3-Mavzu: Golografiya prinsipi va uning qo’llanilishi
Reja
1.Golografiya haqida tushuncha 2.Gologramma hosil qilish.
3.Golografik tasvirni tiklash.
4.Golografiyaning q o’ llanilishi
Golografiya tarixidan. Golografiya (yunoncha — to'la yozuv) — interferensiya ma-zarasi yordamida yozuvni va to'Iqin maydonini qayta tiklashning maxsus usuli. Bu usul interferensiya va difraksiya qonunlariga asoslangan.
Jismlarning fazoviy tasvirini qayd qilishning va qayta tiklashning bu yangi usuli 1947- yilda ingliz fizigi D.Gabor (1900-1979) tomo-nidan kashf qilingan. Bu kashfiyoti uchun D.Gabor 1971- yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Golografiya ixtiro qilingan dastlabki yillarda unga yetarlicha e'tibor berilmadi. Buning aspsiy sababi qizigan manbalar chiqaradigan yorug’lik to’lqinlari yodamida keskin interferensiya manzarasi hosil qilish-ning imkoni bo’lmaganligidadir. Ammo yuqori darajadagi monoxromatik nurlar — lazer nurlari paydo bo’lganidan so’ng bu usulning amalda qo’llanishida keskin burilish ro’y berdi.
Golografiyaning asosi.
Endi golografiyaning asosi bilan tanishishga o’taylik. Xo’sh, jism to’g’risidagi malumot (uning tasviri) qanday qilib qayd etiladi va qanday qilib tiklanadi? Buning uchun jismdan chiqayotgan to’lqin amplitudasi va fazasini qayd qilish va qayta tiklash zarur. Bu esa amalda mumkin. Chunki interferensiyada, intensivlikning taqsimoti interferensiyaga kiruvchi to’lqinlarning ham amplitudalariga, ham fazalariga bog’liq
Shuning uchun ham faza, ham amplituda haqidagi ma'lu-motlarni qayd qilish uchun jismdan chiquvchi to’lqindan (jism to’lqini) tashqari, yorug’lik manbayidan boruvchi, unga kogerent bo’lgan to’lqindan ham (tayanch to’lqini) foydalaniladi.
Golografiyaning asosiy g’oyasiga muvofiq, jism va tayanch to’lqinlari hosil qiladigan interferension manzaradagi intensivliklar taqsimoti rasmga tushirib olinadi. So’ngra, fotoplastinkada qayd qilingan qoraygan taqsimotlar yorug’lik difraksiyasi yordamida qayta tiklanib, jism bo’lmasa ham, uni o’rganish imkoniyati vujudga keladi.
Gologramma hosil qilish.
Gologramma deb,fotoplastinkada qayd qilingan tayanch va jism to 'Iqinlari hosil qilgan interferension manzamga aytiladi. Buning qanday amalga oshirilishi.
Lazer nuri ikkita qismga ajratilib, bir qismi ko’zguga, ikkinchi qismi esa jismga yoo’naltiriladi. Nurning birinchi qismi ko’zgudan qaytib fotoplastinkaga tushsa (tayanch to’lqini), ikkinchi qismi jismdan qaytib fotoplastinkaga tushadi (jism to’lqini). Bu to’lqinlar kogerent bo’lganliklari uchun fotoplastinkada interferensiya manzarasini vujudga keltiradi. Tayanch va jism to’lqinlarining qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan interferensiya manzarasining fotoplastinkadagi rasmi chiqarilib, gologramma hosil qilinadi.
Golografik tasvirni tiklash.
Tasvirni tiklash uchun gologramma dastlabki joyiga qo’yiladi U tayanch to’lqini bilan yoritilib, lazerning jism orqali tushadigan qismi to’siladi. Fotoplastinkaga tushayotgan nurning interferension manzaradagi difrak-siyasi natijasida jism to’lqinining nusxasi, ya'ni jismning mavhum hajmiy tasviri tiklanadi. Tasvirda jismning barcha xususiyatlari aks-langan bo’lib, golografiyagacha qayerda turgan bo’lsa, o’sha joyda turadi. U shunchalik real tuyuladiki, ushlab ko’rish mumkindek bo’ladi. Bundan tashqari, kuzatish gologrammaning o’ng tomonidan o’tkir burchak ostida olib borilsa, narsaning haqiqiy tasviri ham tiklanadi. Lekin bu holda narsaning joylashuvi teskarisiga o’zgaradi. Masalan, botiq joy qavariq va aksincha bo’ladi. Ammo, odatda, jism real mavjuddek tuyuladigan mavhum tasvirdan foydalaniladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, hatto gologrammaning bir bo’lagi ham tasvirni to’la tiklashga imkon beradi. Ammo bo’lakchaning juda kichik bo’lishi tasvirning aniqligini yomonlashtirishi mumkin.
Golografiyaning qo’llanilishi.
Golografiya usulidan hozir juda ko’p sohalarda foydalaniladi. Lekin ularning eng muhimi — ma'lumotlarni yozish va saqlash. Golografiya oddiy mikrofotografiya usuliga qa-jjaganda, bir xil hajmga yuzlab marta ko’p ma'lumotni yozishga imkon beradi. Masalan, o’lchamlari 32x32 mm bo’lgan fotoplastinkaga, har birining yuzasi 1 mm2 dan bo’lgan 1024 ta gologrammani, ya'ni 1024 betli kitobni joylashtirish mumkin. Golografik xotirali EHM, golografik elektron mikroskop, golografik kino va televideniye, golografik interferometrlar kabi istiqbolli sohalar endigina rivojlana boshlamoqda.
Quyida gologrammaga oid rasmlar bilan tanishishingiz mumkin.
4-Mavzu: QATTIQ JISMLARDA DIFFUZIYA HODISALARI