Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali



Yüklə 215,92 Kb.
səhifə4/8
tarix27.01.2023
ölçüsü215,92 Kb.
#81149
1   2   3   4   5   6   7   8
Sobirov Ravshanbek. K.T.M 1

OSI pog’onalari arxitekturasi.Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi
1996 yildagi Telekommunikatsiyalar to'g'risidagi qonunga binoan "tarmoq elementi" atamasi telekommunikatsiya xizmatini ko'rsatishda foydalaniladigan ob'ekt yoki uskunani anglatadi. Bunday atama shuningdek, ushbu ob'ekt yoki uskunalar orqali taqdim etiladigan xususiyatlar, funktsiyalar va imkoniyatlarni, shu jumladan abonent raqamlari, ma'lumotlar bazalari, signalizatsiya tizimlari va hisob-kitob qilish va yig'ish uchun etarli bo'lgan ma'lumotlarni uzatish, marshrutlash yoki boshqa ta'minotni o'z ichiga oladi.Tarmoq elementlarning standartlari, ishlash ko’lami, imkoniyati, tarmoqda foydalaniladigan nuqtasi va boshqa jihatlariga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlarga ajratish va ularni boshqari jarayoni pog’onali arxitekturada amalga oshiriladi. Misol uchun foydalanuvchi yashash manzili qismida foydalaniladigan tarmoq elementlari, magistral linyalarda yoki operator binoasida foylashtiriladigan tarmoq elementlari. Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi.Boshqacha qilib aytadigan bo’lsa, turli xil tarmoq arxitekturalari ko’plab standartlar asosida ishlab chiqiladi, masalan, matnni formati, matni raqamli ko’rinishga o’zgartirish, raqamli matnni signal ko’rinishiga o’zgartirish yoki aksincha, signalli axborotlarni simsiz muhitda uzatish, qabul qilish jarayonlari ma’lum standartlar asosida ishlab chiqiladi. Tasavvur qiling ikki standart asosida ishlab chiqilgan tizim orasida ma’lumot almashish qanchalar murakkab bo’ladi. Shuning uchun ham global tarmoqlarni loyihalash va qurish uchun yagona standartdan foydalanish har doim afzal hisoblanadi. Bu xuddi ko’plab millatlarni bitta zalda ingliz tilida gaplashishi qanchalik osonligini ko’rsatadi. Agar har bir millat o’zining tilada gaplashsa, ularni tushunish uchun qancha tarjimon kerak bo’ladi yoki ba’zi tillar uchun tarjimon topilmasligi ham mumki. Shuning uchun ham tarmoqlarni qurishda yagona arxitekturaga asoslanish tarmoqni sodda va kam xarajatlar asosida qurish imkoniyatini beradi. Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura.
Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart.
Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin.

Yüklə 215,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin