Mutaxassislikka kirish



Yüklə 226,2 Kb.
səhifə26/44
tarix16.12.2023
ölçüsü226,2 Kb.
#182029
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

O'rta asrlarga kelib, cherkovlar Yevropada asosiy ta'lim markazlariga aylandi. Avliyolar va monarxlar cherkovda ishlash bilan birga yozish va kitob yasash, yozganlarini kitob shakliga keltirishni ham o'rgandi. O'tgan davrlarda kitoblarning katta qismini, kitob yozishning mutaxassisi hisoblangan hattotlar yozgan. Bu davrda Yevropada dinning jamiyatda tutgan o'rni katta bo'lgan. Shu sababli, hattotlar ko'pincha diniy kitoblar, ya'ni «Bibliya» bilan aloqador bo'lgan kitoblarni yozganlar va din asosida ijod qilganlar.
Diniy kitoblar bilan bir qatorda hattotlar Grek va Rim faylasuflarining asarlarini ham qaytadan kitob qilib tiklaganlar. Bu kitoblarga ko'plab rangli suratlar va voqealarning tasvirlari chizilgan. Bu kitoblar orasida oltin bezaklar bilan bezalgan rasmlar ham mavjud.
7-asrning oxiriga kelib, o'qishni osonlashtirish uchun punktuatsiya belgilari va bosh harflaridan foydalanila boshlandi va har bir so'zdan keyin belgili masofa tashlab keyin ikkinchi so'zni yoza boshladilar.
13 asrga kelib hozirgi kunda qo'llanilgan qog'ozlarning dastlabki shakli paydo bo'lgan. Qog'ozlar terilardek mustahkam bo'lmasa ham, ular terilarga nisbatan ancha arzon bo'lgan. Kitoblar uchun qog'oz ishlab chiqarish g'oyasi dastlab xitoyliklardan
1105-yilda chiqqan.
14 asrga kelib adabiyot fanining rivojlanishi natijasida kitoblarga bo'lgan talab ancha kuchaydi. Insonlar kitob chiqarishning oson, arzon va tez yo'lini qidira boshladilar.
Bosmaxonadan chiqqan kitoblar tarixi 868-yildan boshlanadi. Bu yil xitoyliklar «Butra almozi» deb nomlangan. Bunday kitoblarni tayyorlash uchun dastlab tekstlar yog'ochga o'yib yozilgan va yog'ochga siyoh surilib uni kog'ozga bosib chiqargan. Bu usul Yevropada 1300 yillarga kelib tarqala boshladi. 1500 yillarga kelib deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida bosmaxonalar mavjud bo'lgan. Bu borada nemis millati biroz oldinda yurishgan.
1465-yili nemits fiiqorosi Italiyada birinchi bosmaxonani ochdi. Italiyaning shimoliy markazi hisoblangan Venetsiya kitob bosib chiqarish va uni sotish bilan dunyoga mashhur bo'lib ketdi.
1470-yilga kelib Frantsiyalik muharrir Nikolats Jenson eng zo'r kitob dizayneri degan nom bilan mashxur bo'ldi. «Edlain press» 17-18 asrlarga kelib Yevropada o'qishni va yozishni biladigan odamlar soni ko'paya boshladi va kichkina va arzon kitoblar ko'p sonda bosilib chiqarila boshlandi.
AQSh da birinchi bosmaxona 1539-yil Mexiko Siti shaharida ochildi. 1763 yilga kelib, Amerikadagi barcha 13 kaloniyada bosmaxona mavjud bo'ldi. 1800-yillarga kelib, bosmaxonalarda yangi ixtirolar kashf etila boshladilar. Mexanik mashinalar kashf etildi, bug'ga asoslangan bosmaxona, qog'oz ishlab chiqarish rivojlandi va kitoblarni to'plash mashinalari kashf etildi.
Bu davrda sirtqi qobig'i qog'ozdan bo'lgan arzon kitoblar soni oshib bordi. 1935-yilga kelib, hozirgi kundagi eng mashhur kitoblardan hisoblangan «cho'ntak kitobi»ni Amerikalik redaktorlar bosib chiqardi.
1900-yillarga, kelib, kitob chiqarish «mexanizatsiyalashgan sanoat»ga aylangan desak xato qilmaymiz. Hozirgi kunda kitoblarning deyarli barchasini kompyuterlar orqali chiqarildi. Kitoblar «litograf» deb ataladigan rangli foto bosma toboqlarda bosilib chiqariladi. Yangi zamonaviy texnikalar orqali biz rangli, chiroyli, arzon va dizaynlashtirilgan kitobni faqatgina bir amalni bajarish natijasida chiqarishimiz mumkin. Yangi ixtirolardan yana bin bu gapiradigan kitoblardir, bu kitoblar ko'r kishilarga, ko'zi ojizlarga juda qo'l kelmoqda.
Demak, xulosa qilib aytadigan bo'lsak, kutubxona insoniyat yaratgan ezgu ishlardan eng oliysi. Biz vatanimizdagi har bir kutubxonani o'z uyimizdek asrashimiz kerak.

Yüklə 226,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin