8
MAYDA MOTORIKA
Qanday rivojlantiramiz?
Bola qo‘lidagi mayda motorikani qachondan rivojlantirish kerak? Bu
savolga javob sifatida mutaxassislar hatto beshikdagi bola barmoqchalarini
uqalab gimnastika qildirishni boshlash kerakligini aytishadi. Shu yo‘l orqali
biz bolaning miyasiga ta’sir o‘tkazib, barmoqlarni
rivojlantirish orqali
miyadagi nutq markazlariga ijobiy ta’sir o‘tkaza olamiz.Ba’zida bolalar tufli
bog‘ichini bog‘lashni, tugmani qadashni eplolmaydilar. Bu esa o‘sha bolada
mayda motorika yaxshi rivojlanmayotganligini bildiradi. Shunday ekan,
farzandingiz tugma qadashga qiynalayotganini ko‘rdingizmi,
u bilan har
kuni shug‘ullaning.Masalan, “
Barmoqlar so‘rashadi” mashqini
bajaring.
Bunda o‘ng qo‘lning ikkinchi barmog‘i chap qo‘lning
barcha barmoqlari
bilan salomlashib chiqadi. Keyin chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i o‘ng
qo‘lning barcha barmoqlari bilan so‘rashib chiqadi. So‘rashish asnosida bola
nafaqat qo‘lini qimirlatadi, balki gapirib, so‘zlar bilan ham qo‘llab-quvvatlab
turadi.
Dostları ilə paylaş: