Mutaxassislikka kirish



Yüklə 226,2 Kb.
səhifə25/44
tarix16.12.2023
ölçüsü226,2 Kb.
#182029
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

KONGRESS Kutubxonasi Kongress kutubxonasi Kapitoliy binosining sharqiy qismida joylashgan. Kutubxona byudjeti o'zining kattaligi jihatdan dunyo kutubxonalari ichida o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Kutubxonada 100 mln. nusxadagi maqola, turli mavzudagi 29 mln. kitoblar mavjud. Bundan tashqari u yerda turli haritalar, musiqa kompozitsiyalari, fotografiyalar mavjud.
Kutubxonadan Amerika hayoti va madaniyati to'g'risida to'liq ma'lumot olishingiz mumkin. Ayniqsa, har bir prezident haqida, Jord Vashingtondan to Kalvin Kulidj haqida to'liq va qiziqarli ma'lumotlar mavjud. Kutubxona kollektsiyalarida Xitoy, Yaponiya, Rossiyaga oid informatsiyalar ham keragicha topiladi. Kutubxonaning birinchi navbatdagi majburiyati AQSh Kongressiga ilmiy jihatdan yordam berishdir. Lekin, u milliy kutubxona vazifasini ham bajaradi. Bosh kutubxonachini AQSh prezidenti tayinlaydi va u Senat a'zosi hisoblanadi.
Kongress kutubxonasi 1800 yilda tashkil etilgan. Kutubxonaning afzalliklaridan bin, bu yerda turli toifadagi kishilar, nogironlar va ko'zi ojizlarga ham
turli imkoniyatlar mavjud. Kutubxonada kitoblar 21 alfavit, narfi bo'yicha fan tarmoqlariga ajratilgan. Masalan :
A - umumiy masalalar
В - Filosofiya, Sotsiologiya va diniy masalalar
С dan F gacha - Tarix
G - Geografiya, Antrapologiya
H - Ijtimoiy masalalar
J - Siyosiy masalalar
К - Xuquq
L - Ta'lim
M - Musiqa
N - San'at
6. Kutubxonadan foydalanish yo'llari va ahamiyati.
Kutubxonaning kishi ongini shakllantirish va rivojlantirishda, kishilaming fikrlash qobiliyatlarini chuqurlashtirishda, uning komil inson bo'lib yetishishidagi tutgan o'rni juda katta. Наг bir inson kim bo'lishidan, qanday sohada ish yuritishidan qat'iy nazar, kitoblardagi bilimlarga tayanadi va kutubxona fondidan foydalanadi.
Kutubxona bu kitoblarning, qo'lyozmalarning qog'ozga yoki boshqa narsalarga yozib qoldirilgan ma'lumotlarning yig'indisi hisoblanadi.
Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida kutubxonalardan ma'lumot almashish, aloqa vositalari va ta'lim sohasida keng foydalanadi. Kutubxonalardan har xil jabhalarda faoliyat yurituvchilar, ya'ni talabalar, o'qituvchilar, olimlar, tadbirkorlar va mamlakatni boshqarish apparatida mehnat qiladigan xodimlar va boshqalar foydalanadi.
Ko'plab odamlar kutubxonalardan o'z ixtisosliklaridan boshqa sohalar haqida qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lish uchun va bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish uchun va bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish uchun ishlatadi.
Talabalar kutubxonalardan, asosan, gazeta-jurnallar o'qish, leksiyalarni to'liqlashtirish, mustaqil bajarish uchun berilgan vazifalarni bajarish uchun foydalanadi.
Kutubxonalarning madaniy, tarixiy urf odatlarimizni, tariximiz haqidagi ma'lumotlarni saqlashda va kelajak avlodga yetkazishda tutgan o'rni katta. Masalan, bizgacha tariximizga taalluqli ko'plab kitoblar, qo'lyozmalar, yozma yodgorliklar yetib kelgan. Bebaho diniy kitoblarimiz «Avesto» va «Qur'onu Karim» bunga misol bo'la oladi. Shu bilan tengi yo'q allomalarimizning, ya'ni Al-Xorazmiyning «Aljabr «, Beruniyning «Geodeziya», «Hindiston o'tmishi» ajdodlarimizdan yodgorlik», Ibn Sinoning «Al qonun fit tib», Yusuf Xos Xojibning «Kutadg'u bilik», Muhammad Qoshg'ariyning «Devoni lug'at at turk», Alisher Navoiyning ko'plab g'azalu dostonlari bizga o'tmish bilan aloqa vositasi hisoblangan kitoblar orqali yetib keldi. Kitoblar bizga o'tmishimizni, davlatchiligimiz tarixini, mashhur tsivilizatsiyalarni o'rganishda, o'tmishda yo'l qo'yilgan xatolarni kelajakda qaytarmaslik uchun yordam beradi.
Zamonaviy kutubxonalar oldingilardan nafaqat mazmuni, turlari bilan, balki undagi xizmat ko'rsatishi, kitoblar sifati bilan ham ajralib turadi. Zamonaviy kutubxonalarda kitoblar bilan bir qatorda qo'shimcha ma'lumot beruvchi materiallar ko'plab faktlarga moslangan statistik ma'lumotlar, gazeta-jurnallar, broshyuralar va kompyuterlar bor. Audio va video materiallarga har xil kompakt disklar, oddiy disklar, audio magnitofonlar, video magnitofonlar, filmlar, haritalar va rasmlar kiradi. Bular fan-texnikaning oxirgi yutuqlaridan bo'lib, ular o'quvchining yangi ma'lumot qabul qilishini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bularning hammasi talaba yoki foydalanuvchining vaqtini kam sarf qilishga olib keladi va foydalanuvchining qo'shimcha vaqti ko'proq bo'ladi.
Kitoblarning paydo bo'lishi yozuvning paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liq hisoblanadi. Yozuv bundan 6 ming yil, miloddan awalgi 4 ming yilda o'sha davrning madaniyat o'chog'i hisoblangan Mesopatomiyada paydo bo'lgan. Keyinchalik shu yozuv asosida toshlarga, terilarga, yog'ochlarga va keyinchalik qog'ozlarga har xil
ma'lumotlarning yozilishi dastlabki kitoblarning pay do bo'lishiga olib keladi. Kitob deganda, qog'ozga yoki boshqa materiallarga yozilgan, bosmadan chiqarilgan va shularning bir tomonini mustahkamlanib ikkinchi tomonidan ochish mumkin bo'lgan narsani tushunamiz. Ko'pincha kitob tashqi himoya qobig'ida bo'ladi. Kitob ma'lumotlarni saqlash, ma'lumotni tashish uchun eng arzon va qulay vosita hisoblanadi.
Bizgacha birinchi paydo bo'lgan kitob to'g'risida ma'lumotlar yetib kelmagan, lekin dastlabki kitoblar miloddan avvalgi 2700-yilda Misrda paydo bo'lgan. Misrliklar Nil daryosi bo'yida o'sadigan papiras daraxtidan xat yozish vositasi sifatida foydalanganlar. Ingliz tilida qog'oz degan ma'noni bildiradigan « page « so'zi ana shu «papiras» so'zi asosida paydo bo'lgan. Misrdan topilgan eski kitoblar asosan uzun, o'ralgan papiras daraxtidan tayyorlangan. Lekin shunday bo'lsa ham kitobni kim va qachon ixtiro qilgani fanga noma'lum, masalan, misrliklar papiras daraxtiga yozuvlar yozgan davrlarda babiloniyaliklar soz loyga har xil belgilarni qo'yib belgilab, ularni o'tda kuydirib keltirgan. Ular soz loyga davlatni boshqarish to'g'risida, tadbirkorlik to'g'risida va tarixlari haqida ma'lumotlarini yozib qoldirgan. Bundan 3 ming awal xitoyliklar yog'ochlarga va bambukka yozuv yozib ularni biriktirib bog'lab, kitob sifatida foydalanganlar.
Keyinchalik, miloddan awalgi 500 yillarda qadimiy greklar, miloddan avvalgi 300 -100 yillarda rimliklar o'ralgan qog'ozlardan (papiras) keng foydalangan va qog'ozlarning dunyo bo'ylab tarqalishiga asosiy sabablardan biri bo'ldi.
Kitobchilik tarixida suv o'tkazmaydigan hayvonlar terisiga ma'lumotlarning yozilishi katta siljishlarga olib keldi.
Rimliklar 300 - yillarga kelib uzun papiras qog'ozlarni kesib ularni sahifalarga ajratib biriktiradilar. Keyin uning bir tomonini tikib tashqaridan teri bilan qoplaganlar va biz hozirgi kunlarda qo'llanadigan kitoblarimizga o'xshagan kitoblar qo'llana boshladi. Ushbu kitoblar oldingilardan qulayroq, sababi bu kitoblarning xohlagan varaqlarini ochish va har bir sahifaning ikki tomonigayam yozish mumkin.

Yüklə 226,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin