4
Fanlararo bog„lanish − dastur turkiy tillarning
qiyosiy-tarixiy grammatikasi,
tilshunoslik
nazariyasi, o„zbek dialektologiyasi, til tarixi, hozirgi o„zbek adabiy tili,
adabiyot nazariyasi, o„zbek ixalq og„zaki ijodi, hozirgi adabiy jarayon kabi fanlar
bilan chambarchas bog„langan.
1.2.Katta ilmiy xodim-izlanuvchilik institutiga kiruvchilar bilimlariga
qo„yiladigan talablar:
− tilshunoslikning bugungi taraqqiyoti va dolzarb vazifalarini chuqur bilish;
− tilning ichki tuzilishini tahlil qilish;
− tilning vazifalari to„g„risida bilimga ega bo„lish;
− amaliy tilshunoslik sohalarini o„rganish;
− lisoniy didaktika va uning mohiyatini anglash;
− psixolingvistika asoslarini anglay olish;
− lingvomadaniyatshunoslik va pragmalingvistikaning ilmiy va amaliy
asoslaridan boxabar bo„lish;
− tilshunoslikning ilmiy tadqiqot metodlari va metodologiyasini to„g„ri qo„llay
bilish.
− matn tilshunosligi muammolari borasida bilimga ega bo„lish.
II. ASOSIY QISM.
1.O„zbek
tilshunosligining
dolzarb
masalalari.
Sistem-struktur
tilshunoslik va o„zbek tilshunosligi. Tilning sistemaviy tabiati.
Til va nutq
dixotomiyasi. O„zbek tilshunosligining muammolari. O„zbek tilshunosligi va uning
taraqqiyoti, dolzarb vazifalari. Antropotsentrik paradigma va o„zbek
tilshunosligida
uning qo„llanishi.
Til birliklari va ularning ilmiy talqinlari
.
Til
va
nutq
antinomiyasi. Til va nutq haqidagi ilmiy qarashlar. Tilshunoslikda so„z masalasi va u
haqidagi nazariy qarashlar. O„zbek tilida so„z turkumlari tasnifi va bu boradagi
nazariy qarashlar hamda muammolar.
Tilshunoslikning tadqiq metodlari. An‟anaviy
va sistem-struktur tilshunoslik. Qiyosiy-tarixiy metod. Ilmiy lingvistik paradigmalar.
Lingvopoetika va u o„rganadigan masalalar. O„zbek lingvopoetikasining
vazifalari
va muammolari.paralingvistika. Pragmalingvistika. Psixolingvistika. Tilning tadqiq
muammolari