O‘quv amaliyoti dasturining pasporti
1.1.Mutaxassis tayyorlashda dasturning o‘rni
Kompyuter texnologiyasini va turli, elektron va raqamli qurilmalarni, axborotni yaratish, qayta ishlash, uzatish va saqlash texnologiyalarini o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish
1.2. O‘quv fanining maqsad va vazifalari
1.2.1. O‘quv fanining maqsadi:
O‘quv amaliyoti dasturi multimedia va kompyuter grafikasi bilan ishlashda kasbiy ko‘nikmalarni izchil rivojlantirishga qaratilgan.
1.2.2. O‘quv fanining vazifasi:
O‘quv jarayonida o‘quvchilarda quyidagilar bo‘yicha ko‘nikma shakllantirishga qaratilgan:
Shaxsiy kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti, multimedia uskunalarini o‘rnatish, ishga tayyorlash va sozlash;
Shaxsiy kompyuterga turli axborot tashuvchi vositalar orqali raqamli va analog ma’lumotlarni kiritish, saqlash, uzatish va nashr qilish;
Shaxsiy kompyuterda, shuningdek, lokal va global kompyuter tarmog‘i disklarni saqlash bo‘limida raqamli axborotlarni joylashtirishni boshqarish;
Barcha axborot - kommunikatsiya va interaktiv texnologiyalardan foydalana olish
Dostları ilə paylaş: |