Mutaxassislikka kirishdan oraliq savollar javoblari kasbiy kamolot tushunchasi? 2


-90-91.Shaxsning shakklanishida irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiyaning ahamiyati?



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə89/100
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#50936
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100
Mutaxassislikka kirishdan oraliq savollar javoblari kasbiy kamol

89-90-91.Shaxsning shakklanishida irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiyaning ahamiyati?

Shaxs shakllanishida u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir. Masalan, biron mahallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta’sir ko’rsatuvchi besh yuzta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu yerda shunday bir savol tug’iladi: «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir qiladi?»



Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.

Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar o’z tabiatlariga ko’ra, ilk yoshlik chog’laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni o’zlariga singdirib boradilar, Bolalar oilada, ko’cha - kuyda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.

Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap borar ekan, shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim g’ayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday hodisalar juda siyrak bo’lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan, Hindistonlik doktor Sivg Kalkutta yaqinidagi o’rmonzorda bo’ri bolalari bilan birga ikkita odam bolasining ham to’rt oyoqlab yugurib yurganini ko’rib qoladi. Keyin ularni poylab, qarorgohlarini topib, bolalarni olib ketadi. Ulardan biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom qo’yadi. Shu narsa xarakterliki, bolalar yoshlikdan bo’ri muhitiga tushib qolganliklari tufayli, fe’l-atvorlari, xatti-harakatlari jihatidan bo’rilardan farq qilmas edilar. Nutq yo’q, demak tafakkur ham nihoyat darajada cheklangan edi, juda katta qiyinchiliklar bilan qayta tarbiyalanilayotgan bo’ri muhitidagi bolalar shamollash natijasida o’lib qoladilar, Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng avval insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo’lishi kerakligini to’la tasdiqlaydi.

Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil ta’lim- tarbiyaning ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotga bo’lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta’lim-tarbiyaning o’zigagina bog’liq bo’lganda edi, unday paytda biz bir xilda sun’iy va aynan bir xil ta’lim tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab-baravar taraqqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaholanki, bunday bo’lishi mumkin emas. Shuni aytib o’tish kerakki, bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim tarbiyaning ta’siri deganda, albatta, birinchi navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bog’cha, maktab, internat, lisey va kollejlarda beriladigan ta’lim-tarbiya tushuniladi Biroq, bundan oilada bolaga beriladigan ta’lim tarbiya mutlaqo mustasno emas! Oiladagi umumiy ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta’lim-tarbiyaning roli kattadir. Bola tarbiyasi bilan sistemali shug’ullanadigan va umuman shug’ullanmaydigan oilalardan misollar keltirish mumkin.

Yuqorida aytib o’tilgan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud - bu nasliy xususiyatlardir. Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana tuzilishi, sochi va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma berilishi mumkin. Lekin shuni hyech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hyech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan, ya’ni tug’ma ravishda berilmaydi. Nihoyatda nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqiy, matematik qobiliyatlari nasliy yo’l bilan berilishi mumkin.

Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida tuxtab o’tish kerak. Hozirgi kunda tez-tez akselerasiya terminini ishlatayapmiz.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin