Mutaxassislik fanlari



Yüklə 89,18 Kb.
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü89,18 Kb.
#195604
  1   2   3   4   5
Sheraliyev Bahtiyorjonning Moliya fanidan Kurs ishi





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ANDIJON FAKULTETI

MUTAXASSISLIK FANLARI” KAFEDRASI


MOLIYA ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “KORXONA INVESTITSION SIYOSATINI SAMARALI TASHKIL ETISH MASALALARI”
Bajardi: Sheraliyev Bahtiyorjoning
Guruh: SMMT 97/21 sirtqi 3-kurs


Ilmiy rahbar: A.Tuychiyev


Andijon 2023

REJA:


Kirish



  1. Korxonalar investitsion siyosatning mazmun mohiyati va Investitsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishi.

  2. Korxonani rivojlantirishda investitsiya strategiyasining roli hamda strategik rivojlanish tizimidagi o’rni.

  3. Investitsiya strategiyasining vazifalari

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida milliy iqtisodiyotning modemizatsiyalashuvi va jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p jihatdan to ‘g‘ri va asoslangan investitsiya siyosatiga bog'liqdir. Mamlakatimizda investitsion faoliyatni iqtisodiy m uhit shart- sharoitlariga muvofiq rivojlantirish, ularni jamiyat iqtisodiy hayotining barcha jabhalaridagi faolligini ta’minlash, milliy ishlab chiqarish jarayonining modemizatsiyalashuvi hamda barqaror iqtisodiy o'sishni ta’minlaslining mulum omillaridan biri bo'lib kelmoqda. Shuning uchun ham hukum atim iz tom onidan har yili amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning kun tartibidagi asosiy masalalaridan biri bo'lib, investitsiyalarni mamlakat milliy iqtisodiyotiga jalb qilish masalasi turibdi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga oshib borm oqda. Buni 2010-yilda kiritilgan jam i investitsiyalar hajmidan ham bilib olish mumkin. Raqamlarga nazar soladigan bo'lsak, o'tgan 2010-yilda 9 milliard 700 million AQSH dollariga teng bo'lgan investitsiyalar o'zlashtirilgan bo'lsa, bu ko'rsat­ kich 2009-yilga nisbatan 13,6 foizga ko'p ekanligidan dalolatdir. Ushbu investitsiyalarning salkam 72 foizi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga, jumladan, 38 foizga yaqini asbob-uskuna va ilg'or texno- logiyalar sotib olishga yo'naltirildi. Shu boradagi umumiy qo'yil­ malar hajmida xorijiy investitsiyalar va kreditlar ulushi 28,8 foizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdori 2 milliard 400 million dollardan ziyodni tashkil etdi.
Yurtimizda o ‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosat jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiya jarayonini faqat davlatning tarkibiy tuzilishi bo'yicha emas, balki xususiy sektor darajasida ham jadallashishini nazarda tutadi. Ochiq bozorning faoliyat ko'rsatishi uchun yarati­ layotgan sharoit G'arb va Sharq ishbilarmonlarining mamlakatimizga qiziqishini uyg'otmoqda. Bugungi kunda bizning tadbirkorlarimiz ham xorijiy investorlami hamkorlikka jadal jalb etmoqda.
Ayni damda, xorijiy investitsiya korxonalarini barpo etish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga olmoqda: korxonani tashkil etish sabablarini inobatga olish; ishonchli sherik tanlash; xorijiy investitsiyalar ishtiro­ kidagi korxona barpo etish haqida qaror qabul qilish.
Zero, birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, barcha mo­ liyaviy manbalar hisobidan texnik va texnologik qayta jihozlash uchun yo'naltiriladigan investitsiyalar hajmi 3 milliard 800 million dollardan oshgani yoki 2010-yildagi barcha kapital qo'yilmalarning 37,5 foizini tashkil etgani prinsipial muhim ahamiyatga egadir.
Kurs ishining maqsadi - korxona investitsion siyosatini samarali tashkil etish masalalarini o’rganib chiqish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Investitsiyalarni davlat tomonidan tartibga solish;

  • Korxonani rivojlantirishda investitsiya strategiyasining roli;

  • Investitsiya strategiyasining vazifalari;

  • Korxonaning investitsiya siyosati;

  • Real investitsiyalarni boshqarish jarayonining mazmuni;

  • Moliyaviy qo’yilmalarning shakllari va xususiyatlari.

Shuni alohida qayd etish lozimki, O'zbekiston Respublikasining hozirgi kunda iqtisodiy, tabiiy va mehnat resurslariga boy salohiyati e’tiborga olinsa investitsiya siyosati ko'magida erishilgan yutuqlarga nisbatan, hali amalga oshirilishi zarur bo'lgan moliyaviy chora tadbir- lar ko'p ekanligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin.
Kurs ishi kirish, ikki bob, to’qqizta paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.

Yüklə 89,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin