“Odamcha” o‘yini
. Bunda o‘ng qo‘l ikkinchi uchinchi barmog‘i hamda
chap qo‘l ikkinchi uchinchi barmog‘i stol ustida xuddi odamdek bir-biriga
qarab yurib keladi. Yurish asnosida she’r, dialog aytish ham mumkin.
“Ko‘zoynak” o‘yini
. Bunda tarbiyachi qo‘lini ikkita dumaloq qilib ko‘ziga
olib keladi va bu xuddi ko‘zoynakni eslatadi. Bola ham do‘stlariga qarab,
uzoq dagi kemalarni ko‘z oldiga keltirib matn tuzadi.
Bolaga
rezina o‘yinchoqni bering
, u o‘yinchoqni siqadi keyin qo‘yib
yuboradi, yana siqadi yana qo‘yib yuboradi. Bu o‘yin barmoqlarni
9
chiniqtirishga yordam beradi. Qo‘l barmoqlari yordamida o‘ngga-chapga,
tepaga-pastga deb yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Bunda ham barmoq
harakatlanadi, ham o‘ng, chap, tepa, past tomonlar haqida tushunchaga ega
bo‘ladi. Bir tomoni bo‘shliqdan iborat o‘yinchoqlar qo‘yiladi. Bola esa
aynan shu o‘yinchoqlar ichini qumga to‘ldirishi kerak Masalan, bu
barmog‘im bobom Aziz aka, ikkinchisi buvim Mohira opa, uchinchisi dadam
Avaz, to‘rtinchisi oyim Umida, beshinchisi men. Bola bu gaplarni
gapirayotganida har bir barmog‘ini qimirlatib ko‘rsatib turadi. Bolaning
yoshi kattalashgani sari bajariladigan mashqlar ham murakkablashib boradi.
Masalan, kema to‘lqinsimon suvda suzayotganini ko‘rsat deyiladi. Yana
qog‘ozda nuqtalarni birlashtir deb bolaning ham qo‘li yozishga o‘rgatiladi.
Har bir mashq avvalida bolalar biroz qiynalishlari tabiiy. Ammo ularni qayta-
qayta bajargandan keyin albatta o‘rganib oladilar. Xotira, diqqat, va nutq
uchun javobgar nuqtalar aynan qo‘l barmoqlarida joylashganligini hisobga
olsak, maxsus mashqlar bolaning qo‘lini yozuvga tayyorlaydi, nutqini
rivojlantiradi.
|