3
KIRISH
Mazkur dastur o„zbek tilining tarkibiy qismi bo„lgan fonetika, grafika,
orfoepiya, orfografiya,
leksikologiya, leksikografiya, grammatika (morfologiya va
sintaksis), morfemika, so„z
yasalishi, punktuatsiya, uslubiyat, til tarixi bo„limlarini
o„z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu dastur o„zbek tilining tarkibiy qismidan olingan
mavzular bo„yicha talabalarning bilim va ko„nikmasini aniqlash vazifasini ko„zda
tutadi. Dastur 5120101 – Filologiya va tillarni o„qitish (o„zbek tili), 5A120102 –
Lingvistika (o„zbek tili) yo„nalishining O„zbekiston Respublikasi Davlat ta‟lim
standartiga asoslangan holda, “ Ta‟lim to„g„risida” gi qonun va “ Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” talablariga mos ravishda mutaxassis egallashi zarur bo„lgan
fanlarning amaldagi namunaviy dasturlari asosida tuzilgan.
ASOSIY QISM
I. Kirish
1.1. Dasturning maqsadi. Hozirgi kunda o„zbek tili va adabiyoti bo„yicha
ilmiy tadqiqot olib bormoqchi bo„lgan mutaxassislar
uchun amaliy tilshunoslik,
matn tilshunosligi, o„zbek tili leksikologiyasi,
sistem tilshunoslik asoslari, sintaktik
nazariyalar, morfemik
va morfologik nazariyalar, leksikani tizim sifatida o„rganish,
o„zbek adabiyoti tarixi va bugungi taraqqiyotini, o„zbek folьklori, adabiyotshunoslik
nazariyasini chuqur bilish muhim sanaladi.
Amaliy
tilshunoslik, matn tilshunosligi, o„zbek tili leksikologiyasi,
sistem
tilshunoslik asoslari, sintaktik nazariyalar, morfemik va morfologik nazariyalar,
leksikani tizim sifatida o„rganishda tilning belgilar tizimi ekanligi, uning ichki
tuzilishi,
tilning vazifalari, adabiyotshunoslik nazariyasi, o„zbek folьklori, o„zbek
adabiyoti tarixi kabi fanlarda o„zbek adabiyotining tarixiy
taraqqiyoti va takomili,
uning millat ruhiyati va madaniyatini aks ettirishdagi ahamiyati keng yoritiladi.
Dostları ilə paylaş: