Mutaxassislikka kirish


-mavzu «REYTING TIZIMINI TAShKIL QILISh VA YaKUNIY DAVLAT ATTESTATsIYaLARINI TOPShlRISh TARTIBI



Yüklə 226,2 Kb.
səhifə31/44
tarix16.12.2023
ölçüsü226,2 Kb.
#182029
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

6-mavzu «REYTING TIZIMINI TAShKIL QILISh VA YaKUNIY DAVLAT ATTESTATsIYaLARINI TOPShlRISh TARTIBI».
1. Reyting tizimi va uning o'quv jarayonida tutgan o'rni.
Reyting tizimi haqida fikr bildirar ekanmiz, bu tizim «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» tomonidan 1997 yildan boshlab amalda qo'llashga kirishilgan.
Bizga ma'lumki, reyting tizimidan oldin bizda baho sistemasiga asoslangan ta'lim jarayoni o'rnatilgan edi. Bu sistemaning o'ziga xos kamchiliklari bor edi, chunki baho tizimiga asoslangan o'qitish dasturida o'quvchilar unchalik ko'p izlanishmas edi, chunki muallim dars jarayonida boladan bir, ikki, oshib borsa to'rt yoki besh marotaba so'rashi mumkin edi.
Bu holda muallim ham bolalardan unchalik ko'p so'rashga tirishmas edi, o'zidan-o'zi ma'lumki ikkita, uchta so'rash bilan o'quvchiga bahoni shu natijalarga asoslanib qo'yib qo'ya qolar edi.
O'z yo'lida o'quvchi ham uncha ko'p izlanmas, baho oldim deb keyingi darslarga tayyorlanmay kelishi mumkin edi. Bu esa, har taraflama reyting tizimiga nisbatan qoloq tizim edi.
Reyting tizimi, O'zbekistonda qo'llanishidan oldin chet el mamlakatlarida qo'llanilagan, yetarlicha tajribadan o'tkazilgan. U barcha institut, universitet, maktab, kollej va boshqa ta'lim muassasalarida qo'llanilgan va o'ziga xos ijobiy natijalarga erishilgan.
O'zbekistonda ham bu ta'lim muassasalaridan o'rnak olingan holda ta'lim sistemasiga kiritildi.
Reyting sistemasining baho sistemasiga nisbatan o'ziga xos ijobiy omillari mavjud:
  1. Ta'lim sistemasi tomonidan belgilangan ball joriy qilingan va muallim bu balni


    yig'ish uchun o'quvchilardan ko'proq so'raydi.
  2. O'quvchi ham o'z navbatida belgilangan ballni hammasini yig'ish uchun har


    darsda tayyor bo'lishga intiladi va o'zidan domlani ko'proq so'rashga undaydi.
  3. Baho sistemasida tarkibiy uch, to'rt, besh deb tarkibiy baho qo'yilsa, reyting


    sistemasida minimal yoki maksimal uch, to'rt, beshlar kiritilgan ya'ni 56, 6 dan 72,
    0 gacha 3; 72, 1 dan 86, 0 gacha 4 va 86, 1 dan 100, 0 gacha 5 baho kiritilgan.

Xullas, reyting tizimining ana shunday o'ziga xos ijobiy xususiyatlari bor. Bundan tashqari dars jarayonida ham ma'lum ball belgilanadi va o'qituvchi o'quvchidan javob berganiga qarab, belgilangan balni ma'lum foizga ajratib qo'yadi, ya'ni to'rt yoki besh baho qo'yilsa, u minimal yoki maksimal bo'lishi mumkin.


Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, davlatimiz tomonidan amalga kiritilgan bu tizim nafaqat o'quvchini o'qishga undashga, fanimizni chuqur o'zlashtirishga, balli baholash tizimida o'ziga xos adolatlilik aks etishiga yo'l ochib beradi.
Shu o'rinda, shuni takidlash lozimki, iqtisodiyot institutlarida va boshqa ko'p institutlarda matematika umum ta'lim kursi sifatida o'tiladi. Boshqacha aytganda matematikadan boshqa iqtisodiyot fanlarini o'tishda «kalit» sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari, matematika fani talabalarning mantiqiy fikr yuritish qobiliyatini oshiradi, mustaqil ravishda adabiyotdan foydalanishga, o'z vaqtini rejali ravishda
omilkorlik bilan sarf qilishga o'rgatadi. Matematika fani shunday fanki, uni sistemali ravishda o'qib, o'rganib borish kerak. Наг bir o'qitiladigan mavzu oldingi va keyingi o'qitiladigan mavzular bilan uzviy bog'liq bo'lganligi uchun ularning har birining o'z vaqtida o'zlashtirib borish kerak.
Shu sababli «Ta'lim to'g'risida» gi qonunga asosan institutlarda joriy qilingan talabalarning bilimini baholash reyting tizimi asosida amalga oshira boshlaganligi ayniqsa, matematika fanini o'tilgan har bir mavzuni o'qitish va o'rgatishda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Reyting tizimi o'tilgan har bir mavzu talabalar tomonidan qanday o'zlashtirilganligini baholash imkonini beradi.
Darslarni o'zlashtirish jarayoni uzluksiz ravishda baholab borish talabalarning kundalik darslarini o'zlashtirib borishga, konspekt kitob ustida har kuni ishlab borishga undaydi, natijada, uning bilimi uzluksiz ravishda olib boradi.
Har oyda bir marta amalga oshiriladigan joriy baholash talabalarning kundalik bilimini, ularning auditoriyadagi mustaqil ishini va uy vazifalarining bajarilishi darajasini baholasa, har yarim yilda ikki marta o'tkaziladigan oraliq baholash ma'lum bir mavzu yoki fanning qismi bo'yicha talabaning nazariy bilimini baholaydi. Oraliq baholash test yordamida, kollokvium yoki «tayanch» so'z va iboralar bo'yicha yozma ish shaklida o'tkaziladi.
Joriy va oraliq baholashlarda to'plagan asosiy reyting baliga qarab hamda talabalar bilimini reyting asosida baholash uchun o'tkaziladigan maxsus mezon va saralash intervallari asosida talabalar bilimi baholanadi, masalan:
72 soatga mo'ljallangan «Oliy matematika», «Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» va «Matematik programmalash» kurslarida joriy va oraliq baholashlarga 50 ball, yakuniy baholashga esa 22 ball ajratilgan. Yakuniy baholash fan bo'yicha tuzilgan tayanch so'z va iboralarga asoslangan yozma ish ko'rinishda o'tkaziladi hamda kafedra tomonidan tasdiqlanga maxsus mezon asosida baholanadi. Toshkent Moliya institutida 5 yil davomida talabalar bilimi reyting tizimi asosida nazorat qilinmoqda. Reyting 3 bosqichda - joriy - oraliq - yakuniy nazorat ko'rinishida amalga oshirilib, ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Jumladan, matematika fanidan talabalarning bilimini oshirishda, ularni matematika faniga bo'lgan qiziqishini oshirishda katta rol o'ynamoqda.
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida jamiyatimiz hayotining siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va ta'lim sohalarida erkinlashtirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berilgan. Unda o'tayotgan har bir kun, tinim bilmas vaqt bizni XXI asrga tobora yaqinlashtirayotgani, shu munosabat bilan «Biz kelgusi asrga o'zimiz bilan nimalarni olib o'tishimiz mumkin va zarur? Yangi ming yillikda qanday muammolarni yechimi bizning diqqat e'tiborimiz markazida turmog'i lozim» degan savollarga javob izlashga to'g'ri kelayotganini ta'kidlab o'tilgan.
Prezidentimiz tomonidan bayon qilingan islohotlarni chuqurlashtirish, XXI asr bo'sag'asida jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish dasturi va ustivorliklari undan kelib chiqadigan vazifalar aniq belgilab berilgan bo'lib mamlakatimiz istiqboli yoki avlodning qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo'lib voyaga etishiga, ma'naviy-ahloqiy jihatdan yuksak, yetuk
bilimiga ega, jismonan sog'lom bo'lishlari uchun qayg'urish va kurashishni asosiy vazifa qilib qo'ymoqdalar.
Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilgari surilgan nazariy va amaliy g'oyalarini atroflicha chuqur o'rganish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillatirish va samarali oshirish ularni hayotga tatbiq etishda oliy ta'lim sohasi vakillarining faol ishtirok etishi muhim va dolzarb vazifadir.
Xulosa qilib, shuni ta'kidlash mumkinki, yuqorida aytilgan fikr-mulohazalar asosida talaba-yoshlaming ilm olishlari, o'z mutaxassisliklari bo'yicha bilimlarini yanada oshirishlari, mustaqil ilmiy mulohazalarni tashkil etishlari uchun har bir kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan ilmiy to'garaklar ishini jonlashtirish zarurdir.

Yüklə 226,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin