Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə93/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

Sangvinik – juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi;

yolg‘on dalillarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar,

ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko‘p ishlatadi,

chehrasiga qarab kayfiyatini aniqlab olish qiyin emas. Juda

sezgir bo‘lishiga qaramay kuchsiz ta’sirni (qo‘zg‘atuvchilar)

seza olmaydi, serg‘ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan refaollik

munosabati muvozanatda, intizomli, o‘zini tiya biladi,

boshqara oladi. Xatti-harakati jo‘shqin, nutq surati tez, yangilikni

tez payqaydi, aql-idroki tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati,

intilishlari o‘zgaruvchan. Ko‘nikma va malakalarni tez

egallaydi. Ko‘ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi.

Fantaziyasi yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga hozirjavob.



Xolerik – sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va refaol.

Ko‘pincha refaolligi faollikdan ustun keladi. Betoqat,

serg‘ayrat, tinimsiz. Sangvinikka qaraganda silliqroq, lekin

ko‘proq qotib qolgan. Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xat199

ti-harakatlarida qat’iylik mavjud. Biroq diqqatni bir joyga

to‘plashda qiynaladi. Nutq surati tez va hokazo.



Flegmatik – senzitivligi sust, his-tuyg‘usi kam o‘zgaruvchan,

shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish,

kayfiyatini buzish qiyin. Ko‘ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi

xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin,

kam harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanmaydi,

lekin serg‘ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli.

Nutq va harakat sur’ati sust. Faoliyati kamroq. Diqqatni

to‘plashi osoyishta. Diqqatni ko‘chirishi qiyin. Intravertlashgan,

kamgap, ichimdan top, yangilikni qabul qilishi qiyin.

Tashqi ta’sirotlarga sustlik bilan javob beradi.



Melanxolik – sentizivligi yuksak, tortinchoq, g‘ayratsiz,

arazchan, xafaqon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va

mustaqilligi zaif. Tez toladi, diqqati beqaror. His-tuyg‘usi sust

o‘zgaradi. Rigid, interavertlashgan.



Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari

I.P. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi 3

ta oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan:

1. Kuch: nerv tizimining kuchli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga

bardoshi, shunga ko‘ra odamlardagi chidam kabi sifatlar va

ularga


teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi.

2. Muvozanatlashganlik: asabdagi tormozlanish va qo‘zg‘

alishning o‘zaro mutanosibligi yoki o‘zini


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin