Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


Maktab ta’limiga tayyorlashning amaliy ahamiyati



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə16/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

3.Maktab ta’limiga tayyorlashning amaliy ahamiyati

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda

Ularning qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta guruh

bolalari maktab hayoti bilan juda qiziqa boshlaydilar.

Bolalardagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab-quvvatlashi va yanada orttirib

borishi kerak. Buning uchun maktab

va unda o‘qish haqida qiziqarli suhbatlar o‘tkazish hamda

yaqin atrofdagi maktabga ekskursiya uyushtirish yaxshi

natija beradi. Bog‘chalardagi yetti yoshga to‘lgan bolalarning

hammasi ham maktabdagi o‘qish mashg‘ulotlariga

bab-baravar tayyor bo‘lavermaydi. Ayrim bolalar maktabdagi

yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydi. Ularda

o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir bir xususiyat

yetishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol tug‘iladi. Bolalarni

qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi

o‘qish jarayoniga tayyor

deb hisoblash mumkin? Ayrim

psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qish uchun

atrofdagi narsa va hodisalarga

doir anchagina tasavvur va

tushunchalarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy

jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Lekin bu bolaning

o‘qishga

tayyor ekanligini aniqlashda

hal qiluvchi omil emas, chunki

bu yerda yosh masalasi ham bor.

Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugallanishi

va o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi.

Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash

tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun ham shu davrdan boshlab

bolalarni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir.

K.D. Ushinskiyning

fikricha, bolaning maktabdagi

o‘qish


faoliyatiga tayyorligi

ayrim psixik jarayonlarning

taraqqiyot

darajasi bilangina emas, balki bola shaxsining umumiy taraqqiyot

darajasi bilan aniqlanadi.

Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyorligi

shaxsning

ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Lekin

ijtimoiy tarqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola

o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va

oiladagi

butun ta’lim-tarbiya ishi ko‘taradi. Bola yetti yoshga

to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qilishga,

nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor

qoidalarini

o‘zlashtirishga harakat qiladi.





Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin