Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org
3. Talabalarning uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish. Fanlar bo'yicha ilmiy to'garaklarni tashkil etish. O'n to'rt yillik mustaqil hayotimiz bu muhim tamoyillami bizning sharoitimizda naqadar to'g'ri ekanligini tasdiqladi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya sohasida ham belgilanayotgan islohotlarni hayotga tatbiq qilishda mana shu printsip -islohotlarni bosqichma-bosqich o'tkazish printsipi qo'yilgan.
Birinchi bosqich - o'tish davri bo'lib, u 1997-2001 yillarda, ya'ni to'rt yil davomida joriy etiladi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun huquqiy-me'yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish lozim. Bu bosqichda, asosan, quyidagi vazifalarni bajarish lozim.
Milliy dasturni amalga oshirishning boshlanishi: yangi talablarga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlash; O'quv standartlarini yaratish va yangi dasturlar ustida ishlash; umumta'lim maktablarini tuzilish jihatidan qayta qurish; uch yillik ta'lim - o'rta maxsus va kasb-hunar bilim yurtlari tizimiga zamin tayyorlash; uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimiga asos solinadigan tadbirlarni amalga oshirish; ijtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalarni echish bosqichi.
Ikkinchi bosqich - 2001-2005 yillarni o'z ichiga oladi. Bunda milliy dasturni keng miqyosda to'liq amalga oshirishga erishish darkor. Tabiiyki, tizim faoliyatining samaradorligini; mehnat bozorini inobatga olib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, dastur g'oyalari va qoidalariga tegishli o'zgartirishlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich - 2005 yil va keyingi yillarga mo'ljallangan bo'lib, unda to'plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida o'zgaravchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni e'tiborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish zarur. Umumlashtirilgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko'rsatishining asosiy tamoyillari quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:
barcha xil va turdagi ta'lim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash uchun uzluksiz ta'lim fondi ishlab chiqarish salohiyatidan samarali
foydalanish;
davlat ta'lim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko'rsatish mexanizmini
ishlab chiqish;
ixtisosliklar, malaka darajasiga ko'ra mutaxassislarga bo'lgan umumdavlat va
mintaqaviy ishlovlarning istiqbolini aniqlash;
ta'lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o'qituvchilarni va
murabbiylarni qayta tayyorlash;
davlat va ijtimoiy muassasalarning kasbga yo'naltirish bo'yicha faoliyatini
takomillashtirish. Bunda kasb tanlashning bozor ehtiyojlari va imkoniyatlarini
e'tiborga olish zarur, toki har bir shaxs o'zgarmas kasbni egallay olsin;
o'quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ahloq, ma'naviyat va ma'rifat,
ta'lim muassasalarining, birinchi navbatda umumta'lim maktablarini davlat
tomonidan moliyaviy va moddiy-texnikaviy to'liq ta'minlash me'yorlarini
oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish;
kadrlar tayyorlash tizimi iste'molchilari-korxonalar, muassasalar, firmalar,
hissadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa tuzilmalarning imkoniyatlaridan,
birinchi navbatda, o'rta maxsus kasb-hunar o'quv yurtlari va oliy o'quv
yurtlarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash uchun mumkin qadar
kengroq foydalanish;
kadrlar tayyorlash va ta'lim sohasiga chet el sarmoyalari, halqaro donorlik
tashkilotlari va jamg'armalarining mablag'larini jalb etish;
qonun doirasida o'quv rejalari, dasturlari va o'qitish yo'riqlari, ta'limiy
xizmatlarni belgilashda ta'lim muassasalariga, birinchi navbatda, oliy o'quv
yurtlariga mustaqillik berish va o'zini o'zi boshqarish usullarini joriy etish.
Tabiiyki, bunday murakkab vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamiyatning
mas'uliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, ilmiy-amaliy konferentsiyalarning o'tkazilishi kadrlarning intellektual salohiyatini, fikrlarini, aqlini charxlaydi.
Toshkent Moliya instituti kafedralari tomonidan ayniqsa, mutaxassislik kafedralarida fan yo'nalishlari bo'yicha ilmiy to'garaklar tashkil etilgan va har bir o'z ustida ishlovchi talabalar bu to'garaklarga a'zo bo'lishlari mumkin. To'garaklarda tashkil etilgan ish faoliyatlari orqali talabalar o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan mavzularni o'rganishlari hamda mustaqil ilmiy ish bilan shug'ullannishlari mumkin.
Ushbu to'garaklar talabalarga yangi ma'lumotlar beradi va mutaxassislarni ko'proq izlanishlarga undaydi.