozalangan go’sht shular jumlasidandir.
So’yim chiqim ko’rsatkichi ko’pincha molning mahsuldorlik yo’nalishi va 
uni semizligiga bog’liq. Semizlik deganda muskul to’qimalarining rivojlanish
darajasi va teri ostida, muskul to’qimasida va molning ichki organlarida yog’ni 
to’planishi tushiniladi. 
Sutdor yo’nalishdagi voyaga yetgan mol yuqori semizlikda 50-55%, o’rtacha 
semizlikda 45-50 % va o’rtadan past semizlikda 40% ga yaqin so’yim chiqimga 
ega, go’shtdor molda esa bu ko’rsatkichlar tegishlicha 65-72,60-65 va 50-55%. 
Nimtadagi muskul to’qimasi suyaklar va yog’lar nisbatiga molning 
semizligi, maxsuldorlik yo’nalishi va yoshi ta’sir qiladi. 
Yaxshi semizlikdagi go’shtdor molda suyak miqdori jami nimtaga nisbatan 
12-15%ni, sutdor molda esa 18-21% ga teng. Yetarlicha semiz bo’lmagan sutdor 
molda suyak miqdori 30-34% ga yetishi mumkin. 
Mol go’shtining sifatini aniqlashda yana bir usuldan, ya’ni uning 
«marmarsimon» ko’rinishiga ega emasligidan foydalaniladi. 
«Marmarsimon» qavat-qavat xoldagi go’sht to’qimasi orasida yog’ 
joylashgan bo’ladi. Bunday go’sht mazali va to’yimli bo’ladi. Bunday xususiyat
asosan go’shtdor zot qoramollarda yaxshi rivojlangan. 
Agar go’sht tarkibida yog’ juda ko’p bo’lsa, u holda uning ta’mi pasayadi, 
xazm bo’lishi susayadi, bunday go’shtga talab oz bo’ladi. Asosan, 16-18 oylik 
novvoslardan sifatli go’sht olinadi. 
Ularning go’shti tarkibidagi oqsil va yog’ moddalar asosan teng (17-18%) 
bo’ladi. Bunday go’sht yetishtirish uchun buzoqlarni yoshligidan boshlab jadal 
boqish talab etiladi, shunda ular bir yarim yoshga borganda tirik vazni 400-450
kg ga yetadi. 

Yüklə 359,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin