Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O`zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog’liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo`jalik yurituvchi sub`ekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarini kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta`minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan bog’liqligini tushunib olish qiyin emas. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma`lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini o`rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.
Investitsiyalar - qayta ishlab chiqarishdan ortgan va endilikda uni kengaytirish, qo’shimcha daromod olishga yo’naltirilgan mablag’’lar (investitsiyalar) iqtisodiyotning hajm jihatdan o’sishini, ya’ni, yangi korxonalarning qurilishi, asbob-uskunalar keltirilishi, yangi ish o’rinlarining yaratilishi ta’minlaydi. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomondan, investitsiyalar faqatgina iqtisodiyotdan tashqari so’gliqni saqlash, ta’lim, infratuzilmani yaxshilash (m.s qishloqlarda turmush tarzini oshirish), ichimlik suvi va atrof muhitni muhofazalash kabi muammolarning ham yechuvchisi sanaladi.
Kurs ishining maqsadi:Mamlakatimizning investitsion faoliyati va iqtisodiyotimizni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rnini tahlil qilish, ushbu mavzuni o’qitish uslubiyotini yaratish.
Kurs ishining vazifasi: Qo’yilgan maqsadga erishish quyidagi vazifalarning yechimi bilan bog’liq:
Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish sabablarini o’rganish;
Mamlakatimizda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish;
Respublikamiz makroiqtisodiy investitsion faoliyati statistik ko’rsatkichlari bilan tanishish va ularni tahlil qilish;
Mamlakatimizning xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan hamkorligi va istiqboldagi rejalarini o’rganib chiqib, tahlil qilish.
Kurs ishining ob’ekti: Kurs ishining ob`ekti etib "Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda korxonalarda xorijiy investitsiyalarning o’rni” va bu masalani o’qitish uslubiyoti olindi.